Abdulbasir Umari
Islomning oltin tarixida ayrim hududlar muayyan guruhlar va fikriy oqimlarning jamlanish markazi bo‘lib kelgan. Ushbu guruhlar aynan shunday maxsus tayanch hududlardan turib Islom va musulmonlarga qarshi faoliyatlarini tashkil etishgan. Global kuchlar bu guruhlardan islomiy davlatlarga qarshi vosita sifatida foydalanib, hududlar xavfsizligini izdan chiqargan va ular orqali o‘zlarining yovuz siyosiy hamda strategik maqsadlariga erishib kelganlar.
Qadimgi xavorijlar Hazrati Ali roziyallohu anhuga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanlarida, u zotni va boshqa ulug‘ sahobalarni kufrda aybladilar, o‘zlari uchun “xalifalik” e’lon qildilar, alohida xalifa tayinladilar va musulmonlarni qatl etishga kirishdilar. Ularning xalifalik da’vosidan maqsad Islomni himoya qilish emas, balki musulmonlarni o‘ldirish va Hazrati Ali roziyallohu anhuning qonuniy hokimiyatini ag‘darish edi. Bugungi xavorijlar ham aynan shu uslub va belgilar bilan taniladi.
Bu barcha harakatlar Haruro deb atalgan muayyan hududdan turib boshqarilgan. Haruro xavorijlarning fikriy, harbiy va tashkiliy markazi bo‘lgan. Shu bois ko‘plab hadislarda xorijiylar Haruriylar nomi bilan ham tilga olinadi. Sahobalar roziyallohu anhum xorijiylarni Haruriylar deb ataganlar, chunki ular Haruroda yashab, buzg‘unchilikni aynan o‘sha yerdan tashkil etishgan.
Xavorijlar Haruriylar deb nomlangan ba’zi hadislar quyidagilardir:
Biz Ahvozda Haruriylarga qarshi jang qilayotgan edik…
(Imom Buxoriy, hadis 1211)
Bir ayol Oisha roziyallohu anhodan so‘radi: Poklangach, namozimizni qazo qilamizmi?
Oisha roziyallohu anho javob berdilar: Sen Haruriymisan?
(Imom Buxoriy, hadis 321)
Abu Salama va Ato ibn Yasar Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhuning huzurlariga kelib, undan Haruriylar haqida so‘radilar…














