Horis
IShIDning bir qancha mashhur qo‘mondonlari va a’zolarining yaqinda o‘ldirilishi yana bir bor Pokiston rejimining yashirin chehrasini fosh qildi. Bu hodisalar shuni ko‘rsatadiki Pokiston nafaqat IShIDga qarshi kurashda samimiy emas balki o‘zi ushbu guruhning asosiy homiysi va eng xavfsiz panohgohiga aylangan.
Ayni paytda, Afg‘onistonda Islomiy Amorat xavfsizlik kuchlari tomonidan IShID butkul ildizidan sug‘urib tashlangan va rahbarlarining aksariyati yo‘q qilingan bo‘lsa-da hisobotlar shuni ko‘rsatadiki ushbu guruhning qolgan a’zolari hozirda Pokistonda boshpana topmoqda. Ular Vaziriston Balochiston va Pokistonning boshqa hududlaridagi xavfsiz panoh joylardan turib faoliyatlarini davom ettirmoqda hatto Afg‘onistonga qarshi portlovchi amaliyotlar rejasini tuzmoqda.
Pokiston rejimi yillar davomida vahshiy IShIDga nisbatan ikkiyuzlamachi siyosatni yuritib kelmoqda. Bir tomondan, xalqaro maydonda o‘zini terrorizmga qarshi davlat sifatida ko‘rsatadi biroq amalda bu guruhning faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratadi va a’zolariga panoh beradi. Ko‘plab razvedka ma’lumotlari va hududiy hisobotlar shuni tasdiqlaydiki IShIDga moliyaviy, qurolli va razvedka ko‘magi aynan Pokiston hududida amalga oshiriladi, rasmiy idoralar esa ataylab bunga ko‘z yumadi.
Islomobod bu makkor siyosati bilan IShIDdan ayniqsa Afg‘onistonga qarshi o‘z maqsadlari yo‘lida vosita sifatida foydalanishni ko‘zlaydi. Ammo bu xatarli o‘yin olov bilan o‘ynashdir; bu olov ertami-kechmi Pokistonning o‘zini ham kuydiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki IShIDni qo‘llab-quvvatlagan yoki unga panoh bergan biror davlat hech qachon xavfsiz qolmagan. Bugun boshqalarga qarshi ishlatilayotgan bu guruh ertaga o‘z homiysining uyiga tig‘ ko‘taradi.
Buning aksicha Afg‘oniston Islomiy Amarati qat’iy va dono siyosati bilan o‘z tuprog‘idan IShIDning ildizini butkul sug‘urib tashladi. Amarot xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab aniq va nishonga yo‘naltirilgan operatsiyalar orqali bu guruhning barcha markazlarini yo‘q qildi. Ushbu muvaffaqiyatli tajriba Pokiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun amaliy o‘rnak bo‘lishi mumkin.
Pokiston rejimi anglashlari kerakki IShIDni qo‘llash va unga boshpana berish faqat ichki beqarorlikni xavfsizlikning pasayishini va mintaqada ishonchsizlikning kuchayishini keltirib chiqaradi. Xalqaro hamjamiyat ham IShIDning manbai Afg‘oniston emas aynan Pokiston ekanini tan olishi zarur.
Agar Islomobod chin dildan tinchlik va barqarorlikni istasa, ikkiyuzlamachi siyosatini tark etib, mintaqa davlatlari bilan birga IShIDni butkul yo‘q qilish yo‘lida amaliy qadam qo‘yishi shart. IShIDni qo‘llab-quvvatlash aslida Pokiston o‘zi uchun yoqayotgan olovga o‘tin qalashdir; bu olov bir kun kelib albatta uning o‘z uyiga ham yetib boradi.
