Ehson
Afg‘oniston siyosatining notinch va murakkab muhitida doimo olisdan o‘zgarish va yangilanishni da’vo qiluvchi ovozlar eshitilib turadi. Asosan mamlakat chegaralaridan tashqaridan yangrayotgan bu ovozlar o‘zlarini «qarshilik jabhalari» yoki «muxolif kuchlar» sifatida tanitishga urinadilar. Biroq haqiqat mutlaqo boshqacha. Afg‘oniston tashqarisida islomiy tuzumga qarshi faol jabhalar sifatida shakllangan tuzilmalar jiddiy siyosiy harakat emas, balki asosan mish-mish tarqatish, milliy va diniy tafovutlarni bo‘rttirish hamda siyosiy ziddiyatlarni kuchaytirishga tayangan targ‘ibot hodisasidir. Ular shu yo‘l bilan o‘zlarining mavjudligini saqlab qolishga urinmoqdalar.
Bu hodisani tushunish uchun asosiy savolga javob berish lozim: nega bu jabhalar yillar davomida faoliyat yuritishiga qaramay, Afg‘oniston ichki muvozanatlarida hech qanday o‘zgarish qila olmadi? Javob oddiy va ravshan: bu jabhalarning xalq orasida tayanchi yo‘q. Ular jamiyat chetida, maydondagi voqeliklardan uzoqda, muhojirlar va qochqinlar orasida shakllangan bo‘lib, ommaviy axborot vositalari uchun materiallar tayyorlash va dabdabali intervyular orqali o‘zlarini katta kuch sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Ammo o‘tmishdagi ularning jinoyatlari va korrupsiyasini o‘z boshidan kechirgan Afg‘oniston xalqi bu jabhalarning va’dalari sarobdan boshqa narsa emasligini juda yaxshi biladi.
Tarix bu da’voga yaqqol guvohdir. Bu jabhalarning ko‘plab rahbarlari va tarafdorlari yigirma yillik ishg‘ol davomida tashqi kuchlarga qaram tuzilmalar tarkibida faoliyat yuritgan o‘sha shaxslardir. Ular korrupsiya, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va mamlakat boyliklarini talon-toroj qilish orqali xalq xotirasida achchiq iz qoldirdilar. Minglab afg‘onlarning hayoti evaziga hokimiyat kursilarida o‘tirgan, milliy boyliklardan o‘z manfaatlari va tashqi homiylari foydasiga foydalangan bu kishilar bugun chegaralar ortida yana o‘sha aldovchi tilda o‘zlarini xalq huquqlarining himoyachisi sifatida ko‘rsatishga urinmoqdalar. Ammo ularning jinoyatlari ostida ezilgan xalq uchun bunday da’volar ishonarlimi?
Qizig‘i shundaki, bu jabhalarning aksariyatida Afg‘onistonda o‘zgarish qilish uchun hech qanday amaliy strategiya va aniq yo‘l xaritasi yo‘q. Ularning faoliyati virtual yig‘ilishlar o‘tkazish, takroriy bayonotlar chiqarish va ba’zan xorijiy ommaviy axborot vositalariga intervyu berish bilangina cheklanadi. Ular konstruktiv tanqid va amaliy yechimlar taklif etish o‘rniga eskirgan shiorlarga hamda ixtiloflarni kuchaytirishga murojaat qiladilar. Ulardan biri «etnik guruhlar huquqlari» haqida baqiradi boshqasi «diniy zulmat» haqida so‘zlaydi yana biri «siyosiy adolatsizlik»dan shikoyat qiladi. Ammo ularning hech biri qashshoqlik ishsizlik migratsiya va barqaror taraqqiyot muammolarini hal qilish uchun amaliy dastur taqdim etmaydi.
Buning sababi shundaki ular Afg‘onistonni qurishni emas balki o‘zlarini esda qoldirish va ayrim tashqi kuchlardan moliyaviy hamda siyosiy qo‘llab-quvvatlov olish uchun bahona izlaydilar. Bugungi Afg‘oniston xalqi bu kabi siyosiy o‘yinlarga har qachongidan ko‘ra hushyorroq bo‘lib qolgan. Ular korrupsiyaga botgan avvalgi boshqaruvning azoblarini butun vujudi bilan his qilgan va xorijda yashovchilarning shirin va’dalari oxir oqibat o‘sha davrning achchiq oqibatlariga olib borishini yaxshi biladi.
Bu xalqning tarixiy xotirasi bir paytlar dabdabali shiorlar bilan odamlarning qalbida umid uyg‘otgan ammo oxir-oqibat xiyonat va qochish bilan ularni umidsizlik botqog‘ida tashlab ketgan nomlarga to‘la. Shu sababli bugun Afg‘onistonda bu targ‘ibot jabhalarini jiddiy qabul qiladiganlar juda kam. Chunki xalq maydondagi haqiqiy voqelik hech qachon chegaralar ortidan yangrayotgan da’volarga mos kelmasligini yaxshi anglab yetgan.
Yana bir muhim jihat bu jabhalarning o‘z ichidagi kelishmovchiliklar va chuqur bo‘linishlardir. Birlikni da’vo qilayotgan bu guruhlar milliy til mafkuraviy va hatto shaxsiy ziddiyatlar sababli hech qachon yagona va birlashgan jabhani shakllantira olmadilar. Afg‘onistonning zamonaviy tarixida ko‘plab misollari mavjud bo‘lgan bu tarqoqlik shuni ko‘rsatadiki ular hatto mamlakat tashqarisida ham hamkorlik qilish qobiliyatiga ega emaslar va har biri shaxsiy yoki guruhiy manfaatlarini ko‘zlaydi. Bu holat, eng avvalo ularning bugungi Afg‘oniston voqeliklaridan qanchalik uzoqlashganini ko‘rsatadi.
Biroq bu jabhalarning muvaffaqiyatsizligidagi eng asosiy omil mamlakat ichida xalq qo‘llab-quvvatlovining yo‘qligidir. Islomiy tuzumni barcha yutuq va qiyinchiliklari bilan qabul qilgan xalq hamjihatlik va ishtirok orqali mamlakat kelajagini qurishni afzal ko‘radi hamda o‘tmishning achchiq tajribalarini qayta takrorlashni istamaydi. Ular xorijda yashovchilar xalq manfaatini emas o‘zlari uchun mavqe va obro‘ izlayotganini yaxshi anglab yetganlar. Ana shu hushyorlik ularning targ‘iboti va aldovlari qarshisidagi eng katta to‘siqdir.
Oxir-oqibat bu jabhalarning qaytishi sarobdan boshqa narsa emas. Qandayki quruq va jazirama sahroda yo‘lovchi sarobni suv deb o‘ylab unga qarab yugursa ayrimlar ham xorijiy qo‘llab-quvvatlash yoki ommaviy axborot vositalari targ‘iboti orqali yana Afg‘oniston vaziyatini o‘z qo‘liga olishi mumkin deb o‘ylaydilar. Ammo haqiqat shuki Afg‘oniston xalqi bugun har qachongidan ham hushyorroq va bu saroblarga aldanmaydi. Jinoyat va xiyonatlari bilan qora xotira qoldirgan kishilar bugun nafaqat xalq vakilligi da’vosini qila olmaydilar balki o‘zlarining o‘tmishdagi jinoyatlari uchun javob berishlari ham lozim.
Afg‘onistonning kelajagi ana shu zamin bag‘rida qiyinchiliklar bilan yashagan va uning obodligi uchun jon-dilidan hissa qo‘shgan kishilarga tegishlidir. Agar xorijda yashovchilar haqiqatan ham o‘zgarishni istasalar targ‘ibot va mish-mish tarqatishni to‘xtatib ixtiloflarni kuchaytirish o‘rniga muloqot va hamkorlik yo‘lini tanlashlari kerak. Ammo o‘sha vaqtgacha bu targ‘ibot jabhalari uzoqdagi o‘z chekkalarida siyosiy o‘yinlarini davom ettiraveradilar xalq esa ongli va hushyor nigoh bilan bu saroblardan o‘tib ketaveradi.













