Hijoz Tamim
Sugurta va ijtimoiy imtiyoz tizimidan suiiste’mol
IShID guruhi o‘z maqsadlariga erishish uchun turli qonuniy va noqonuniy yo‘llar orqali moliyaviy manbalar yaratishga urinadi. Shu usullardan eng xavfli va eng ko‘p qo‘llanilgani ijtimoiy yordam yoki sug‘urta tizimidan suiiste’mol qilish bo‘lib, u ingliz tilida Benefit Fraud nomi bilan tanilgan. Bu nafaqat oddiy moliyaviy firibgarlik, balki IShIDni yashirin ravishda moliyaviy ta’minlash vositasi hisoblanadi.
IShID Yevropa va G‘arb davlatlarida shu yo‘l orqali o‘z a’zolari uchun sharoit yaratib, davlat yordamlarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritadi va ularni urushlar, hujumlar va media targ‘ibotlari uchun ishlatadi. Bu ish nafaqat mezbon davlatlarning moliyaviy va huquqiy tizimlariga zarar yetkazadi, balki global xavfsizlik uchun ham jiddiy tahdid tug‘diradi.
Ijtimoiy yordam tizimida firibgarlik shunda sodir bo‘ladi, agar bir shaxs yoki guruh o‘zining haqiqiy holatiga zid ravishda davlat yordamini olsa. Masalan:
ishsizlik yordamini olish;
nogironlik yoki oilaviy imtiyozlar haqida yolg‘on ma’lumot berish;
daromadni, oilaviy holatni yoki haqiqiy turmush sharoitini yashirish;
aslida o‘sha davlatda yashamaydigan yoki hatto vafot etgan shaxs nomidan yordam olish.
IShID ana shu mexanizmdan o‘z moliyaviy manbalaridan biri sifatida foydalanadi.
IShIDning Benefit Fraud bo‘yicha faoliyatlari
2014–2020-yillarda, IShID Suriya va Iroqda xalifalik e’lon qilib faoliyat yuritgan davrda, Yevropa davlatlari uning moliyaviy manbalarini sinchiklab o‘rganishdi. Razvedka va sud organlarining hujjatlariga ko‘ra, IShID Benefit Fraud orqali o‘ziga barqaror va xavfsiz moliyaviy manba yaratgan bo‘lgan.
Bu faoliyat keng tarmoq shaklida tashkil etilib, Yevropaning ijtimoiy yordam tizimidagi bo‘shliqlardan foydalanishga qaratilgan edi.
Umuman, IShIDning Benefit Fraud faoliyati quyidagi uch bo‘limga bo‘linadi:
- Soxta arizalar tarmog‘i
- Mamlakatni tark etgan a’zolar nomidan yordamni davom ettirish
- Soxta shaxslik orqali yordam olish
Quyida tafsilotlari berilgan:
A: Soxta arizalar tarmog‘i
Bu tarmoq IShIDning muhim moliyaviy zanjirlaridan biri bo‘lib, unda bevosita IShID bilan aloqador yoki uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar ishtirok etadi. Maqsad — Yevropa davlatlaridagi ijtimoiy tizimlaridagi bo‘shliqlardan tizimli tarzda foydalanish.
1: Tarmoq qanday ishlaydi?
IShIDga aloqador shaxslar Yevropani tark etgan jangarilar nomidan ishsizlik, oilaviy yordam va boshqa imtiyozlar uchun arizalarni to‘ldiradilar. Arizalar shunday rasmiylashtiriladiki, go‘yo ariza egasi hanuz shu davlatda yashayotgandek tuyuladi.
Jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
hujjat va formalar haqiqiy shaxs o‘rniga to‘ldiriladi;
qasddan yolg‘on ma’lumotlar taqdim etiladi;
shaxsning Yevropada yashayotgani haqida idoralar chalg‘itiladi.
Tarmoq Yevropadan jang maydonlariga ketgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari va bank hisoblarini boshqaradi.
2: Pulni o‘tkazish usullari
Soxta yordamlar orqali olingan mablag‘lar quyidagi yo‘llar orqali IShIDga yetkaziladi:
1: Norasmiy pul tizimi Hawala
Pul Yevropada qabul qilinadi
uning ekvivalenti Suriya yoki Iroqda a’zolarga beriladi
bank tizimida qayd etilmaydi.
2: Kriptovalyuta orqali o‘tkazmalar
Masalan:
Bitcoin
Monero
Xususiyatlari:
shaxsni yashiradi;
izini topish qiyin;
kichik-kichik tranzaksiyalar orqali ishlaydi.
3: SIM-karta orqali bank hisobiga masofadan kirish
Ba’zi bank hisoblari Yevropada bo‘lsada, kodlar orqali jang maydonidan ham boshqariladi;
vositachilar ATM orqali pulni yechib oladilar yoki boshqa hisobga o‘tkazadilar;
bu usul shaxs yevropani tark etganidan keyin ham davom etadi.
4:Naqd pulni vositachilar orqali yetkazish
Vositachilar pulni naqd oladi, saqlaydi va yashirin yo‘llar orqali IShIDga yetkazadi;
kichik mahalliy tarmoqlar buni birgalikda bajaradi.
Tarmoqning asosiy xususiyatlari
Tarmoq muntazam, barqaror va yashirin;
Ariza egalari haqiqiy joylashuvi butunlay maxfiy;
Yevropa ijtimoiy yordam tizimidagi bo‘shliqlardan mohirona foydalanadi;
IShID uchun oylik barqaror daromad yaratadi;
Bu ularga eng xavfsiz moliyaviy manbalardan biri sifatida qaraladi.












