Nua’mon Said
Pokiston harbiy rejimi doimo o‘z ichki muammolarini Afg‘onistonga nisbat berishga harakat qilib kelgan. Savol shu yerdadir: nima uchun va qanday sabablar bilan bunday qiladi?
Ushbu qisqa maqolada biz o‘quvchilarga razvedka materiallari, tarixiy manbalar, strategik ishoratlar va tahliliy strukturalarga asoslangan keng qamrovli, tahliliy, razvedkaviy va akademik bir hisobot taqdim etamiz.
Avvalo, Pokiston rejimining ichki inqirozlarini ko‘rib chiqamiz va so‘ngra shu savolga mantiqli va qabul qilinadigan javob izlaymiz: nega Pokiston o‘z muammolarini Afg‘onistonga yuklaydi?
- Ijroiy xulosa:
Pokiston o‘zining 1947-yildagi tashkil topishidan to hozirgacha ko‘plab surunkali, strukturaviy va xavfsizlik muammolari bilan yuzma-yuz bo‘lib kelmoqda. Bu muammolarni boshqarish o‘rniga, Pokiston armiyasi va razvedka xizmatlari tashqariga yuklash strategiyasi (Externalization Strategy)ni tanladilar. Uning asosiy maqsadi:
ichki inqirozlarning yukini Afg‘onistonga o‘tkazish,
mintaqaviy strategik muvozanatni buzish,
xalqaro hamjamiyatning yordam va e’tiborini qo‘lga kiritishdir.
Pokiston harbiy rejimi muntazam ravishda Afg‘onistonni o‘z muvaffaqiyatsizliklari uchun siyosiy va xavfsizlik qalqoniga aylantirishga harakat qilgan va qilmoqda.
- Pokistonda tarixiy tuzilma va siyosiy mexanizm:
Pokiston boshidan beri davlat qurilishida tug‘ma inqirozga duch kelgan. Shu sababdan 1947-yildan beri quyidagi muammolar doimiy bo‘lib qolgan:
millat qurishda muvaffaqiyatsizlik;
etnik ziddiyatlar (pushtun, baluj, bengal, sindhi);
armiyaning davlat va fuqarolik idoralari ustidan zolimona hukmronligi;
iqtisodiy mustaqillikning yo‘qligi.
Bu harbiy rejimlar ketma-ket olib borgan siyosatlarning mahsuli sifatida, Afg‘oniston Pokiston xavfsizlik tafakkurining doimiy unsuriga aylangan.
- Strategik chuqurlik falsafasi:
Pokiston armiyasi va razvedkasi bu strategiyani 1970-yillardan beri turli shakllarda amalga oshirib kelgan. Asosiy tamoyillar:
Afg‘oniston hech qachon mustaqil, qudratli va birlashgan bo‘lmasligi kerak.
Kobul doimo Islomobod ta’sir doirasining bir qismi bo‘lishi kerak.
Pokiston harbiy rejimiga zid bo‘lgan har qanday hokimiyat beqaror qilinishi shart.
Bu strategiya faqat Afg‘onistonga emas, balki Hindistonga qarshi mudofaa chuqurligi deb ham asoslanadi.
- Inqirozlarni tashqariga yuklash mexanizmining tahlili:
Pokiston o‘z muammolarini qanday qilib Afg‘onistonga yuklaydi? Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
1: Ichki xavfsizlik bosimini chalg‘itish:
Pokistonda:
TTP (Tehrik-e Taliban Pakistan) kuchaysa;
mazhabiy urushlar avj olsa;
armiya ojizligi oshkor bo‘lsa;
siyosiy tizim larzaga tushsa
Pokiston darhol chegara orti ayblash doktrinasi (Cross-Border Blame Doctrine)ni ishga tushiradi va barcha tahdidlarni Afg‘onistonga nisbat beradi.
2) Xalqaro kuchlar uchun “qalqon yasash” taktikasi:
Pokiston xalqaro kuchlardan imtiyoz olish uchun Afg‘oniston nomidan foydalanadi:
AQShga: terrorizm Afg‘onistondan kelmoqda.
Xitoyga: CPEC xavf ostida.
IMF va Jahon bankiga: yordam bermasangiz, Afg‘oniston inqirozi butun mintaqaga tarqaladi.
Bu klassik geosiyosiy bosim (blackmail) usulidir.
3: Iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklarni yashirish:
Pokiston iqtisodi doimo qulash holatida:
qarz: 126 mlrd dollar;
rupiyaning qadrsizlanishi;
sanoatning to‘xtashi;
keng qamrovli qashshoqlik;
siyosiy beqarorlik.
Bu muammolarni yashirish uchun rejim hammasini tashqi ayblash modeli orqali Afg‘onistonga yuklaydi.
4) Muhojirlar masalasidan razvedkaviy bosim vositasi sifatida foydalanish:
Har gal bosim kuchaysa:
afg‘on muhojirlarini chiqarish e’lon qilinadi;
ularga nisbatan bosim kuchaytiriladi;
siyosiy kampaniyalar boshlanadi.
Maqsad Afg‘onistonga bosim o‘tkazish va Pokistonni xalqaro maydonda “bejiz jabrlanuvchi” sifatida ko‘rsatish.
5) Chegara to‘qnashuvlarini boshqarish:
Diurand chizig‘i Pokiston uchun strategik vositadir. Har gal ichki bosim oshsa:
chegara to‘qnashuvlari ataylab kuchaytiriladi,
toki:
harbiy byudjet oshirilsin,
pushtunlarning birlashishi oldi olinsin.
Bu nazorat qilinuvchi tartibsizlik doktrinasi (Controlled Chaos Doctrine)ning bir ko‘rinishidir.
- Pokiston razvedkasi (ISI)ning roli:
ISI Afg‘onistonda uch asosiy maqsadni ko‘zlaydi:
- Hindistonning ta’siriga qarshi chiqish;
- Afg‘onistonda bo‘ysunuvchi hukumat o‘rnatish;
- Islomiy guruhlarni mintaqaviy maqsadlarda boshqarish.
Ularning usullari:
mujohidlar davrini muhandislik qilish;
xalqaro kuchlar bilan ikkiyuzlama siyosat;
TTPdan o‘zgaruvchan vosita sifatida foydalanish.
- Vakil guruhlar tizimi:
Pokiston vakil guruhlardan foydalanib:
Afg‘onistonda o‘z ta’sirini saqlaydi;
xalqaro hamjamiyatni chalg‘itadi;
armiya ichidagi siyosatni oqlaydi.
- Afg‘onistonning zaifliklaridan foydalanish:
Pokiston Afg‘onistonning uch zaifligidan doimiy ravishda bosim vositasi sifatida foydalanadi:
- iqtisodiy zaiflik savdo bosimi, tranzit cheklovlari;
- siyosiy zaiflik xalqaro tan olinishga to‘sqinlik;
- xavfsizlik zaifligi tahdidlarni Afg‘onistonga nisbat berish.
Xulosa
Pokiston davlat qurilishida muvaffaqiyatsizlik, qulagan iqtisodiy tizim, bo‘lingan etnik tarkib va noto‘g‘ri xavfsizlik tafakkuri tufayli doimiy inqiroz holatidagi davlatdir. Bu inqirozni boshqarish uchun ular tashqariga yuklash doktrinasidan foydalanadilar. Uning asosiy qurboni esa — Afg‘oniston.
Pokiston o‘z muammolarini Afg‘onistonga yuklash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
- Afg‘onistonning siyosiy barqarorligini izdan chiqarish;
- xalqaro hamjamiyat oldida o‘zini jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatish;
- inqiroz manbasidan e’tiborni chalg‘itish.
Ammo bugun Afg‘oniston:
razvedkaviy strategiya,
milliy xavfsizlik mudofaa tizimi,
chegara boshqaruvi,
diplomatik qarshi bosim mexanizmi,
ommaviy axborot urushi modeli
kabi sohalarda mustaqil va tizimli yondashuvga ega bo‘lmoqda.
Agar Pokiston rejimi siyosatini o‘zgartirmasa, o‘zi qazigan chuqurga o‘zi qulash ehtimoli kundek ravshan.












