Hijoz Tamim
Tamvillash kredit karta firibgarligi orqali:
Zamonaviy davrda, terrorchilik tashkilotlari, xususan ISHID, an’anaviy moliy ta’minot usullaridan uzoqlashib, keng ko‘lamda va aqlli ravishda murakkab hamda ko‘zga ko‘rinmas kiber-makon imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Bu zamonaviy usullarning eng samarali va eng foydalilaridan biri kredit kartalar bilan firibgarlik bo‘lib, ISHID o‘zining keng operatsion, tarmoq va mafkuraviy targ‘ibot xarajatlarini moliyalashtirishda undan foydalanadi.
Bu taktika nafaqat arzon va samarali, balki nazorat nuqtayi nazaridan ham xalqaro xavfsizlik organlari uchun jiddiy muammo hisoblanadi. ISHID bunday firibgarlikni bir necha bosqichda amalga oshiradi: avval phishing, zararli dasturlar va «dark web» orqali kartalarni qo‘lga kiritadi; so‘ng bu kartalardan qimmatbaho tovarlar, sovg‘a kartalari yoki hatto raqamli valyutalarni sotib olish uchun foydalanadi oxirida esa pul yuvishda norasmiy tarmoqlar, havolalar (hawala) va vositachilardan foydalanadi.
Bu jarayon shuni ko‘rsatadiki, ISHID nafaqat zo‘ravonlik markazli tashkilot, balki moliy markazli, professional va texnologik tarmoqlarga ega bir tuzilma hisoblanadi. Yevropa mamlakatlari, Turkiya va Fors ko‘rfazi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ISHID faqatgina kredit karta firibgarligi orqali o‘nlab million yevro daromad topgan.
Yevropolning 2015-yildagi hisobotida aytilishicha, ISHID ning faqatgina kichik bir tarmoq yadrosi ushbu usul orqali 3,5 million yevro qo‘lga kiritgan va keyinchalik aynan shu tarmoq ISHID ning asosiy kiber-moliya ta’minot ustunlaridan biriga aylangan.
Kredit karta firibgarligi ISHID uchun bir necha muhim afzalliklarga ega: birinchidan, u katta darajada nazoratdan va fosh bo‘lishdan yashiringan bo‘ladi; ikkinchidan texnik ko‘nikmalari sababli, bu tashkilot kichik mablag‘lardan katta foyda chiqarib olishi mumkin; uchinchidan, bu usul geografik chegaralar bilan cheklanmaydi. Shu bois, bu strategiya ISHID ning terrorizmni moliyalashtirish sohasida siyosat ishlab chiquvchilar, xavfsizlik organlari va moliy nazoratchilari uchun jiddiy va doimiy tahdiddir.
Natijada, aniq bo‘ladiki terrorchilik tashkilotlari, ayniqsa ISHID, global bank-moliya tizimlaridagi texnik va kiber bo‘shliqlardan o‘z yovuz maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Kredit karta firibgarligi orqali moliy ta’minoti modeli terrorizmning zamonaviy qiyofasining yorqin aksidir; bu murakkab, dinamik va global bo‘lib an’anaviy usullardan tubdan farq qiladi. Bunday strategik taktikalar qarshisida faqat huquqiy texnik va xalqaro darajadagi kompleks javobgina ISHID ning moliya tarmog‘ini to‘xtata oladi.
Karta firibgarligi ISHID foydalanadigan to‘liq mexanizm:
Avval aytib o‘tilganidek, kredit karta firibgarligi bu zamonaviy kiber-taktikalardan biri bo‘lib, terrorchilik tashkilotlari, xususan ISHID, moliy manbalariga erishishda undan foydalanadi. Bu turdagi firibgarlikda shaxslar yoki kompaniyalarning kredit karta ma’lumotlari noqonuniy yo‘llar bilan o‘g‘irlanadi va so‘ngra ushbu ma’lumotlardan tovar xaridi, pul o‘tkazish yoki boshqa aldov faoliyatlari uchun foydalaniladi.
Bu guruh avval turli usullar bilan karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritadi, ikkinchi bosqichda esa bu ma’lumotlardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida shaxsni yashirish taktikalarini qo‘llaydi. Xalqaro hisobotlarga ko‘ra, ISHID aynan shu yo‘l bilan millionlab dollar daromad topgan bo‘lib, eng muhimlari quyidagilar:
- Karta ma’lumotlarini noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritish:
ISHID quyidagi usullar orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi:
Phishing:
ISHID ga aloqador yoki yollangan xakerlar banklar yoki nufuzli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga o‘xshash soxta email, SMS va veb-saytlar yaratadi. Maqsad qurbon o‘zining kredit karta raqami, CVV kodi, amal qilish muddati va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi. Bu ma’lumotlar zudlik bilan xakerlarga uzatiladi.
Zararli dasturlar (Malware) va klavish yozuvchilar Keyloggers:
ISHID ga aloqador tarmoqlar foydalanuvchilarning klaviaturada bosgan barcha tugmalarini yozib oladigan viruslar yaratadi. Bank saytlaridan foydalanilganda, foydalanuvchi ma’lumotlari yozib olinadi va ISHID ga yuboriladi.
Dark Web»dan kartalarni sotib olish:
ISHID a’zolari yoki ittifoqchi xakerlar dark web»dan o‘g‘irlangan kartalarni sotib oladi. Bu ma’lumotlar asosan rus, osiyolik yoki yevropalik xakerlar tomonidan yig‘iladi. Faol va mablag‘ga ega kartalar odatda 5–50 dollar atrofida baholanadi.