Sulaymon Mobarez
Islomning qasamyod qilgan dushmanlari, Iroq va Shom hamda Afrika davlatlaridan so‘ng, mujohidlarning kundan-kunga ortib borayotgan fathlariga to‘sqinlik qilish va Islom hamda musulmonlarga zarba berish maqsadida, bu safar o‘zlarining makkorona rejasini Afg‘oniston yurtida amalga oshirishedi.
Kufr armiyasi va ularning yollanma askarlari haqiqiy Islom askarlariga qarshi tura olmagach, sharmandalik mag‘lubiyatdan qochish uchun Afg‘onistonda ISHID loyihasini ishga tushirdi va shu yo‘l bilan bu yurtdagi Allohning nurini o‘chirilishini xohladi.
Xuroson ISHID Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan xavorijlarning bir shoxobchasi bo‘lib, g‘arb va boshqa maxfiy xizmatlar tomonidan tuzilgan va moliyalashtirilgan bu guruhning yagona maqsadi Islomiy amirlik mujohidlariga qarshi kurashish edi. Mujohidlar esa har kuni o‘z nazorat hududlarini kengaytirib, bosqinchilar va ularning yollanma xizmatkorlari uchun maydonni tobora toraytirib borardi.
Garchi xavorijlarning Afg‘onistondagi mavjudligi Islomiy amirlik mujohidlarining oldinga siljishi uchun katta to‘siq bo‘lsa-da, ammo bu nafratga loyiq guruh tez orada mujohidlarning o‘tli zarbalari oldida bardosh bera olmay, bosib olgan barcha hududlarini boy berdi.
Afg‘oniston Islomiy amirlik tomonidan fath qilinganidan va bosqinchilar mag‘lubiyatga uchrab, ularning barcha iflos rejalari barbod bo‘lganidan so‘ng, mintaqa va g‘arbiy maxfiy xizmatlar xavorijlarning xavfli uyalarini Afg‘onistonda joylashtirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘p urinishlar qildi.
Ammo so‘nggi uch yarim yil ichida Islomiy amirlik hukumati bu loyihani ham barbod qildi. Har kuni ISHID xavorijlarga qarshi yangi uyalar aniqlanib, yo‘q qilinmoqda.
So‘nggi muvaffaqiyatli harbiy amaliyotda Islomiy amirlik maxsus kuchlari Allohning madadi bilan shimoliy-sharqiy Afg‘onistonda, Xuroson ISHIDning Balujistondagi filiali tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqariladigan fitnagar tarmoqlarni yo‘q qildi va ularning barcha a’zolarini qo‘lga oldi.
Al-Mirsod ishonchli manbalaridan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda To‘xor, Qunduz, Bag‘lon va Samangon viloyatlarida bu tarmoqqa qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar o‘tkazilgan.
Bu operatsiya davomida barcha fitnagarlar qo‘lga olinib, mujohidlarning maxsus kuchlari ulardan katta miqdorda qurol, o‘q-dori, qo‘l bombalari va portlovchi moddalarni musodara qilgan.
Shuningdek, To‘xor viloyati Dashti Qal’a tumanida xitoylik bir fuqaro va Bag‘lon viloyati Nahrin tumanida zikr bilan mashg‘ul bo‘lgan masjid jamoasiga qilingan hujum ham aynan shu fitnagar tarmoq tomonidan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan edi.
Bu guruh, shuningdek, Bag‘lon viloyatining boshqa joylarida ham diniy olimlar va taniqli shaxslarni nishonga olib, ularni shahid qilgan; va ularning barcha a’zolari bu jinoyatlarni sodir etganliklarini o‘zlari tan olgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu fitnagarlarning faoliyati Balujiston Xuroson ISHIDning strategiyasining bir qismi bo‘lib, ularning ortida ayrim maxfiy xizmatlar turadi. Bu loyiha faqatgina Afg‘oniston shimolida tartibsizlik keltirib chiqarish va qo‘shni davlatlarni bezovta qilish uchun amalga oshirilmoqda.
Afg‘onistonda xavfsizlikni buzish, ISHID xavorijlar tomonidan noxavfsizlik harakatlarini uyushtirish, Islomiy tuzumning haqiqiy qiyofasiga putur yetkazishga qaratilgan fitnalarning bir qismidir. Ammo aniqki, bu orzu hech qachon ro‘yobga chiqmaydi va oxir-oqibat dushmanlar va ularning yollanma xizmatkorlari sharmandalik va xorlikdan o‘zga narsaga erishmaydi.