Xolid Ahror
Joriy milodiy yilning fevral va mart oylarida faraziy Durand chizig‘i bo‘ylab Pokistonning qo‘rqoq armiyasi tomonidan tinch aholiga qarshi havo hujumlari, raketa zarbalari va turli xil qurollar qo‘llanildi. Natijada ko‘plab begunoh afg‘onlar shahid bo‘ldi. Islomiy Amirlik matbuot kotibi o‘rinbosarining aytishicha, Kunar viloyatining chegaraviy tumanlarida amalga oshirilgan yangi va shafqatsiz hujumlarda ham tinch aholi va hududlar nishonga olingan bo‘lib, talafotlar yuzaga kelgan.
Islomda shahidlik ulug‘ maqomdir. Qur’oni Karim va hadislarda aytilishicha, Alloh yo‘lida zulmga qarshi turib, o‘zini, oilasini, yurtini yoki musulmonlarni himoya qilish jarayonida halok bo‘lganlar shahid hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urush qoidalarida qat’iy buyurganlar: ayollarni, bolalarni, keksalarni va jang qilmaydigan kishilarni o‘ldirmanglar. Agar bir begunoh musulmon shunday hujumlarda halok bo‘lsa, u uchun shahid ajri bor, gunohlari kechiriladi va jannatga kiradi.
Ammo bu zolimlar uchun hech qanday uzr bo‘la olmaydi. Tinch aholini nishonga olish yoki ularni o‘ldirishda beparvolik qilish — zulm va qotillikdir va qiyomat kuni og‘ir hisobga sabab bo‘ladi. Islom ko‘r-ko‘rona bombardimonlarni va tinch aholiga qarshi hujumlarni qoralaydi, chunki bu (la zarar va la diror) qoidasini buzishdir. O‘z uylarida, yo‘llarda yoki kundalik ishlarini bajarayotgan paytda nishonga olinayotgan oddiy insonlarning qoni aynan qo‘rqoqona tarzda tinch aholini nishonga olib, ko‘r kuch ishlatganlar zimmasidadir.
Pokistonning harbiy rejimi o‘zining sharmandali amaliyotlari davomida tinch hududlar va aholini nishonga olib, vahshat manzarasini namoyish etmoqda. Uylarni vayron qilish, diniy madrasalar, masjidlar, shifoxonalar va jamoat inshootlarini buzish, bolalar va ayollarni shahid qilish, tinch aholini ko‘chishga majbur etish hamda turli taktikalarni qo‘llash bularning barchasi G‘azodagi sionistik rejim amaliyotlariga juda o‘xshaydi. U yerda ham “terrorizmga qarshi kurash” da’vosi ostida ko‘r bombardimonlar, hujumlar va minalar sabab tinch aholi orasida katta talafotlar yuzaga kelgan.
Har ikki harbiy rejim ochiqchasiga tinch aholi va hududlarni nishonga olishni “yon zararlar” deb oqlashga urinadi, holbuki inson huquqlari tashkilotlari buni qoralab, xalqaro qonunlarga (jumladan urush qonunlariga) zid ekanini ta’kidlaydi. Yana bir o‘xshash jihat shundaki, har ikki rejim “xavfsizlik” nomi bilan kuchdan nomutanosib foydalanadi va tinch aholi talafotlari uchun javobgarlikni qabul qilmaydi yoki uni kamaytirib ko‘rsatadi. Bu vahshatning hech qanday oqlovi yo‘q. Islom adolat, rahm-shafqat va begunoh insonlar hayotini asrashga buyuradi, ko‘r hujumlarga emas.
Pokistonning harbiy rejimi shuni bilishi kerakki, Isroil taktikalariga taqlid qilish nafaqat afg‘onlar, balki butun mintaqa uchun xavflidir. Bu nafaqat tinchlik va xavfsizlikni ta’minlamaydi, balki yanada ko‘proq nizolar va keskinliklarga yo‘l ochadi, uning eng katta zarari esa o‘zi tanazzul yoqasida turgan Pokistonga qaytadi.
Biz bu vahshatni eng keskin so‘zlar bilan qoralaymiz. Kunar viloyatidagi begunoh insonlarning qurbonligi va shahidligi hech qachon unutilmaydi va harbiy rejim hamda uning militsiyalaridan to‘liq hisob olinadi, inshaalloh.












