IShID qanday moliyalashtiriladi! O’n to’rtinchi qism

Hijoz Tamim

Inson savdosidan jahoniy daromadlar (3)

ISHID o‘z nazorati ostidagi hududlarda – masalan, Dayr al-Zor, Roqqa, Ninava, hatto Libiya va Afg‘onistonda – keng ko‘lamli inson savdosi tarmoqlarini tashkil qildi. Bu guruh etnik, diniy yoki siyosiy ozchiliklarga (masalan, Yazidiy ayollariga) alohida e’tibor qaratgan; ayollar majburan o‘g‘irlab ketilgan yoki ota-onasiz oilalardan olib qochilgan va keyin jinsiy qullik, uy ishlari yoki qayta sotish yo‘li bilan bozorlarga chiqarilgan.

Xabarlarga ko‘ra, ISHID har bir ayol yoki qiz uchun 1500 dan 4000 AQSh dollarigacha daromad olgan va bu jarayon guruhning urush iqtisodiyotidagi barqaror bo‘limiga aylangan edi. ISHID bu inson savdosi orqali nafaqat jangchilariga mukofot va rag‘bat usuli yaratgan, balki jinsiy qullik bozorini ham muntazam daromad manbaiga aylantirgan.

BMT Inson huquqlari kengashi (UNHRC), Human Rights Watch va Ekstremizm bo‘yicha Xalqaro Tadqiqot Markazi (ICSR) kabi xalqaro hisobotlar ko‘rsatadiki, ISHID inson savdosi orqali nafaqat dahshatni yoygan, balki o‘zining razvedka, logistika va moliyaviy tarmoqlarini ham mustahkamlagan. ISHID qaysi hududda kimlarni nishonga olgan? Ularni sotishdan qancha foyda ko‘rgan? Ishlash usuli qanday bo‘lgan? Nihoyat, har bir voqeaning natijasi nima bo‘lgan va undan qanday saboq olish mumkin? Quyida xalqaro ishonchli manbalar asosida bir necha amaliy voqealar – joy, nishonga olingan shaxslar, savdogarlar, moliy foydasi, usul, natija va o‘rganiladigan saboqlar keltiriladi. Bu orqali bu guruhning bolalar, qizlar va ayollarga qarshi qilgan yovuz yuzlari fosh bo‘ladi.

Qaziya birinchi: Inson savdosi va jinsiy qullik Suriyada

Joy: Sharqiy Suriya, Dayr al-Zor

Nishon: 15–25 yoshli qizlar

Savdogarlar: ISHID jangchilari va mahalliy savdo tarmoqlari

Moliy foydasi: Har bir ayol uchun taxminan 2000 dollar (boshlang‘ich bosqichda)

Usul: O‘g‘irlab ketilgan ayollar jinsiy qullik va uy ishlari uchun sotilgan, ayrimlari boshqa hududlarga olib o‘tilgan.

Natija: Ba’zi ayollar xalqaro insonparvar tashkilotlar tomonidan qutqarilgan, biroq ko‘plab ayollar hanuz asirlikda qolgan.

Saboq: ISHID bu yo‘l bilan o‘zining barqaror daromad qismini ta’min qilgan.

Qaziya ikkinchi: Bolalarni jang uchun savdosi

Joy: Iroq, Mosul

Nishon: 12–16 yoshli o‘g‘il bolalar

Savdogarlar: Rasman ISHID jangchilari

Moliy foydasi: Har bir bola jangchi sifatida yiliga taxminan 1500 dollar daromad keltirgan.

Usul: Bolalar majburan yoki kambag‘al oilalardan olib ketilib, jangchilarga aylantirilgan; ba’zida sotilgan yoki boshqa qurolli guruhlarga yuborilgan.

Natija: Mahalliy xavfsizlik kuchlari ba’zi bolalarni ozod qilgan, biroq ko‘pchiligi hanuz ISHID qo‘lida.

Saboq: ISHID inson savdosi orqali ham harbiy kuchini oshirgan, ham pul topgan.

Qaziya uchinchi: Ayollarni ishchi sifatida savdosi

Joy: Suriya, Roqqa

Nishon: 20–35 yoshli ayollar

Savdogarlar: ISHID va mahalliy savdo tarmoqlari

Moliy foydasi: Har bir ayol 1200–1800 dollar evaziga ishchi sifatida sotilgan

Usul: Ayollar uy ishlari va tijorat faoliyatlari uchun sotilgan.

Natija: Ba’zi ayollarga mahalliy insonparvar tashkilotlar yordam ko‘rsatib, ozod qilgan.

Saboq: ISHID inson savdosi orqali iqtisodiy daromadlarini oshirgan.

Qaziya to‘rtinchi: Ayollarni boshqa davlatlarga sotish

Joy: Iroq, Salohiddin viloyati

Nishon: 18–30 yoshli ayollar

Savdogarlar: Daesh jangchilari va mahalliy savdogarlar

Moliy foydasi: Har bir ayol o‘rtacha 2500 dollarga sotilgan

Usul: Ayollar jinsiy qullik va uy xizmatlari uchun boshqa ISHID nazorati ostidagi hududlarga yuborilgan.

Natija: Ba’zi ayollar ozod qilingani haqida xabarlar bor, biroq ko‘plab ayollar hanuz g‘oyib.

Saboq: ISHID inson savdosi tarmoqlari orqali o‘z moliy manbalarini bir hududdan ikkinchisiga ko‘chirgan.

Exit mobile version