Muallif: Abu Osama al-Xurosoniy
Xavorijlar ISHID rejimi sionistik rejim kabi begunoh insonlarni o‘ldirishda katta tajribaga ega. O‘zlarini musulmon va hatto Haq yo‘lining mujohidlari deb e’lon qiladilar, biroq ularning sharmandalek tarixi yolg‘on tuhmatlar asosida to‘kilgan musulmonlar qoni bilan to‘ldirilgan.
Xavorijlarning tarixi, yomon boshlanishidan tortib, sahobalar davridan to bugungi kungacha, o‘zlarining johil muftiylari tufayli ko‘plab asossiz ayblovlar va keraksiz qon to‘kishlar bilan ajralib turadi.
Bu jirkanch fitna, bosqin paytida, AQSh va ularning malaylari soyasida ko‘plab musulmonlarni turli xil laqablar bilan takfir qilib, ularning qonini halol deb topdi va qirg‘in qildi.
Islom bilan aloqasi yo‘q bo‘lgan bu qonxo‘rlar na musulmonlarning nomusiga rahm qildi, na bolalari ularning yovuzligidan omon qoldi va na bu xalqning oqsoqollari qutulib qoldi.
O‘sha davrda, masjidda Allohning yo‘liga ergashgan deb shirkda ayblab odamlarni o‘ldirdilar, ba’zilarini shia bo‘lgani uchun so‘yib tashladilar, boshqalarni esa boshqa bo‘sh sabablar bilan takfir qilib, qatl etdilar.
Ammo Afg‘onistonda Islomiy tizim o‘rnatilgandan so‘ng, bu yovvoyi xavorijlarning, ya’ni G‘arbning yollangan qotillarining buzuvchi harakatlari to‘xtatildi va xavfsizlikka qarshi faoliyatlari keng ko‘lamda qisqardi.
Shunga qaramay, Islomiy Amirlikning mard qo‘shinlariga qarshi turishga qodir bo‘lmagan bu xavorijlarning zaif kuchlari vaqt vaqti bilan o‘z xo‘jayinlari va Islomning dushmanlarini xursand qilish uchun jirkanch ishlarga qo‘l urib, bu yurtning begunoh xalqini qon va tuproqqa botirmoqda.
Oxirgi holatda, bu nafratlangan guruh Bag‘lon viloyatining Nahrin tumanidagi bir masjidda Allohni zikrni qilish bilan band bo‘lgan bir necha namozxonlarni nishonga olib, yana bir bor o‘zining haqiqiy va jirkanch yuzini namoyon qildi. Bu bilan ularning harakatlari Islom va uning ulug‘vor ta’limotlariga umuman aloqasi yo‘qligini ochiq-oydin ko‘rsatdi.
Ammo qayd etish kerakki, bu safar ham Allohning inayati bilan, bu mash’um xavorijlar avvalgilari kabi tutib olinib, o‘z ishlarining jazosini kutganlaridan ham tezroq oladilar. Bu da’voga vaqt o‘z tasdig‘ini berajak, inshaalloh.