Rif‘at Shafiq
Yahudiylarning yomon sifatlarini o‘rganishni davom ettirar ekanmiz, bu qismda ularning o‘n uchinchi sifatini ko‘rib chiqamiz.
13 – Og‘izdan yomon so‘z chiqishi, yolg‘on, tuhmat va odamlarni til orqali ozor berish
Yahudiylarning Qur’oni Karimda turli o‘rinlarda tilga olingan yomon va xavfli sifatlaridan biri og‘izdan yomon so‘z chiqishi, yolg‘on gapirish, tuhmat qilish va odamlarni til orqali ozor berishdir. Ularning ko‘pchiligi haqiqatni yashirish uchun yolg‘on gapirgan, Alloh taologa tuhmat qilgan, payg‘ambarlar alayhissalomga nisbatan bo‘hton qilgan, mo‘minlar haqida noto‘g‘ri so‘zlar aytgan va odamlar orasida fitna hamda fasod olovini yoqqan.
Alloh taolo ularning bu yomon xislati haqida shunday deydi:
وَيَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
(Oli Imron: 75)
Ma’nosi: Ular bilgan holda Allohga yolg‘on to‘qiydilar.
Ya’ni ular haqiqatni bilsalar ham, shaxsiy manfaatlari uchun yolg‘on gapirib, haqiqatni yashirganlar.
Alloh taolo yana shunday deydi:
وَقَالَتِ الْيَهُودُ يَدُ اللَّهِ مَغْلُولَةٌ
(Moida: 64)
Ma’nosi: Yahudiylar: ‘Allohning qo‘li bog‘langan’ dedilar… Holbuki Allohning ikki qo‘li ochiqdir U xohlaganicha rizq beradi.
Shuningdek, Alloh taolo ularning yana ba’zi
yomon sifatlari haqida shunday deydi:
وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَىٰ مَرْيَمَ بُهْتَانًا عَظِيمًا
(Niso: 156–157)
Ma’nosi: “Ularning kufri sababli va Maryamga katta bo‘hton qilganlari uchun hamda ‘Biz Maryam o‘g‘li Masih Isoni o‘ldirdik’, deganlari uchun…
Yahudiylar faqat yolg‘on bilan cheklanmagan, balki mo‘minlarni obro‘sizlantirish uchun ham tuhmat qilganlar. Ba’zan pokiza musulmon ayollarga ham bo‘hton qilganlar. Masalan, Hazrat Oisha roziyallohu anho haqidagi tuhmat voqeasida fitnani qo‘zg‘atuvchilar orasida yahudiylar va munofiqlar bo‘lgan.
Islom esa musulmonlarni rostgo‘ylik yumshoq so‘z go‘zal axloq va odamlarning obro‘sini saqlashga chaqiradi.
Rasululloh ﷺ dedilar:
Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa yaxshi gapirsin yoki jim tursin. (Buxoriy va Muslim)
Yaxshi so‘z, rostgo‘ylik va go‘zal axloq insonni saodat va jannatga olib boradi, yolg‘on va tuhmat esa halokat va do‘zaxga yetaklaydi.
Imom Navaviy rahimahulloh aytadilar:
Bu hadis yolg‘onning xavfi va rostgo‘ylikning fazilati haqida eng katta bayonlardan biridir, chunki yolg‘on har bir yomonlik va fasodning asosidir.













