xalifalik illyuziyasi; Imperiya orzusidan qulashgacha! 5 qism

Aziz Jalol

Abubakr al-Bag‘dodiy – ISHID ekstremistik guruhining peshonasidagi qora dog‘:

Zamonaviy tarixda Abubakr al-Bag‘dodiy nomi ISHID ekstremistik guruhining peshonasidagi qora va sharmandali dog‘ sifatida porlaydi; amerikaliklarning qamoqlaridan chiqib, hatto ilgari do‘stlari ham dahshatdan titragan bir maxluqni dunyoga keltirgan shaxs. Bu yashirin qiyofaning hayoti diniy mutaassiblik, nosog‘lom mansabparastlik va cheksiz zo‘ravonlikning g‘alati va tartibsiz qorishmasi edi.

Ibrohim Avad Ibrohim Ali al-Badriy as-Samarroiy, Abubakr al-Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan, 1971-yilda Samarrada tug‘ilgan va ko‘rinishidan dindor bir oilada ulg‘aygan. Oliygohdagi ta’limini Bag‘dod universitetida Islomshunoslik yo‘nalishida yakunladi, ammo ilmiy ruhni kamolga yetkazish o‘rniga mutaassib va zo‘ravon tafakkurni o‘stirdi. Uning Qur’on qiroatlaridagi ixtiloflar mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ham uning yuzaki tashvishlarining aks sadosi edi.

Uning bu yuzaki ilmi dinning quruq va ruxsiz talqinlariga asos bo‘ldi; bu talqinlar nafaqat Islomga zarar yetkazdi, balki insoniyatni ham uning zo‘ravon mafkurasi bilan yuzlashtirdi.

Uning shaxsiyati g‘alati ziddiyatga ega edi; bir tomondan kamgap va kamtar qiyofa, boshqa tomondan esa mislsiz zo‘ravonlik. Sobiq hamkorlari uning uzoq sukunatlari va vahimali nigohlarini eslashadi; bu sukunatlar hikmat belgisi emas, balki adovat va intiqomga to‘la ongini yashirish pardasi edi. U tashqi ko‘rinishda hech qanday yetakchilik belgilariga ega emasdi, ammo amerikaliklar qamoqlarining zulmatida asta-sekin o‘ldiradigan, talon-taroj qiladigan va zo‘ravonlik tarqatadigan shaytonni ichida tarbiyaladi.

Uning e’tiqodlari haddan tashqari salafiylik va oxirzamon to‘hmalari qorishmasidan iborat edi. O‘zini Musulmonlar xalifasi deb atardi; bu unvon asossiz xayollaridan tug‘ilgan edi. Bu katta da’vo og‘ir va manman ruhiy kasallikdan kelib chiqqan bo‘lib vaqt o‘tishi bilan yanada kuchayardi. Islom haqidagi talqini dinni shaxsiy mansabparastlik vositasiga aylantirgan edi.

Bag‘dodiyning ISHID rahbari sifatidagi faoliyati uning haqiqiy qo‘rquv va shafqatsizlik yuzini ochdi. Uning rahbarligi ostida bu ekstremistik guruh zamonaviy tarixdagi eng vahshiyona jinoyatlarni sodir etdi; ommaviy qatl qilishlardan tortib, jinsiy qullikkacha  ularning ko‘pi bevosita uning imzosi yoki buyrug‘i bilan amalga oshirildi. Shunga qaramay o‘zini xalifa deb e’lon qilgan va to‘hmachilikka berilgan bu shaxs ko‘p vaqtini xavfsiz panoh joylarda o‘tkazib, boshqalarni jang va o‘lim maydoniga yuborar edi.

Bag‘dodiy rahbarlik uslubini qo‘rquv va dahshatga asoslagan edi. Hatto eng kichik e’tirozni ham eng og‘ir jazolar bilan javoblar, eng yaqin safdoshlari ham uning buyruqlaridan qo‘rqishardi. Bu mustabid uslub oxir-oqibat uni to‘liq yakkalanishga olib keldi shundayki umrining so‘nggi kunlarida hatto shaxsiy soqchilari ham undan yuz o‘girdi.

2019-yilda Bag‘dodiyning o‘limi bunyodkorlik o‘rniga vayronagarchilik, birlik o‘rniga nifoq, rahm-shafqat o‘rniga zo‘ravonlik targ‘ib qilgan bir odamning hayotiga yakun bo‘ldi. Uning merosi faqat vayrona qirg‘in va nafratdan iborat bo‘ldi. Bugun hatto eng ekstremistik takfirchi guruhlar ham uning nomini tilga olishdan tiyilmoqda.

Bag‘dodiy diniy yetakchi emas, balki to‘la-to‘kis ruhiy kasal va mansabparast bo‘lib, dinni o‘z jinoyatlariga niqob qilib olgan edi.

Exit mobile version