Rafiq
O‘tgan asrlarda ham salibchilar va yahudiylarning xalifaliklar, amirliklar va musulmon davlatlariga qarshi aralashuvlari hamda fitna va hiylalari deyarli xuddi shunday tusda bo‘lgan. Musulmonlar orasidan ayrim ichki ta’sir agentlari bosh ko‘tarib yahudiylar va kofirlar bilan hamkorlik qilganlar. Kofirlar esa g‘alaba qozongan taqdirlarida ularga mol-dunyo va mansab va’dalarini berganlar. Ana shunday imonini sotgan yoki tashqi ko‘rinishidan musulmonlarga o‘xshagan kimsalar paydo bo‘lib xalifaliklarl amirliklar va islomiy davlatlarga qarshi isyon va urush boshlaganlar.
Tarix sahifalarida bunday munofiqtabiat va imonini sotgan kimsalarning niyat va maqsadlari ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. Ular kofirlarning fitna va hiylalari bilan hamnafas bo‘lib musulmonlar va ularning shar’iy tuzumlariga muammo tug‘dirganlar. Bir tomondan o‘zlarining kofir homiylarini rozi qilishga ikkinchi tomondan esa musulmonlarni ichki isyon va fitnalar bilan mashg‘ul etib ularni kofirlarga qarshi kurashishdan chalg‘itishga uringanlar. O‘z isyonlarida esa shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan va kufr manfaatlarini himoya qilganlar.
O‘tmishda ham isyonchilarning rahbarlari kofirlik va botil shaharlar hamda saroylarda xotirjam o‘tirganlar ularning aldovi va ochko‘zlik va’dalariga uchgan oddiy odamlar esa qonli to‘qnashuvlar alangasida kuyganlar. Tarix sahifalarida ochiq qayd etilganidek imonini sotganlar va munofiqlarning isyoni botil manfaat va maqsadlarga erishish uchun hech qachon haqiqiy g‘alabaga olib kelmagan. Aksincha oxir-oqibat isyonchilarning o‘zlari shunday halokatga yuz tutganlarki hatto ularning kofir homiylari ham buni tasavvur qilmaganlar.
Bir vaqtlar salibchilarning ishorasi bilan sudanliklar Sulton Salohiddin Ayyubiy rahimahullohga qarshi isyon ko‘targanlar. Tarixda yozilishicha, bu isyon sudanliklarning o‘zlarini halokatga olib kelgan: ayrimlari olovda kuygan ayrimlari suvga g‘arq bo‘lgan yana ayrimlari sahrolarda halok bo‘lgan.
Ilk xavorijiylarning paydo bo‘lishi va ularning Hazrati Ali roziyallohu anhuga qarshi isyoni ham xavorijiylik va isyonchilikning ildizlarini larzaga keltirgan tarixiy voqealardan biridir. Shu bois Afg‘oniston Islomiy Amirligi bugun ham bag‘iylar va begonalarning ishora hamda maqsadlariga aldanib qolgan kimsalarga shunday deydi: Tarixga nazar soling! Islom nomi va libosida shaxsiy manfaatlari hamda kufr manfaatlarini izlaganlarning bugun na biror poydevori qolgan, na ildizi.
Afg‘oniston Islomiy Amirligi isyon va boshboshdoqlikning oldini olish masalasida o‘zining salaflari va o‘tgan davrlardagi shar’iy amirlarning yo‘li hamda fatvolarini o‘ziga namuna deb biladi. Uning e’tiqodicha, isyonchilar va tartibsizlik keltirib chiqaruvchilarning oxir-oqibati o‘z qonlariga g‘arq bo‘lishdan boshqa hech qanday samaraga olib kelmaydi.
Bugun afg‘onlar misli ko‘rilmagan xavfsizlik va erkinlikdan bahramand bo‘layotgan bo‘lsalar, bu xavfsizlik va erkinlikni o‘zlarining qurbonliklari va kurashlari evaziga qo‘lga kiritganlar. Endi qanday qilib vayronkor guruhlar va jabh alarga o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish va safarbarlik uchun sharoit yaratishga imkon berish mumkin?
Afg‘oniston Islomiy Amirligining umuman olganda, musulmonlarning har qanday shar’iy amirligining mas’uliyati va vazifasi xavfsizlik vayronkorlik va tahdidni yuzaga keltiruvchi omillarning ildizini quritishdir. Chunki ular o‘z xalqining himoyasi uchun mas’ul va javobgardirlar. Agar himoya o‘z vaqtida hudud tashqarisida ham biror chora va amaliy harakatni talab qilsa, ular buni amalga oshiradilar.
Bugun Amirlikka qarshi targ‘ibot tahdid yovuzlik va beboshlikni takrorlash bilan shug‘ullanayotgan har qanday guruh yoki doira avvalgidan ham ko‘ra jarlik yoqasiga yaqinroq turibdi.
Ishonchli va xotirjam bo‘ling! Qanday qilib erksevar va qahramonlar yurti bo‘lgan Afg‘oniston zaminini ularning mavjudligidan poklagan bo‘lsak bugun ham ularning nopok qadamlari g‘oziylar va muqaddas Afg‘oniston tuprog‘ini yana bulg‘ay olmaydi.














