Sinovdan o’tganlarni qayta tekshirish xato!

G’iyasuddin G’oriy

«وَ إِنْ عُدتُّمْ عُدْنَا»

)Agar siz qaytsangiz (gunohga) Biz ham qaytamiz  azobga.

(Surat ul-Isro oyat 8 qismining tafsiri)

Zamonaviy notinch dunyoda ba’zi sharafli xalqlar borki, ular o‘z tarixiy tajribalardan saboq oladilar va o‘tgan xatolarni takrorlamaydilar. Tarix guvohlik beradi: mag‘lubiyatli yo‘llarni yana bosib o‘tish  faqat adashuv, halokat va qulsh bilan tugaydi.

Tarix davomida Afg‘on xalqi mustamlaka va zulmga qarshi jo‘shqinlik, imon va sobitlik bilan turib keldi. Ular hech qachon zulm, zo‘ravonlik va majburlik oldida bosh egmaganlar  va egmaydilar ham.

Ushbu yurt aholisini hech qachon Bani Isroil kabi qullikka o‘rganib qolgan va jihod hamda ozodlikni og‘ir yuk deb bilgan kimsalar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ba’zilar ehtimol qullikka o‘rganib qolgan bo‘lishi mumkin va ularda jihod, kurash, shahidlik va ozodlik kuchi yetishmasligi mumkin. Ammo Afg‘onistonning har doim shohid beruvchi xalqi erkinfikrli ota-bobolarga ega bo‘lgan, ularning avlodlari bugun ham ozodlik va g‘urur bilan yashamoqdalar. Ular uchun jihod, kurash va ozodlik yo‘li hech qachon charchatmaydi  chunki ular qullikka odatlanmaganlar; ular har doim erkin va bosh ko‘tarib yashaganlar.

Afg‘on xalqi o‘tgan bir asrda og‘ir tarixiy sinovlardan o‘tgan  xorijiy bosqinlardan tortib, ichki urushlar va monopolistik hukumatlar tajribalarigacha. Har safar bu millat begonalarning va’dalariga ishonib, fikriy va dini mustaqillikdan chetga chiqqanida, natijasi faqat vayronagarchilik va bo‘linish bo‘lgan.

Bugun Islomiy Amirlikning yagona hukumati soyasida nisbiy tinchlik o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay ba’zilar yana o‘tmishni takrorlash va ilgari sinab ko‘rilgan biroq ishonchni yo‘qotgan shaxslar va guruhlarga ishonch bildirish haqida so‘z yuritmoqda. Ular qadimiy shaytoniy xulqlariga tayanib afg‘onlarning birligi va xavfsizligini izdan chiqarishga urinishmoqda. Holbuki har bir basiratli inson biladiki:

Sinab ko‘rilganni yana sinash  xatodir.

Afg‘on xalqi tarix davomida shuni ko‘rsatdi: barcha qiyinchiliklarga, moddiy resurslarning yetishmovchiligi va iqtisodiy zaiflikka qaramay, ularning imon va g‘urur ruhi hech qachon sovimaydi. Sulaimonning yuksak tog‘laridan tortib, Panjshir vodiysining dovonlarigacha va janubdagi sahrolargacha  azon sadosi, ozodlik faryodi, din va vatanni himoya qilish ruhi bu xalqni yagona jism kabi birlashtirib turadi.

Dindorlik va jasorat afg‘onlarning qonida oqadi. Bu xislatlar  agar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa  mamlakatni monopoliyalar, korrupsiya va bo‘linishdan qutqara oladigan bebaho boyliklardir.

Boshqa tomondan, Pokiston ham siyosiy va iqtisodiy bo‘ronlar o‘rtasida adashib qolgan. Har ne bo‘lsa-da Afg‘oniston Islomiy Amirligining barcha qo‘shnilar bilan aloqalari donishmandlik va ehtiyotkorlik bilan olib borilmoqda. Shunga qaramay bu mamlakat takror-takror shuni boshdan kechirgan: ikkiyuzlamachilik siyosati va diniy yoki etnik oqimlardan qisqa muddatli manfaatlar yo‘lida foydalanish – oxir-oqibat barqarorlikni yo‘q qiladi.

Bugun Pokiston xalqi ham shu haqiqat bilan yuzlashmoqda:

O‘tmishdagi tajribalarni takrorlash  xatoga qadam qo‘yishdir.

Afg‘onlar o‘z amallari bilan isbotlab berdilar: har safar ular islomiy tamoyillar va milliy g‘urur asosida turganlarida hech bir kuch ularni zabt eta olmaydi.

Exit mobile version