Ajmal Jalol
Afg‘oniston asrlar davomida og‘ir urushlar, bosqinlar va beqarorlik to‘fonlari bilan kurashib kelgan zamin. Bugun esa u tarixning shunday bir bosqichiga yetib keldiki buni mislsiz o‘zgarishlarning muhim davri, deb atash mumkin. Bu xalqning tarixiy xotirasida ehtimol ilk bor nafaqat to‘p va miltiq ovozlari butunlay tinchigan balki mamlakatning turli burchaklarida oddiy va tinch hayot ham odatiy tarzda davom etmoqda. Ushbu xavfsizlik va barqarorlik yuzaki yoki vaqtinchalik yutuq emas balki mamlakatning siyosiy ijtimoiy va madaniy tuzilmalarida yuz bergan chuqur va tub o‘zgarishlarning natijasidir. Bu o‘zgarishlar Islomiy tuzum soyasida yuzaga kelib Afg‘onistonning dunyoga yangi qiyofasini namoyon etdi.
Afg‘onistondagi barqarorlik haqida gap ketganda inson beixtiyor bu zaminning notinch o‘tmishini yodga oladi. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyoga kelgan avlod ehtimol tunlarni portlash, urush yoki kimningdir halok bo‘lgani haqidagi xabarlarsiz tong ottirgan kunlarni juda kam eslaydi. Ammo bugun xalq oldida butunlay boshqa manzara turibdi. Ko‘chalarda fuqarolarning odatiy qatnovi davom etmoqda bozorlar hatto kechki paytgacha ochiq bo‘lib savdo-sotiq qizg‘in davom etmoqda. Bolalar maktabga borar ekan o‘yin va bilim olishdan boshqa tashvishga ega emas. Oilalar esa tun qorong‘usiga qaramay bog‘lar va jamoat yo‘llarida hech qanday tahdidsiz xotirjam yurib-turishmoqda.
Bu manzara tarix kitoblarida tasvirlangan Afg‘onistonni eslatadi. Ammo zamonaviy hayotda xalq bu kabi Afg‘onistonni ilgari deyarli boshdan kechirmagan edi. Ushbu barqarorlikning eng muhim siri qonun ustuvorligini qayta tiklash va butun mamlakat bo‘ylab tartibni yana qaror toptirishdir. Islomiy tuzum tartibli va yaxlit tuzilmalarni yaratish orqali tartibsizlikni tartibga tarqoqlikni esa birlik va hamjihatlikka aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tuzumda barcha xavfsizlik kuchlari yagona qo‘mondonlik va umumiy strategiya asosida faoliyat yuritmoqda. Vazifalarning bir-biriga aralashuvi o‘zboshimchalik va qonunga zid aralashuvlarning oldingi alomatlari endi ko‘zga tashlanmaydi.
Yagona qo‘mondonlik mamlakatning mudofaa salohiyati va tahdidlarning oldini olish imkoniyatlarini mislsiz darajaga olib chiqdi. Ehtimoliy har qanday tahdid tezda aniqlanib, bartaraf etilmoqda. Ichki va tashqi dushmanlar endi hokimiyatdagi bo‘shliqlar yoki tartib va tizimdagi zaifliklardan foydalanib mamlakat xavfsizligiga zarar yetkaza olmasliklarini anglab yetishdi.
Bugungi xavfsizlik ayni paytda, xalqning ishtiroki va hamkorligi bilan chambarchas bog‘liq. Islomiy tuzum so‘nggi yillarda hukumat va xalq o‘rtasida yo‘qolgan ishonchni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Xalq endi shunchaki passiv tomoshabin emas balki xavfsizlikni ta’minlashda faol ishtirokchi sifatida xavfsizlik kuchlari bilan yonma-yon turibdi. Ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish, xavfsizlik idoralari bilan hamkorlik qilish va jamoat tartibiga zarar yetkazadigan harakatlardan tiyilish xalq va tuzum o‘rtasidagi mustahkam va o‘zaro munosabatning yaqqol belgilaridir. Bu hamkorlik katta ijtimoiy kapitalni vujudga keltirdi. Natijada har qanday tashqi tahdid yoki ichki fitna xalqning qat’iyati va umumiy irodasi bilan inqirozga aylanib ulgurmasidan oldin bartaraf etilmoqda va uning kengayishiga yo‘l qo‘yilmayapti.
Ushbu barqarorlikning yana bir yaqqol belgisi uning iqtisodiyot va xalq turmushiga ta’siridir. Yillar davomida xavfsizlikning yo‘qligi sarmoya kiritish va taraqqiyot yo‘lida katta to‘siq bo‘lib kelgan edi. Bugun esa tahdidlarning sezilarli darajada kamayishi bilan yo‘llar savdo uchun xavfsiz yo‘nalishlarga aylandi investorlar esa avvalgidan ko‘ra katta qiziqish bilan infratuzilmaviy va ishlab chiqarish loyihalariga sarmoya kiritishga intilmoqda. Ushbu o‘zgarishning natijasi sifatida bozorlarning nisbiy jonlanishi ishsizlikning kamayishi va jamiyatning turli qatlamlari orasida yaxshiroq va farovonroq hayotga bo‘lgan umidning ortishi kuzatilmoqda. Xavfsizlik iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Tinchlik va taraqqiyot o‘rtasidagi bu bog‘liqlik bugungi barqarorlik shunchaki mavhum tushuncha emas balki xalqning kundalik hayotiga sezilarli va amaliy ta’sir ko‘rsatayotganini namoyon etmoqda.
Mubolag‘asiz tan olish kerakki bugungi Afg‘onistondagi mislsiz xavfsizlik tashqi omillardan ko‘ra ko‘proq Islomiy tuzumning qat’iy irodasi va xalqning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi natijasidir. Hech qanday xorijiy kuch bu tartib va osoyishtalikni Afg‘onistonga hadya qilgani yo‘q. Aksincha, aynan shu xalq o‘zining imoni va birligi shuningdek rahbariyatning oqilona siyosati va uzoqni ko‘zlagan tadbiri bilan o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan mana shu haqiqat bugungi xavfsizlikni o‘tmishdagi tarixiy holatlardan ajratib turadi va uni inqirozga yuz tutgan mamlakatda barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlashda xalqning o‘z sa’y-harakatlariga tayanadigan ichki namuna sifatida tarixda qoldiradi.
Bugungi barqaror Afg‘oniston shunchaki shior emas, balki yaqqol haqiqatdir. Bu mamlakat tarixida misli ko‘rilmagan xavfsizlik nafaqat og‘riqli o‘tmish xotiralari sahifalarini butunlay yopdi balki yorqin kelajakni barpo etish uchun yangi ufqlarni ham ochdi. Bu buyuk yutuq qimmatli merosdir. Uni hushyorlik milliy birlik va o‘zaro hamjihatlik bilan asrash hamda kelajak avlodlarga omonat qilib topshirish lozim.













