Abdulloh Otif
Pokiston tarixi shuni ko‘rsatadiki har safar harbiy-siyosiy elita establishment ning zaif tomonlari xalq uchun oshkor bo‘lib qolganda va u fuqaroviy tizim ustidan o‘z hukmronligini yanada mustahkamlashni istaganda sun’iy inqiroz yaratadi. Bunday inqirozdan ko‘zlangan maqsad avvaldan rejalashtirilgan bo‘ladi va shu maqsadga erishish uchun ular har qanday chegara va to‘siqdan oshib o‘tishga tayyor turadilar.
So‘nggi kunlarda yangi viloyatlar tashkil etilishi haqidagi e’lon ham ana shu zanjirning bir halqasi bo‘ldi. Mamlakat muammolarini uni yanada kichik qismlarga bo‘lish orqali hal qilish mumkin deb hisoblaydigan hushyor odamlarni kamdan-kam uchratish mumkin. Biroq Pokistondagi harbiy mafiya mamlakat muammolarining yechimini yangi viloyatlar tashkil etishda ko‘rmoqda. Aslida esa yangi viloyatlar tashkil etish bahonasi bilan o‘zining yangi rejalarini amalga oshirmoqchi.
Shuningdek Xaybar Paxtunxvoda favqulodda holat e’lon qilinishi va Prezident Zardoriy tomonidan uning zudlik bilan imzolanishi ham puxta o‘ylangan rejaning bir qismidir. Mintaqadagi vaziyat sinchiklab tahlil qilinsa u favqulodda holat e’lon qilishni taqozo etadigan darajada murakkab emas. Muammolar bor ammo ularni politsiya tuman ma’muriyatlari va mahalliy jirg‘alar orqali hal qilish mumkin. Konstitutsiyaning 232 va 234-moddalaridan foydalanib viloyat hukumatining barcha faoliyatini to‘xtatib qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad xavfsizlik idoralarining aralashuviga bahona yaratishdan boshqa narsa emas.
Boshqacha aytganda muammolarni hal qilish uchun fuqaroviy va siyosiy yo‘llar mavjud bo‘lsa-da favqulodda holatning joriy etilishi ularning muammoni hal qilishni emas balki xalqqa:Fuqaroviy hukumatlar endi mamlakat ishlarini boshqarishga qodir emas demak vaziyatni faqat armiya izga sola oladi degan tasavvurni singdirishni istayotganini ko‘rsatadi.
Prezident va boshqa siyosiy yetakchilarning bu o‘yindagi roli nihoyatda achinarlidir. Ular hokimiyatni saqlab qolish uchun establishment qarorlarini hech qanday e’tirozsiz tasdiqlamoqdalar. Bu holat quyoshdek ravshan ko‘rsatib turibdiki hokimiyat jilovi kimlarning qo‘lida va bu yetakchilar kimning ishorasi bilan harakat qilmoqda. Shu bilan birga respublikachilik va demokratiya tarafdori ekanini da’vo qiluvchilar qanchalik muvaffaqiyatga erishgani va ulardan demokratiya nomidan biror narsa qolgan-qolmagani ham ayon bo‘lmoqda.
Kichik bir masalani bo‘rttirib ko‘rsatish va keyinchalik undan favqulodda holat e’lon qilish uchun bahona sifatida foydalanish nafaqat viloyatning o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga tajovuzdir balki federal tuzum poydevorini ham ichidan zaiflashtiradi. Buning yakuniy oqibati xavfsizlik idoralariga cheklanmagan vakolat berilishidir. Natijada ular o‘z istaklarini amalga oshirib mamlakat va xalqni yanada ko‘proq talon-toroj qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Chunki ular xalqni ham mamlakatni ham o‘zlariniki deb bilmaydilar.
O‘zlarini mamlakat posbonlari deb tanishtirayotgan ayni shu kimsalar aslida uning haqiqiy dushmanlaridir. Ular na xalqqa rahm qilganlar na uning mol-mulkini himoya qilganlar. Aksincha xalq bilan davlat o‘rtasidagi masofani tobora kengaytirganlar.
Shu bois mamlakat muammolarining haqiqiy yechimi sun’iy inqirozlar keltirib chiqarishda emas balki barcha viloyatlarda mo‘tadillik va adolat muhitini qaror toptirishdadir.














