Iqbol Hamzah
Pokistonning qulashi mumkin bo‘lgan beshinchi omil Pokiston harbiy rejimining diniy ulamolarga nisbatan dushmanligidir. Avval ham ta’kidlaganimizdek, Pokistonning asosiy poydevori Islomga qurilgan va aholining mutlaq aksariyati musulmonlardan iboratdir. Ammo inglizlar tomonidan Pokistonda g‘ayriislomiy qonunlar joriy etildi va bu qonunlarni amalga oshirish uchun ular Islom va dinning dushmani bo‘lgan ko‘plab kishilarni Pokiston armiyasi hamda hukumatining tepasiga o‘tqazdilar.
Agar diqqat bilan tadqiqot olib borilsa, kofirlardan keyin, diniy ulamolarni eng ko‘p shahid qilgan aynan shu hukumatdir. Shuningdek, o‘tgan ellik yil ichida Isroildan keyin, kofirlar va musulmonlar olamida masjidlarga bevosita hujum qilgan yagona harbiy kuch Pokiston armiyasidir. Bunga misol sifatida Lal Masjid va Jamaat Hafsa voqealarini keltirish mumkin. Bu ikki misol faqat namunadir, aks holda Pokiston armiyasi o‘nlab boshqa masjid va diniy madrasalarni bombardimon qilgan.
Hatto bugungi kunga kelib ham YouTube’da Pokiston armiyasi bir madrasadagi o‘nlab yosh talabalarni ommaviy ravishda shahid qilayotgan videolarni ko‘rish mumkin. Yaqinda esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir videoda Pokiston askarlari na’uzubillah masjid ichida bir itni aylantirib yurayotgani ko‘rinadi.
Bundan tashqari, Pokiston armiyasi so‘nggi yillarda Xaybar Paxtunxva, Balujiston va Sindda Movlono Hasan Jan kabi o‘nlab buyuk diniy ulamolarni sirli tarzda shahid qilgan. Yaqingina esa Pokiston rejimi Panjobda o‘nlab diniy madrasalarni yopib tashladi.
Bu kabi qilmishlar hatto armiyaga yollangan, rejimga xizmat qiluvchi ulamolarning mavqeini ham tushirib yubordi. Chunki Pokiston xalqi o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turibdi: zolim rejim haqiqiy ulamolarni shahid qilmoqda, biroq ba’zi olimlar esa o‘zlarini haqqoniy himoyachi deb tanitsalar-da, armiyani qo‘llab-quvvatlash haqida fatvo bermoqdalar.
Asl ulamolar shahid qilingan, qolganlari qamoqqa tashlangan yoki chetga surilgan, davlat ulamolarining obro‘si esa xalq orasida pasaygan bir paytda, Pokiston armiyasining Pokiston Islom qal’asidir degan ulkan yolg‘oni fosh bo‘ldi. Endilikda hamma bilib oldiki, bu shior faqat armiyaning zolim va mustabid hokimiyatini mustahkamlash uchungina yaratilgan bo‘lib, amalda esa aynan shu harbiy rejim Islomning eng katta dushmanidir.
Islom jamiyatida masjid va madrasa Sha’airullah Allohning belgilari va sha’orlaridan hisoblanadi. Musulmonlar esa diniy ulamolarga katta hurmat va e’tiqod ila qaraydilar. Ulamolarning o‘ldirilishi, qiynoqqa solinishi, masjid va madrasalarning vayron qilinishi ular uchun aslo chidab bo‘lmas xiyonatdir. Bundan tashqari, bunday amallar Allohning g‘azabini ham keltirib chiqaradi. Shunday ekan, Pokiston armiyasining bunday siyosatlari bu mamlakatning qulashi va halokatini yanada tezlashtirmoqda.













