Nega IShID qo’llab-quvvatlanadi?
Muallif: Muhajir Sapi.
Avvalroq, DAISh guruhi G‘arbning qudratli davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani tahlil qilingan edi, bu davlatlar o‘zaro umumiy manfaatlarga ega. Ushbu davlatlarning moliyaviy, harbiy, logistika, razvedka, o‘quv va boshqa ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatishi islom dunyosidagi urush va vayronagarchiliklarning davom etishiga sabab bo‘lmoqda.
Endi biz G‘arb davlatlari tomonidan tekfiriy DAISh guruhini qo‘llab-quvvatlanishiga olib kelgan asosiy omillar va sabablarni qisqacha ko‘rib chiqamiz:
1. Islomning kengayishini to‘xtatish;
Yevropa va Amerika davlatlarining so‘nggi yillarda eng katta xavotirlaridan biri Islomga ergashuvchilarning tobora ko‘payib borayotganidir. DAISh vahshiyliklarining ommaviy axborot vositalarida keng va to‘liq yoritilishining va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarning ularning sahifalarini qo‘llab-quvvatlashining asosiy sababi – Islomning shafqatsiz qiyofasini namoyon qilishdir. Shu yo‘l bilan ular Islomning jozibadorligini kamaytirish va odamlarni Islomga moyillikdan uzoqlashtirishga harakat qilishmoqda.
2. Musulmon aholisining qirg‘in qilish orqali kamaytirish;
So‘nggi yillarda tekfiriy DAISh guruhining eng muhim faoliyatlaridan biri musulmonlarni qirg‘in qilish bo‘lib kelgan. Bu harakat bilan nafaqat musulmon erkaklar soni kamayadi, balki omon qolgan ayollar va bolalar turli zarar va jarohatlarga duchor bo‘ladi.
3. Isroil xavfsizligini ta’minlash;
Dastlab, shuni aytish kerakki, qaroqchi Quddus rejimi DAIShning mintaqadagi mavjudligi va jinoyatlaridan eng ko‘p foyda olgan. Shu sababli, ular DAIShni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan va o‘z kuchlaridan bir qismini turli lavozimlarda va kiyimlarda DAISh safiga yuborib, ularning ko‘plab dasturlarini rejalashtirish va aqliy yordam ko‘rsatishgan.
DAISh jinoyatlari bu borada keltirgan eng muhim maqsad va natija, Isroil rejimiga qo‘shnilari va dushmanlari tomonidan bo‘lgan tahdidlarning kamayishidir.
4. Qurol sotish;
Qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar dunyodagi urushlarning eng muhim dizaynerlari va qo‘llab-quvvatlovchilari hisoblanadi. Chunki ular davlatlar va guruhlar o‘rtasidagi urush olovini alangalatib, har ikki tomoniga ham qurol-yarog‘ va harbiy uskunalar sotishadi va ulkan foyda olishadi.
Shubhasiz, DAISh bu jihatdan ko‘p miqdorda pul aylanishiga sabab bo‘lgan va ular uchun ulkan daromadlar keltirgan.
5. Musulmonlarning kuchayishi va birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Musulmonlar o‘rtasidagi aloqalarni yo‘q qilish Amerika, Isroil va boshqa davlatlarning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki ular bu aloqalarni va birlikni o‘zlarining zaiflashishlari deb hisoblashgan. DAISh va uning yaratuvchilari bu maqsadga erishish uchun musulmonlarning kuchayishi oldini olishga intilishgan.
6. Amerikaga mintaqaga aralashish uchun sharoit yaratish;
Amerika Afg‘oniston va Iroqqa hujum qilganidan keyin yillar davomida ushbu ikki davlatning boyliklarini talon-toroj qilgan. Ammo xalqning ishg‘olchilarni quvib chiqarishga bo‘lgan qat’iy qaroridan so‘ng, Amerika qo‘shinlari Iroq va Afg‘onistondan chiqib ketdi.
Ammo DAIShning Iroqqa qaytishi va Nuri Malikiy tomonidan AQSh hukumatidan yordam so‘rash xatosidan so‘ng, ular yangi shaklda, ammo cheklangan ko‘rinishda yana Iroqqa qaytishdi va har doim va har joyda aralashish imkoniga ega bo‘lishdi.
7. Arzon narxdagi neftni egallash;
Ba’zi davlatlar Iroq va Suriya neftini DAIShdan juda arzon narxda sotib olgan va bundan foyda ko‘rgan. Ochiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi davlatlar oziq-ovqat va dorilar tashkilotlari yordami ko‘rinishida terrorchilarni Suriyaga yuborib, shu yo‘l bilan o‘z maqsadlarini amalga oshirishgan.