Muzammil
Jamiyatda shunday insonlar borki, ularning sadoqati biror shaxsga, qavmga yoki tizimga emas, balki o‘z shaxsiy manfaat va foydasiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday kishilar bir guruh yoki rahbar soyasida yashab, doimo uning manfaatini himoya qilishga tayyor turadilar; ammo bu sadoqatning axloq, insof va insoniyat bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Bunday odamlar o‘z xo‘jayinining ishorasi bilan qalamini, tilini va imkoniyatlarini uning dushmanlarini bostirish yo‘lida ishlatadilar. Ular yolg‘on, hiyla va buzg‘unchilikni xo‘jayin manfaatlari yo‘lida oddiy hol deb biladilar, chunki o‘z manfaatlarini uning roziligida ko‘radilar.
Agar xo‘jayin o‘zgarsa, ular darhol yangi xo‘jayinga sodiqliklarini ko‘chiradilar, chunki asl sadoqatlari kuch va manfaatgadir. Ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarda bunday kishilar eng xavfli unsurlar hisoblanadi, chunki ular tizimdagi fasodning poydevorini yaratadilar. Ular na haqiqat tarafdori, na adolat tarafdori ular faqat xo‘jayinini rozi qilish va o‘z mavqeini saqlab qolish haqida o‘ylaydilar.
Bunday insonlarning yaqqol namunalari sifatida hozirda Oq uyga yana qaytgan Donald Tramp va Pokiston armiyasining bosh qo‘mondoni general Asim Munir tilga olinmoqda. Tramp yana Oq uyga qaytgach, Asim Munir uning strategiyasining eng sodiq ijrochisi sifatida ko‘rsatildi. So‘nggi kunlarda bu sadoqatning eng shafqatsiz ko‘rinishi 2026-yil 16-mart kuni Kobulda yuz berdi; Umid nomli giyohvandlar shifoxonasiga hujum qilindi. Bu markaz ikki ming o‘rinli bo‘lib, mamlakatning turli hududlaridan kelgan giyohvandlikka mubtalo shaxslar davolanayotgan edi.
Kechasi, bemorlar taroveh namozidan keyin uxlashga tayyorlanayotgan paytda, Pokiston harbiy rejimi samolyotlari aynan shu shifoxonani bombardimon qildi. Sog‘liqni saqlash va ichki ishlar vazirliklari ma’lumotiga ko‘ra, bu hujumda kamida 408 begunoh inson halok bo‘ldi va yana 265 kishi jarohat oldi. Hukumat vakili Zabihulloh Mujohid bu hujumni insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi va bu harakat “barcha qabul qilingan tamoyillarga zid” ekanini ta’kidladi.
Islomobod bu hujumni harbiy obyektlarga zarba sifatida ko‘rsatishga urindi, holbuki shifoxona atrofida hech qanday harbiy markaz yo‘q edi. Xalqaro OAVlar tarqatgan tasvirlar ham u yerda qonli jasadlar va vayronalar ostida qolgan begunoh insonlardan boshqa hech narsa yo‘qligini ko‘rsatadi. Eng achinarli jihati shundaki, Asim Munir o‘z harakatiga diniy, huquqiy va strategik asos ham berishga urinmoqda. U buni Pokiston hududini himoya qilish, terrorchilarga qarshi zarba va qo‘shni mamlakat barqarorligiga yordam deb izohlaydi. Ammo haqiqat shuki, bu sabablarning barchasi uning sadoqatini yashirish uchun niqobdir. Uning haqiqiy sadoqati Pokiston tuprog‘iga emas, balki Tramp manfaatlarigadir.
Shuningdek, a‘asim Munir Pokistonni qo‘shnilari nazarida ishonchsiz va tashqi buyruqlarni bajaruvchi davlatga aylantirdi. Unga shunday deyish kerak: sen xo‘jayining buyrug‘i bilan bombardimon qilayotgan bo‘lsang, bilgin bu bombalar bir kun kelib o‘z yurting (Pokiston) ustiga ham tushadi. Bu hujumlar Afg‘oniston xalqining sizlarga nisbatan nafratini yanada kuchaytiradi va bu nafrat bombalar to‘xtashi bilan yo‘qolmaydi, balki tarix davomida avlodlaringizga qarshi saqlanib qoladi.
Ammo bu yerda aytilishi kerak bo‘lgan muhim haqiqat ham bor: Afg‘oniston hech qachon hech kim oldida bosh egmagan, balki har bir bosqinchiga qattiq javob bergan. Bu zamin tarix davomida Iskandar lashkarlaridan tortib Britaniya imperiyasigacha, Sovet Ittifoqi bosqinidan tortib AQShning eng uzoq urushigacha bo‘lgan davrlarda har bir bosqinchi uchun halokat maydoni bo‘lgan. Bu tuproqning har tomchisi qahramonlik va ozodlik hikoyasini o‘zida mujassam etgan; har bir tog‘i qarshilik timsoli, har bir toshi esa bu yurt izzati uchun jon bergan shahidlar qoni bilan ranglangan.
Shuningdek, hozirgi islomiy tizim Allohning yordami va mo‘min, mujohid xalqning qo‘llab-quvvatlashi bilan islomiy va milliy qadriyatlarni himoya qiluvchi mustahkam, yengilmas qal’adir. Bu qal’a tashqi buyruq bilan begunoh xalqga hujum qiluvchilarga qarshi turibdi. Bu tizim o‘z yerining har qarichini himoya qiladi, xalq izzatini saqlashni milliy vazifa deb biladi va shariat hamda milliy qadriyatlarni saqlashni o‘z mavjudligining asosiy sababi deb hisoblaydi.
Bu hukumat avvalgi davrlardagi kabi tashqi bosimlar oldida larzaga keladigan emas. Bugun Afg‘oniston birlashgan, izzatli va o‘z xalqiga tayangan tizimga ega bo‘lib, uni hech qanday kuch sindira olmaydi. Bu tizim o‘z xalqini himoya qilish yo‘lida har qanday fidoyilikka tayyor. Uning askarlari kecha-kunduz yurtni qo‘riqlaydi, mas’ullari xalq xizmatiga o‘z hayotini bag‘ishlagan, ayollar, keksalar va yoshlar esa bu mustahkam saf ortida turibdi.
Bu faqat hukumat emas, balki o‘nlab yillik urush, adolatsizlik va tashqi aralashuvdan keyin oyoqqa turgan bir xalqning irodasidir.
Xulosa qilib aytganda, bugungi Afg‘oniston o‘z tarixidagi eng kuchli, eng birlashgan va eng yengilmas qal’a sifatida turibdi.
U o‘z xalqining qo‘llab-quvvatlashi bilan islomiy va milliy qadriyatlarni himoya qilishda hech qanday qurbonlikdan qaytmaydi. Kim bu qal’aga kuch bilan yaqinlashsa, uning oqibati ham avval kelganlar kabi bo‘ladi bu yurtda ularning g‘ururi sindirilgan va nomlari tarix sahifalarida boshqalarga ibrat sifatida qolgan.












