IShID ning psixologik tashviqoti; Qo’rquvni tarqatishda IShID OAVlarining roli!

Junayd Zohid

Hozirgi zamonda(ISHID) DAISh kabi ashaddiy ekstremistik guruh ommaviy axborot vositalarining kuchini chuqur anglagan holda, psixologik urushni o‘zining targ‘ibot arsenalida tengsiz qurolga aylantira oldi. Go‘yoki o‘rta asrlarga tegishli qarashlardan ildiz olgan bu guruh, zamonaviy va hisob-kitobli uslublar bilan zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, xalq orasida vahima va qo‘rquv tarqatishga muvaffaq bo‘ldi. Media ular uchun shunchaki axborot yetkazish vositasi emas, balki ularning takfiriy mafkurasiga jon baxsh etuvchi kislorod bo‘lib xizmat qilgan va uni dunyoning eng uzoq nuqtalarigacha yoygan.

(ISHID)DAISh vahshiylari manipulyatsiya qilingan materiallar ishlab chiqarib, ilg‘or kinoyaratish texnikasidan foydalangan holda o‘zlarining dahshatli, ammo jozibador bir qiyofasini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular bilardi: tasvirlar ongda qoladi, so‘zlar esa uchadi. Shu bois, ular Gollivud uslubidagi maxsus effektlarga ega, yuqori sifatli videolar tayyorlashga katta mablag‘ sarfladi. Bu kliplar faqat dahshatli harakatlar yoki hujumlarni namoyish etish bilan cheklanmasdan, ularning soxta xalifaligi ostidagi “ideal hayot” qudrat va intizomni ko‘rsatishga qaratilgan edi. Videolarda psixologik unsurlar: epik musiqa, ramziy tasvirlar va boshqalar vositasida asosan zaif qatlamga yo‘naltirilgan edi. Jumladan: G‘arbdagi o‘zligini izlayotgan yoshlar, zo‘ravonlikka moyil shaxslar yoki hayotida ma’no topa olmaganlar.

(ISHID)DAISh targ‘ibot strategiyasi ikkita asosiy yo‘nalishga tayangan edi: birinchisi – yangi tarafdorlarni jalb qilish, ikkinchisi – dushmanlar qalbiga qo‘rquv solish. Birinchi bosqichda ular hissiy tarkib va buzib talqin qilingan diniy ramzlar orqali tinglovchilar qalbida “ummatga mansublik” tuyg‘usini shakllantirgan. Ularning xabari sodda, ammo ta’sirli edi: “Sen ham bu qahramonlik hikoyasining bir qismi bo‘lishing mumkin.”

Ammo ikkinchi bosqich – qo‘rquv uyg‘otish bu (ISHID)DAISh yovuzlarining asl “san’ati” edi. Ular qirg‘in, yoqib yuborish va cho‘k tirish kabi vahshiylik aks etgan tasvirlarni namoyish etish orqali faqatgina zolimliklarini emas, balki o‘zlarini g‘olib va yengilmas qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan. Har bir klip aniq va lo‘nda xabar bilan ishlab chiqilgan: “Qarshilik befoyda”

E’tiborga loyiq jihat shuki, (ISHID) DAISh G‘arb OAV modellaridan juda zukkolik bilan foydalangan. Ular bilishardi – global ommaviy axborot vositalari auditoriyani jalb qilish uchun “shokli yangiliklar”ga muhtoj. Shu sababli, zo‘ravonlikni rejalashtirilgan va media talablariga mos tarzda sahnalashtirishardi na haddan tashqari ko‘p (auditoriyani karaxt qilish xavfi bor), na kam (e’tiborga olinmay qoladi). Shu puxta hisob-kitob tufayli, dunyo OAVlari (ISHID)DAISh targ‘ibot mashinasining istamay turib bo‘lsa-da bir qismiga aylanishdi. Hattoki Twitter (X) kabi platformalar ularning akkauntlarini bloklaganida ham, (ISHID) DAISh a’zolari tezda Telegram kabi muqobil platformalarga o‘tib, yopiq kanallar orqali tarafdorlari bilan aloqani davom ettirganlar.

Bu qo‘rquv asosidagi targ‘ibot orqasida yotgan psixologik tamoyil “qo‘rqitish va boshpana ko‘rsatish” uslubiga asoslanadi  bu texnikani ilgari Gitler ham qo‘llagan.(ISHID)DAISh avval o‘z vahshiyliklarini ko‘rsatib chuqur qo‘rquv uyg‘otar edi, so‘ngra o‘zini aynan shu dahshatdan yagona najot manbai sifatida tanishtirardi: “Bizdan qo‘rq va bizga qo‘shil” Bu g‘alati ikkiyuzlamachilik  qo‘rqitish va ayni vaqtda o‘ziga jalb qilish (ISHID)DAIShning zamonaviy inson psixologiyasidagi zaifliklarni chuqur anglaganidan dalolat beradi. Ular bilardi: qo‘rquv kishi qalbida nafaqat qochish, balki kasallikka aylangan qaramlik hissini ham uyg‘otishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, afsuski,(ISHID)DAISh OAVlari bu guruhni bir vaqtning o‘zida ham jirkanch, ham jozibador; ham yovvoyi, ham tartibli ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ataylab yaratilgan paradoks aynan butun dunyo e’tiborini tortadigan jihat edi. Bugungi kunda (ISHID)DAISh jismonan zaiflashib, inqirozga uchragan bo‘lsa-da, ularning targ‘ibot merosi hanuzgacha ekstremizm uchun raqamli media vositalaridan qanday suiste’mol qilish mumkinligini o‘rgatuvchi noyob misol sifatida o‘rganilmoqda. Bu tajriba shuni isbotladi: axborot asrida ba’zan bitta virusli videoklip tankdan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin.

leave a reply