Pokiston hukumati uzoq vaqtdan beri o‘zini xalq oldida oqlash va muvaffaqiyatsizliklarini yashirish uchun mamlakatidagi barcha xavfsizlik muammolarini Afg‘oniston zimmasiga yuklab kelardi. Ammo endi ular ikki qadam oldinga o‘tib xalqini va xalqaro jamoatchilikni aldash maqsadida Afg‘oniston ichkarisidagi xayoliy qotilliklar haqida xabarlar tarqatishga ham qo‘l urmoqda. Masalan, yaqinda Pokiston armiyasining matbuot bo‘limiga aloqador sahifalar shunday bir da’voni ilgari surdilarki go‘yoki Hilmand viloyatida noma’lum shaxslar Pokiston rejimiga qarshi kurashayotgan Balujiston ozodlik armiyasi deb atalgan guruhning qo‘mondonini o‘ldirishgan emish.
Yaqinda ham ular da’vo qilishdiki, Peshovar shahrida faoliyat yuritayotgan Muhammad Ehsani ismli bir “daiyshchi” Mazar-i Sharif shahrida noma’lum shaxslarning hujumida o‘ldirilgan emish holbuki, xavfsizlik manbalariga ko‘ra so‘nggi kunlarda Mazar-i Sharif shahrida bu turdagi qotillik sodir bo‘lmagan va «Muhammad Ehsani» ismli biron kishi Daish saflarida aniqlanmagan.
Afg‘onistondagi xayoliy qotilliklar haqida soxta xabarlar tarqatishdan tashqari so‘nggi paytlarda ISPR (Pokiston armiyasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi) va boshqa harbiy idoralar tomonidan moliyalashtirilgan manbalar boshqa xayoliy hikoyalar to‘qishga ham kirishdilar. Masalan, o‘tgan avgust oxirida Pokiston rejimi samolyotlari Afg‘oniston havo hududini buzib Khost va Nangarhor viloyatlarida begunoh odamlarning uylarini bombardimon qilganida, darhol ISPRga aloqador akkauntlar uyalmasdan bu uylar Pokiston samolyotlari bombardimonidan emas, balki Pokiston hududi ichida rejimga qarshi kurashayotgan ikki guruhning raketa to‘qnashuvi natijasida vayron bo‘lgan deb da’vo qildilar.
Pokiston armiyasining matbuotchilari bu uyatsiz da’volarini “isbotlash” uchun haqiqatni buzib ko‘rsatdilar: hodisa qurbonlarining so‘zlarini noto‘g‘ri tarjima qildilar soxta xabarlar tuzdilar o‘zlari «siyosiy ekspertlar» deb ataydigan shaxslar bilan yolg‘on intervyular uyushtirdilar va butun jinoyatlariga muntazam tashviqot kampaniyasi parda tortdilar. Pokiston rejimi xuddi shu formulani yaqinda Tirah hududidagi bombardimon paytida ham takrorladi va o‘nlab oddiy fuqaroning shahid bo‘lishini o‘z bombardimoni emas balki muxoliflarining bombalari natijasi deb ko‘rsatdi.
Pokiston xalqi va afg‘onlar yaxshi biladiki Pokiston mamlakati bir necha buzuq generallar tomonidan garovga olingan va ularning bu xayoliy qotillik, urush, portlash va tuhmat o‘yinlaridan maqsadi ayon: ular o‘z muvaffaqiyatsizliklarini yashirmoqchi va yana bir bor dollarli paketlarni qo‘lga kiritmoqchi. Ammo esda tutsinlarki, bu safar Afg‘oniston, 2001-yilgi Afg‘oniston emas va dunyo ham o‘sha eski dunyo emas; ularning bu harakatlari qadam-baqadam fosh bo‘ladi va bir kun kelib natijalarining achchiq ta’mini ham tatib ko‘radilar.