G‘iyosuddin G‘uriy
Hammaga ayonki Abu Bakr Bag‘dodiy tomonidan xalifalik e’lon qilinishi ulamolar va jihodiy guruhlar bilan maslahat qilinmasdan amalga oshirildi. Ulamolar hech qachon Islom nomiga zarar yetkazadigan bunday guruhning tuzilishiga rozi bo‘lmaganlar. Hatto mujohidlarning peshvosi Shayx Ayman az-Zavohiriy bilan ham maslahat qilinmadi undan ruxsat so‘ralmadi va u bu gumroh firqaning tashkil topishiga hech qachon rozi bo‘lmagan edi.
O‘sha kunlarda zamonamizning mashhur salafiy jihodiy olimi Abu Muhammad al-Maqdisiy shunday degan edi: Allohga qasamki IShID kabi yolg‘onchi badaxloq va xoin guruhni ko‘rmaganman. Xullas bu manfur guruh xalifalikni e’lon qilgach barcha jihodiy guruhlarga tarqatilish buyurildi va hamma Bag‘dodiyga bay‘at qilishga majbur qilindi.
Ammo barcha jihodiy guruhlar, jumladan Al-Qoida (chunki ular bu gumroh firqaning asl manbasini bilishar va Islom hamda musulmonlarni zaiflashtirish ularning orasida ixtilof chiqarish uchun tuzilganini anglashar edi) nafaqat bay‘at qilmadilar balki o‘z noroziliklarini bildirgan holda ularning ifrotchi va takfiriy talablariga bo‘ysunmadilar.
Shundan so‘ng zamonning khavorijlari IShID Suriya va Iroqda mujohid kuchlarni zaiflashtirib, barcha jihodiy guruhlarni yo‘q qilish rejasini boshladilar. Bu esa musulmonlarning birligini katta darajada yemirdi. Ular mujohidlarni yo‘q qilish va musulmonlarning birligini buzish maqsadida boshqa hududlarda xususan Afg‘oniston va Pokistonda ham faoliyat yuritib, sog‘lom bo‘lmagan shubhalar va noo‘rin tanqidlar tarqatdilar.
Aslida esa IShIDning paydo bo‘lishi va tashkil topishi boshidan to hozirgacha faqatgina haqiqiy jihodiy guruhlarni yo‘q qilish va musulmonlarning birligini parchalash uchun bo‘lgan va shundayligicha davom etmoqda. Bundan tashqari kofirlar ayniqsa sionistlar ularni qo‘llab-quvvatlash kuchaytirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishgan va qiladilar.
Shu bois ulamolar ustozlar, ziyolilar va da’vat ahli zimmasiga yuklangan vazifa shuki: ular barcha musulmonlarni ayniqsa yoshlarni bu johillar va mutaassiblarning yomon maqsadlari hamda tuzoqlaridan ogoh etishlari lozim; aks holda, o‘tgan tarixda bo‘lgani kabi dinni noto‘g‘ri tushungan ba’zi mutaassiblar yana musulmonlarning birlik uyushqoqlik va qudratini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin.














