Horis Ubayda
Sulton Muhammad Fotih arab tiliga juda katta muhabbat va qiziqishga ega edi chunki bu til Qur’oni karimning tili bo‘lib o‘sha davrda ilm tili ham hisoblanardi. Zamonaviy va ilg‘or fanlar aynan shu tilda tasnif qilinar edi. U arab tilini kengaytirish va ommalashtirish uchun katta sa’y-harakatlar ko‘rsatgan. Bu muhabbatining yana bir katta sababi shunda ediki u sakkizta madrasaning ustozlariga fiqh ilmi haqida kitoblar to‘plashni buyurgan edi; masalan Sihah Sitta Takmilat al-Qomus va shunga o‘xshash asarlar.
Sulton Muhammad Fotih tarjimonlarni ham qo‘llab-quvvatlagan, shuning natijasida ommaviy kutubxonalar tashkil etilgan va odamlar islomiy hamda ilmiy bilimlardan keng foydalanishgan. U saroyida katta va maxsus kutubxona bunyod etgan bo‘lib, unda har xil turdagi kitoblar mavjud edi. Mashhur olim Shayx Lutfiyni o‘sha kutubxonaning mas’uli qilib tayinlagan. Bu kutubxonada o‘n ikki ming jild kitob bo‘lgan ammo 1465-yilda kuyib ketgan. Professor Dizman bu kutubxonani sharhlab, uni sharq va g‘arbni bog‘lovchi markaz fanlarning bir qit’adan boshqasiga o‘tish nuqtasi sifatida ta’riflagan.
Imoron va obodonlashtirish:
Sulton Muhammad Fotih masjidlar, ilmiy markazlar saroylar shifoxonalar bozorlar yirik savdo markazlari karvonsaroylar va istirohat maskanlari qurishga nihoyatda qiziqqan. U shahar yerlari va ularni obodonlashtirishga alohida e’tibor bergan suv ta’minoti tizimini qayta tartiblagan. Yurtning olimlari va taniqli kishilarini karvonsaroylar hammomlar va shunga o‘xshash inshootlar qurishga undagan. Natijada shahar yanada yorqin va ravnaq topgan.
Poytaxt Istanbulni go‘zallashtirish va chiroyli qiyofa berishga alohida e’tibor qaratilgan. U shahar nafaqat go‘zal balki turli san’atlarning markazi bo‘lishini xohlagan. Sulton Muhammad Fotih davrida imoron va obodonlashtirish nihoyatda ko‘paygan har yerda baland va chiroyli binolar qad rostlagan. Shifoxonalar uchun yetarli binolar qurilgan va ularni chiroyli hamda yoqimli qilish bo‘yicha maxsus tartiblar joriy etilgan. Katta shifoxonalardan tashqari kichik klinikalar ham qurilgan. Avvaliga har bir klinikaga bittadan tabib tayinlangan bo‘lsa, keyinchalik ularning soni ortgan.
Tabiblar tibbiyot sohasida mutaxassis bo‘lgan va erkaklar ham ayollar ham bu kasb bilan shug‘ullangan. Mutaxassis tabiblardan tashqari jarrohlar hamshiralar ko‘z shifokorlari va shu yo‘nalishdagi boshqa mutaxassislar ham xalq xizmatida bo‘lgan. Hatto bir necha qo‘riqchi ham xizmat qilgan.
Shifoxona xodimlari uchun birinchi shart mehribon insonparvar va qanoatli bo‘lish edi. Tabiblarning vazifasi bemorlarni kuniga ikki marta ko‘rikdan o‘tkazish va dori bemorga foydali ekaniga ishonch hosil qilmaguncha uni buyurmaslikdan iborat edi. Shifoxonalarda bemorlarga ovqat ham berilardi. Bu ish uchun ishonchli odamlar tayinlangan bo‘lib, ular faqat bemorlarga foydali bo‘lgan taomlarni tayyorlashardi. Davolashda hamma bilan teng muomala qilinardi din, millat va boshqa farqlarga e’tibor berilmas edi.
Sanoat va savdo sohasidagi sa’y-harakatlar:
Sulton Muhammad Fotih sanoat va savdoga ham katta e’tibor qaratgan. U bu sohani rivojlantirish uchun barcha kuchini ishga solgan va bu borada ajdodlari qilgan izlanishlarni davom ettirgan chunki ular ham sanoat va savdo rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Yirik shaharlarning ko‘pi fath etilib, talonchilikdan qutqarilgach ularga nur taraqqiyot va jonlanish kirgan, yangi taraqqiyot davri boshlangan. Uning yorqin misollaridan biri Nikeya shahri.
Usmoniylarning xalqaro bozorlari quruqlik va dengiz yo‘llari orqali bir-biriga bog‘langan edi. Ular qadimiy yo‘llarni ta’mirlab chiroyli tarzda qayta barpo etishgan shunda savdo mollari osonlik bilan tashiladigan bo‘lgan. Boshqa davlatlar o‘z portlarini Usmoniy davlatiga ochishga majbur bo‘lishgan, shunda savdolarini Usmoniylar bayrog‘i ostida amalga oshirishgan.
Davlatning sanoat va savdo siyosati natijasida butun mamlakatda taraqqiyot alomatlari yuzaga chiqa boshladi. Pulining qiymati boshqa davlatlar valutalariga qaraganda yuqori bo‘ldi chunki u oltindan yasalardi. Qurol ishlab chiqarish uchun zavodlar qurilgan. Bu qurollarni saqlash uchun omborlar barpo etilgan va mamlakatning strategik ahamiyatga ega joylarida harbiy qal’alar qurilgan.














