Hassan Mujohid
Hech bir jamiyat shariatni amalga oshirmaguncha va hayotning barcha jabhalarida unga murojaat qilmaguncha, islomiy jamiyat deb atala olmaydi. Qur’oni karimdan Kutiba ‘alaykumus-siyom ro‘za farzligi haqidagi oyatni qabul qilib, ammo Kutiba ‘alaykumul-qisos qasos farzi haqidagi oyatni tashlab qo‘yish mumkin emas. Namozning farzi haqidagi oyatlar amal qilinib, foiz (ribo) haromligi haqidagi oyatlar e’tiborsiz qoldirilishi bu tasavvurga sig‘maydi.
Qur’oni karim faqat o‘liklarga o‘qish yoki masjidlarni bezash uchun tushirilmagan. Alloh taolo Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga shunday deydi: Biz bu Kitobni haq bilan senga nozil qildik, toki Alloh senga o‘rgatgan narsa bilan odamlar orasida hukm qilgin. (Niso: 105)
Yana Alloh taolo deydi: Ey Dovud! Biz seni yerda xalifa qildik, bas, odamlar orasida adolat bilan hukm qil. Bu hukmdorlarga Allohning vasiyatidir: ular Parvardigor nozil qilgan qonun bilan hukm qilishi, undan yuz o‘girmasligi lozim. (Ibn Kasir tafsiri 12/86)
Musulmonlar uchun Allohning hukmi bilan hukm qilish vojibdir; halolni harom, haromni halol qiluvchi insonlar chiqargan qonunlar bilan emas. Islom shariati bo‘linishni qabul qilmaydi ayrim hukmlar bajarilib, ayrimlari tashlab qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hatto bir foiz, besh foiz bo‘lsa ham. Chunki ozgina narsadan voz kechish keyinchalik katta hukmlarni tark etishga olib kelishi mumkin. Shu sababdan Alloh Bani Isroilni qattiq koyidi: Kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizlarmi?! (Baqara: 85)
Ibn Kasir rahimahulloh deydi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga nozil qilingan shariat o‘rniga mansux bo‘lgan avvalgi shariatlar bilan hukm qilgan kishi kofirdir. Unda qanday qilib inson yasagan qonun Yosoq ni shariatdan ustun qo‘yish kufr bo‘lmaydi? (Al-Bidoya van-Nihoya 13/139)
Ibn Kasir aytgan Yosoq Chingizxon tomonidan shariatga qarshi ishlab chiqilgan birinchi insoniy qonun bo‘lib, u xalq ustiga majburan tatbiq etilgan. Musulmonlar hayotning barcha sohalarini ilohiy shariat qonunlari bilan tartibga solishi shart. Alloh taolo Moida surasi 49-oyatida Payg‘ambar alayhissalomga shunday deydi: Ular orasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qil va ularning nafslaridan ergashma.
G‘arb dunyosi islomni chuqur o‘rganganidan so‘ng, shariat qonunlari o‘rniga o‘zining insoniy qonunlarini musulmonlarga tatbiq qildi va ko‘plab musulmon davlatlarda o‘zining qo‘g‘irchoq hukmdorlarini o‘rnatib, millatlarni shariatdan uzoqlashtirishga harakat qildi. Qachonki biror musulmon yurtida hududlar ijro etilsa, darhol ommaviy axborot vositalari orqali shov-shuv ko‘tarib, hududlarni inson huquqlariga zid deb e’lon qilishadi.
Islom adolat dinidir. U musulmonlarga jamiyatda osoyishtalik va farovonlik bilan yashashlari uchun qonunlar joriy qilgan. Musulmonlar islomiy ruhda tarbiyalanganida va boshqalarning haq-huquqiga hurmat qilganida muammo bo‘lmaydi. Ammo haddan oshib, yomonliklar qilib, odamlarning molu-joniga ziyon yetkazsalar, ularning jazosi shariat asosida ijro etiladi.
Islom sharqshunoslarning aytganidek faqat jazo dini emas; balki e’tiqod, ibodat, muomala va huquqlarning mukammal tizimidir. Alloma Ibn Qayyim rahimahulloh deydi: Hududlarni ijro etish Alloh yo‘lida jihod kabi ibodatdir. Hududlar Allohning bandalarga rahmatidir. Hukmdor uni bajarishda qat’iy bo‘lishi lozim. Maqsad g‘azab chiqarmaslik, balki isloh qilishdir. Otaning farzandini tarbiya uchun jazolagani yoki tabibning achchiq dori berishi kabi… Agar hud isloh niyati bilan bajarilsa, Alloh odamlarning qalbini unga moyil qiladi. (As-Siyosatush-shar’iyya: 125)
Hududlarning ijro etilishidagi hikmatlar:
- Jinoyatchining ibrat olishi:
Hud joriy qilinganda, jinoyatchi qabih ishidan qaytadi. Ba’zi odamlar na nasihat bilan, na oxirat azobi bilan tuzaladi; ularni faqat jazo tuzatadi. Usmon va Umar roziyallohu anhuma aytganlar: Alloh ba’zi odamlarni Qur’on bilan emas, hukmdor qo‘li bilan isloh qiladi.
- Jamiyat uchun foyda:
Hud joriy etilsa, boshqalar ibrat olib, jinoyatdan tiyiladi.
- Muslim bo‘lmaganlarga ta’siri:
Hududlar islom adolatining belgisi. Ilk asrlarda ko‘plab g‘ayrimusulmonlar hudlarni ko‘rib islomga kirgan. Bugun G‘arbda buzg‘unchilik keng tarqalgan va jazolar yo‘q; shunda ular shariat hududlarini ko‘rib islomning haqqoniyatini anglashlari mumkin.
- Yerni fasoddan saqlash:
Gunohlar ko‘payib, ularning oldi olinmasa, fasod kengayadi. Alloh deydi: Isloh qilingandan so‘ng yerda buzg‘unchilik qilmanglar. (A’rof: 56)
- Hayvonlar va tabiat uchun foyda:
Hududlar faqat odamlar uchun emas, hayvonlar va tabiat uchun ham rahmatdir. Ikrima roziyallohu anhu aytgan: Qahatchilik kelganda hayvonlar: ‘Barakalar odamlarning gunohlari sabab bizdan to‘sildi, der edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Yer yuzida bir hudning ijro etilishi qirq kunlik yomg‘irdan yaxshidir deganlar. (Nasoiy, Ibn Moja)
Bugungi kunda dunyoda faqat Afg‘oniston islomiy tizim ostida hududlarni ijro etmoqda bu esa hamdga loyiqdir.














