Rasululloh( s.a.v )ning g‘azotlari va ulardan olingan saboqlar.   35-qism

{"remix_data":[],"remix_entry_point":"challenges","source_tags":[],"origin":"unknown","total_draw_time":0,"total_draw_actions":0,"layers_used":0,"brushes_used":0,"photos_added":0,"total_editor_actions":{},"tools_used":{"addons":1},"is_sticker":false,"edited_since_last_sticker_save":true,"containsFTESticker":false}

Abu Rayyan Hamidiy

Kutilmagan tayyorgarliklar va bir necha sahobalarning mardona kurashi:

Bu daqiqalarda musulmonlar bir necha toifaga bo‘linib ketdilar; ba’zilari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shahid bo‘lgani haqidagi xabarni eshitib tushkunlikka tushib, jangdan chetga chiqdi. Ba’zilari Madina Munavvaraga qaytib ketdi. Bir guruh sahobalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni himoya qilar edi. Boshqalari esa boshqa jabhada jang qilardi. Ular sodir bo‘lgan vaziyatga bardosh berib, musulmonlarning qalbidan qorong‘i tushkunlik pardasini ko‘tarishga urinardi. Ular ichidan ikki sahobaning hikoyasini keltiramiz:

  1. Sobit ibn Dahdaha raziyallohu anhu sahobalarni o‘tirgan holatda ko‘rib, baland ovozda dedi:

Agar Muhammad sallallohu alayhi va sallam shahid bo‘lgan bo‘lsalar, O‘lim bilmaydigan Zinda Parvardigor bor!

Keyin qo‘rqmas botir kabi jang qilib shahid bo‘ldi.

  1. Anas ibn Nadr raziyallohu anhu ham xuddi shu pozitsiyani oldi. U sahobalarni o‘tirganini ko‘rib:

Nega o‘tiribsizlar?  dedi.

Ular:  Muhammad sallallohu alayhi va sallam shahid bo‘ldilar,  deyishdi.

Anas aytdi:

Qani turinglar va Muhammad sallallohu alayhi va sallam shahid bo‘lgan yo‘lda siz ham shahid bo‘linglar! Agar Muhammad sallallohu alayhi va sallam shahid bo‘lgan bo‘lsalar, tirik va abadiy Parvardigor tirikdir!

So‘ng u oldinga yurib, duo qila boshladi:

Parvardigorim! O‘tirib olgan bu musulmonlarning ishidan o‘zing mag‘firat qilgin, mushriklarning ishidan esa bezorlik qilaman!

So‘ng mushriklarga qarab bordi va oxirgi nafasigacha jang qilib shahid bo‘ldi. Uning badani ustida saksonta yara bor edi. Uni hech kim taniy olmadi, faqat singlisi tanidi. Ular haqida Alloh taolo ushbu oyatni nozil qildi:

Mo‘minlar orasida Allohga bergan va’dasiga sodiq qolgan zotlar bor. Ulardan ba’zilari o‘z ahdini (jon berib) bajarib bo‘ldi, ba’zilari esa (o‘sha fursatni) kutmoqda. Ular ahdini hech o‘zgartirmadilar.

Ahzob, 23-oyat

Alloh taolo Madrinaga qaytganlarga ham mag‘firat qildi. Zero U zot aytdi:

Ikki lashkar to‘qnashgan kunda sizga yetgan (musibat) Allohning izni bilan bo‘ldi. Shunda Alloh mo‘minlarni (munofiqlardan) ayro qilib qo‘ysin.

Oli Imron, 166-oyat

Rasululloh atrofida qattiq jang va u zotning yaralanishi:

Mushriklarning kutilmagan hujumi faqat bitta maqsadga qilingan edi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘ldirish.

Ular bunga yaqin ham kelishdi, ammo Parvardigor O‘z Payg‘ambarini himoya qildi va mushriklar qo‘lida shahid bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ammo ibn Qami’a degan mushrik Rasulullohga hujum qilib, muborak yuzlarini yaraladi. Utba ibn Abu Vaqqos esa tosh otib, Payg‘ambarimizning pastki tishlarini sindirib, lablarini jarohatlagan, bu orada muborak yelkasi ham jarohatlangan.

Rivoyatlarda keladiki, ibn Qami’a zarba berganida:

Bu zarbani mendan ol, men Qami’a o‘g‘liman!  dedi.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar:

Alloh seni xor va halok qilsin!

Bir necha kundan so‘ng tog‘dagi bir yakka-shod (yakkaxon jangchi) unga ustun kelib, uni parcha-parcha qildi.

Rasulullohni ozorlagan qo‘llar qanday qilib sog‘-salomat qolishi mumkin?!

Mushriklar doimiy hujumda edi. Ammo bir guruh sahobalar jonlarini fido qilib Rasulullohni himoya qildi. Ularning fidokorligi haqida kelgusi maqolalarda zikr qilamiz, inshaalloh.

Umid nuri qaytdi:

Rasulullohning shahid bo‘lgani haqidagi mish-mishlar hamon keng tarqalgan edi. Ammo Ka’b ibn Molik raziyallohu anhu birdan baqirdi:

Xushxabar! Xushxabar! Rasululloh tiriklar!

Bu oddiy qichqiriq emas edi  Allohning nusratidan bo‘lib, o‘lik jasadlarga jon qaytaruvchi, yaralangan ko‘ngillarga umid singdiruvchi hayqiriq edi.

Ka’b shu nido bilan baqirganida, Rasululloh unga:

Endi baqirma!  dedilar.

Ammo bir necha sahoba bu yangilikni eshitib, Payg‘ambarni himoya qilish uchun u zot sari chopdi.

Rasulullohni mislsiz himoya qilish:

Mushriklar hujum qilgan lahzada Rasulullohning yonida bo‘lgan va u zotni himoya qilgan sahobalar bular edi:

Muhajirlar:

Abu Bakr Siddiq

Umar Faruq

Abdurahmon ibn Avf

Ubayda ibn Jarroh

Sa’d ibn Abu Vaqqos

Talha ibn Ubaydulloh

Zubayr ibn Avvom

(raziallohu anhum)

Ansorlardan esa:

Sa’d ibn Muoz

Sahl ibn Hunayf

Abu Dujana

Usayd ibn Huzayr

Osim ibn Sobit

Hubob ibn Munzir

Haris ibn Somma

(raziallohu anhum)

Ulardan ba’zi paytlarda Talha ibn Ubaydulloh va Sa’d ibn Abu Vaqqos yakka holda himoya qildilar, so‘ngra Abu Bakr Siddiq va boshqalar ularga qo‘shildi.

Ular o‘z jonlarini fido qilib, mushriklarning nayza va qilichlariga ko‘kragini siper qildi  faqat Rasululloh shahid bo‘lib qolmasin, deb.

Keyin Rasululloh sahobalar bilan tog‘ tomonga qarab yo‘l oldilar va musulmonlarga nido qildilar:

Ilayya ibadalloh! Ilayya ibadalloh!

(Menga kelinglar, ey Allohning bandalari!)

Mushriklar yo‘lni to‘smoqchi bo‘ldilar, ammo sahobalar ularni orqaga surdi va to‘sqinlik qilisholmadi.

Ilmiy nuqta:

Rasululloh atrofida o‘sha lahzada nechta sahoba bo‘lgani haqida turli rivoyatlar kelgan:

ba’zilar o‘n ikki, ba’zilar o‘n bir, boshqalar yetti deb aytadi.

Bu rivoyatlar orasida qarama-qarshilik yo‘q  jang davomida Payg‘ambar atrofidagi sahobalar soni ba’zan kamayib, ba’zan ko‘payib turgan. Har bir roviy o‘z ko‘rganini rivoyat qilgan  shu sabab farq paydo bo‘lgan.

Exit mobile version