Ayaz Zafar
Pokiston harbiy rejimi o‘zining avvalgi shafqatsizliklarini davom ettirgan holda, joriy milodiy yilning 1-oktabr kuni Hilmand viloyatining Garmser tumani va Kunar viloyatining Shiltan tumanidagi tinch aholi yashaydigan hududlarga havo hujumlari uyushtirdi. Mazkur havo hujumlari oqibatida ushbu hududlarda ayollar va bolalarni ham qo‘shib hisoblaganda, qariyb 14 kishi halok bo‘ldi va yana bir qancha odam yaralandi. Bu birinchi holat emas. Aksincha, Pokiston harbiy rejimi 2021-yildan keyin ayniqsa 2025 va 2026-yillarda Afg‘oniston hududiga bir necha bor havo hujumlari uyushtirib fuqarolik obyektlarini nishonga oldi hamda o‘nlab begunoh afg‘onlarni halok qildi va yaraladi.
Pokistonning fuqarolik va harbiy qaror qabul qilish tizimi ustidan hukmronlik qilayotgan shafqatsiz rejim Afg‘onistonga qarshi havo hujumlari va harbiy tajovuzlardan foydalanib ko‘plab holatlarda o‘zining muvaffaqiyatsizliklarini yashirishga hamda noto‘g‘ri siyosatining oqibatlarini noaniq ko‘rsatishga urinmoqda. Bu mamlakatda hukmron rejim ichkarida ham noto‘g‘ri siyosatlarning oqibati sifatida yuzaga kelgan soni tobora ortib borayotgan ko‘plab siyosiy va fuqarolik harakatlarining bosimiga duch kelmoqda. Bu harakatlarning ko‘lami shu darajaga yetganki hatto harbiy tabaqa hukmdorlarining xonadonlarigacha kirib bormoqda.
Viloyatlar o‘rtasidagi kamsitish siyosati turli millat va elatlarning huquqlarini poymol qilish fuqarolarni majburan g‘oyib qilish masjidlar diniy maktablar va boshqa diniy markazlarni vayron etish fuqarolik harakatlarini bostirish va shu kabi holatlar mazkur hududda hukmron rejimga qarshi fuqarolik harakatlari hamda etnik qo‘zg‘olonlarning shakllanishi uchun zamin yaratmoqda.
Bundan tashqari Pokiston kuchli siyosiy beqarorlik bilan bir qatorda chuqur iqtisodiy inqirozga ham duch kelmoqda. So‘nggi besh yildan ortiq vaqt davomida bu mamlakat milliy valyutasining qiymati qariyb 300 foizga pasaygan inflyatsiya darajasi kundan-kunga oshib bormoqda, mamlakat fuqarolari uchun hayotiy zarur ehtiyojlarni ta’minlash har qachongidan ham qiyinlashgan va hukumati foizli qarzlarga bo‘ynigacha botgan. Xalqaro OAV xabarlariga ko‘ra faqat o‘tgan oyning o‘zida ushbu mamlakatda asosiy oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlari narxi qariyb 12 foizga oshgan. Bu va shu kabi omillar Pokistonning fuqarolik va harbiy hukumatiga og‘ir bosim o‘tkazmoqda.
Shuningdek Pokiston harbiy rejimi Saudiya Arabistoni bilan Saudiya Arabistonini himoya qilish bahonasida mudofaa kelishuvini imzolagan. Bundan tashqari Makka mukarramani himoya qilish kabi muqaddas nom ostida Turkiya va Saudiya Arabistoni ishtirokidagi kelishuvga ham qo‘shilgan. Pokiston ushbu kelishuvlardan Saudiya Arabistoni qarzlarni to‘lash va mamlakatni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida unga ko‘proq imtiyoz va yordam ko‘rsatishini kutmoqda. Holbuki Saudiya Arabistoni Pokiston eng katta qarzdor bo‘lgan davlatlar ro‘yxatining yuqori qismida turadi.
Shuningdek, bu mamlakat Eron–AQSh–Isroil urushiga hozirda esa Yaman hutiy jangarilari bilan bevosita urushga ham aralashgan. Kelishuvga ko‘ra Pokiston bir vaqtning o‘zida har ikki bitimga sodiq qolishi kerak. Ammo bu mamlakat bu orada tulkilik siyosatini tanlab, Afg‘onistonga harbiy tajovuz qilish orqali Saudiya hukumatiga noqonuniy bahonalar yaratishga va o‘zini band hamda urushga jalb qilingan qilib ko‘rsatishga urinmoqda.
Boshqa tomondan Pokiston harbiy rejimi yollanma lashkarlar va vositachi kuchlarni tashkil etish hamda ulardan foydalanish borasida uzoq tarixga ega. Bu borada uning Britaniya AQSh va G‘arbga ko‘rsatgan xizmatlari hamda sadoqati alohida ta’kidlanishga loyiq. Harbiy rejim bu safar ham AQShdan ISHID guruhini jihozlash Afg‘oniston hukumatiga qarshi qurolli guruhlar sobiq afg‘on harbiylari va arbakiylarni o‘qitish hamda tashkil etish bo‘yicha loyiha olgan. Uning maqsadi Afg‘onistonda yuzaga kelgan barqarorlikni izdan chiqarish va shu orqali, avvalgidek, o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishdir. Pokiston harbiy rejimi Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lab turuvchi, strategik mavqega ega Afg‘onistonni beqarorlashtirish orqali butun mintaqani izdan chiqarishga urinmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan va shu kabi boshqa holatlar xalqaro qonunlar hamda xalqaro urf-odatlarning barcha me’yorlariga zid bo‘lib, Pokiston harbiy rejimining Afg‘onistondagi beg‘araz bombardimonlari va harbiy aralashuvlarining yaqqol sabablarini tashkil etadi. Ularning qilgan ishlari uchun hisob-kitob qilinmaguncha, bu voqealar tarix sahifalaridan o‘chmaydi.












