Hijoz Tamim
Mamlakatni tark etgan a’zolar tomonidan yordamlarning davom etishi
IShIDning moliyaviy ta’minot strategiyalarida eng muhim va kam xarajat talab qiladigan usullardan biri bu Yevropadan Suriyaga, Iroqqa yoki boshqa jang hududlariga ketgan shaxslarning Yevropani tark etganidan keyin ham ijtimoiy yordamlarni olishni davom ettirishidir. Bu yo‘l bilan davlat byudjeti hisobidan IShID faoliyati uchun barqaror daromad manbasi yaratiladi.
Tizimdan qanday suiiste’mol qilinadi?
Ko‘plab hollarda Yevropadan IShIDga qo‘shilish uchun Suriya yoki Iroqqa ketgan shaxslar quyidagi yordam turlarini to‘xtatmaydi, aksincha ataylab faol holatda qoldiradi:
Ishsizlik nafaqalari (Unemployment Benefits)
Oilaviy-bolalar nafaqalari (Family-Child Benefits)
Ijtimoiy yordam dasturlari (Social Assistance Schemes)
Nogironlik -kasallik bo‘yicha yordamlar
Mezbon davlat idoralari bu shaxsning hanuz Yevropada yashayotgan deb hisoblaydi va qonuniy jihatdan u hali ham yordam olish huquqiga ega deb o‘ylaydi.
Bu holat qanday amalga oshadi?
Yevropani tark etgan shaxslar odatda quyidagi ishlarni bajaradi:
Davlatga jo‘nab ketgani haqida xabar bermaydi.
Bank hisobini faol holatda saqlaydi.
Soxta manzil yoki aloqalar ma’lumotidan foydalanadi.
Hujjatlarni vositachilar yoki oila a’zolari orqali yangilab turadi.
Ba’zan soxta shaxslikdan foydalanadi.
Shu tariqa jang hududida bo‘lgan shaxs har oy Yevropa byudjetidan noqonuniy daromad olib boradi.
Pulni o‘tkazish usullari
Olingan yordam pullari turli yo‘llar bilan IShIDga yetkaziladi.
A: Vositchilar orqali pul o‘tkazish (Facilitators)
Ko‘pgina holatlarda Benefit Fraud orqali olingan pullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri IShIDga yetib bormaydi. Ular avval vositchilar mahalliy yoki xalqaro shaxslar, ishonchli do‘stlar, oila a’zolari yoki IShID tarmog‘i bilan ilgari aloqasi bo‘lgan kishilar orqali o‘tkaziladi.
Pulni o‘tkazish bosqichlari
- Hisobdan pul yechish:
Vositchi yoki IShID bilan hamkor shaxs bank kartasi yoki onlayn hisobga kirish huquqiga ega bo‘ladi va.
ATM yoki bank orqali pulni naqd qiladi.
Yoki onlayn o‘tkazmaga tayyorlaydi.
- Naqd qilish va transfer kanallarini yaratish.
Naqd qilingan pul moliyaviy kontrabanda tarmoqlarida qatnashuvchi shaxslarga topshiriladi. Ular pulni chegaradan, sayohat yo‘llaridan yoki mahalliy savdo yo‘laklaridan oshirib o‘tkazadi. Bu bosqich juda yashirin amalga oshiriladi.
- Sayohatchilar yoki kontrabanda yo‘llaridan foydalanish:
Pul quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi:
Yo‘lovchilarning yuklari ichida
Mahalliy savdogarlar orqali
Qonunsiz kontrabanda yo‘llari orqali
Suriya, Iroq yoki boshqa jang hududlariga yetkaziladi.
- Pulning oxirgi yetkazilishi.
Pular manzilga yetgach.
IShIDning moliya qo‘mitasi uni qabul qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Harbiy operatsiyalar, maoshlar, targ‘ibot ishlari yoki logistika ehtiyojlariga sarflaydi.
- B) Oila orqali pul o‘tkazish
Yevropadan jang hududlariga (Suriya, Iroq) ketgan shaxslar odatda bank hisobini oila a’zolariga topshiradi. Oila a’zolari benefit fraud orqali pulni yechish, naqd qilish va IShID tarmog‘iga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Jarayon qanday bo‘ladi?
Oila a’zolari pulni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
Jangga ketgan shaxs bank kartasi yoki onlayn hisobga kirish ma’lumotlarini oilasiga topshiradi.
Shu sababli davlat oldida hisob egasi hanuz Yevropada yashayotgandek ko‘rinadi.
Pulni naqd qilish:
Har oy oila a’zolari ATM yoki bankdan pulni yechadi va uni o‘tkazishga tayyorlaydi. Bu oilaviy tarzda amalga oshirilgani uchun nazorat tizimlari uchun aniqlash juda qiyin bo‘ladi.
Havala (Hawala) va norasmiy tarmoqlardan foydalanish
Naqd qilingan pul quyidagilar orqali o‘tkaziladi:
Havala tizimi ishonchga asoslangan norasmiy pul o‘tkazish tizimi
Mahalliy kontrabanda tarmoqlari, yashirin brokerlar
Savdogarlar orqali norasmiy kanallar
Bu tizimlar kam hujjat talab qiladi va fosh bo‘lish xavfi juda past.
Pulning yakuniy yetkazilishi
Pul jang hududiga yetgach, IShIDning moliyachilari tomonidan qabul qilinadi va:
Operatsiyalar.
Logistika.
Maoshlar.
Targ‘ibot ishlari uchun sarflanadi.













