Xavorijlar musulmonlar jamo a‘tidan ajralib chiqqan ilk adashgan firqa

G‘iyosuddin G‘uriy

Xavorijlar Usmon roziyallohu anhuning shahid etilishidan va undan keyingi fitnalar davridan so‘ng musulmonlar jamoasidan ajralib chiqqan ilk firqa edi.

Ular Ali va Muoviya roziyallohu anhumo o‘rtasidagi hakamlik voqeasidan keyin La hukma illa lilloh shiorini ko‘tarib, musulmonlar safidan chiqib ketdilar va Haruroa hududida to‘planishdi.

Ularning eng muhim fikriy xususiyati shundan iborat ediki, ular gunoh qilgan yoki ijtihodiy qarashlarda farq qilgan musulmonlarni kofir deb hisoblar edilar.

Ular Ali roziyallohu anhuni va ko‘plab sahobalarni kofir deb bilib, musulmonlarning jon va molini halol sanashgan. Xavorijlar diniy matnlarni tushunishda og‘ishga yo‘l qo‘ygan; Qur’on oyatlarining ba’zi zohiriy ma’nolariga yopishib olib, Payg‘ambar sunnatini va sahobalar tushunchasini inkor etganlar. Shu sababli sunnatda sobit bo‘lgan ko‘plab hukmlarni rad etib, musulmonlarni osonlik bilan takfir qilganlar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ular haqida ogohlantirib, Qur’onni tilovat qiladilar, ammo uning haqiqiy mohiyatidan bahramand bo‘lmaydilar hamda musulmonlarni o‘ldiradilar, mushriklarni esa tark etadilar, deb aytganlar.

Xavorijlar va ularning fikrdosh guruhlarining islom ummatiga yetkazgan zararlari quyidagicha jamlanadi:
Musulmonlar orasida takfir tushunchasining kengayishi va dalilsiz ravishda kishilarni dindan chiqarish.

Musulmon qonini to‘kish va jamiyatda beqarorlik hamda fitna keltirib chiqarish.
Ummat birligini zaiflashtirish va bo‘linishlarni kuchaytirish.
Qur’oni Karim oyatlaridan noto‘g‘ri foydalanish va shar’iy matnlarni xato talqin qilish.

Payg‘ambar sunnati va sahobalar tushunchasiga e’tiborsizlik, bu esa aqida va amalda adashishga olib keladi.
Islom ummatining kuchi va obro‘sini zaiflashtirish hamda dushmanlar kirib kelishiga zamin yaratish.

Islomning dunyo oldida noto‘g‘ri va shafqatsiz ko‘rinishini shakllantirish.
Musulmonlarni asosiy muammolar va haqiqiy dushmanlar o‘rniga ichki nizolar va urushlarga mashg‘ul qilish.

DISH va uning Xavorijlar bilan fikriy o‘xshashligi
Ko‘plab olimlar DAIShni fikriy jihatdan Xavorijlarga o‘xshatganlar, chunki bu guruh ham musulmonlarni takfir qilish, dinni haddan tashqari talqin qilish, nazoratsiz zo‘ravonlikka murojaat etish, begunohlarning qonini to‘kish va musulmonlar orasida tafriqa keltirishni o‘z yo‘li sifatida tanlagan. Bunday g‘oya va xatti-harakatlar natijasida islom ummatining birligi zaiflashadi, islomning obro‘siga putur yetadi va dushmanlar uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Shu sababli ummatning najoti va g‘alabasi Qur’oni Karim va sunnatga mustahkam yopishish, sahobalar va salaflarning tushunchasiga ergashish, ifrot va tafritdan uzoq bo‘lish, musulmonlar birligini mustahkamlash hamda asossiz takfirdan saqlanishda mujassamdir.

Exit mobile version