Rif‘at Shafiq
Yahudiylarning yomon sifatlari silsilasida bu qismda ularning yana bir muhim va xavfli xususiyatini bayon qilamiz:
11 – Fasod ishlar qarshisida sukut qilish va amr bil ma’ruf hamda nahiy anil munkarni tark etish:
Yomon odatlardan biri shuki, ayniqsa yahudiylar orasida, xususan ularning ulamolari orasida keng tarqalgan edi ular munkar va buzuq ishlarga qarshi sukut saqlashar, ulug‘ farz amr bil ma’ruf va nahiy anil munkarni tark etishar edi.
Bu sifatni tushuntirish uchun Qur’oni Karim oyatlari va Nabaviy hadislarni ko‘rib chiqamiz. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:
لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِن بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَىٰ لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ كَانُوا لَا يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍ فَعَلُوهُ ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ
(Moida: 78–79)
Tarjima: Bani Isroildan kofir bo‘lganlarga la’nat qilindi, ular qilgan yomon ishlaridan bir-birlarini qaytarmas edilar.
Alloma Qurtubiy rahimahulloh ushbu oyat tafsirida shunday deydi:
«Kanu la yatanahavna» ya’ni ular bir-birlarini munkardan qaytarmas edilar. «Labi’sa ma kanu yaf‘alun» iborasi esa ularning qilgan ishlari juda yomon ekanini bildiradi. Demak, ular nahiy anil munkarni tark etganliklari sabab qoralanganlar.
Imom Abu Dovud rahimahulloh bu borada bir hadis rivoyat qilgan:
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Bani Isroil orasiga buzilish kirishining boshlanishi shunday bo‘lgan edi: bir kishi boshqasiga duch kelib: Ey falonchi! Allohdan qo‘rq va bu ishingni tark qil, chunki bu senga halol emas, der edi. Ammo ertasi kuni yana uni uchratganda bu gap uni u bilan birga o‘tirishdan, ovqatlanishdan va do‘stlikni davom ettirishdan to‘smas edi. Ular shunday qilganlarida, Alloh ularning qalblarini bir-biriga qarshi qilib qo‘ydi (ya’ni o‘zaro ixtilof va tarqoqlik paydo bo‘ldi).
Bu xususiyat faqat o‘tmishdagi yahudiylarga xos emas, balki hozirgi zamonda ham ularda bu sifat kuzatiladi. Shu sababli ular orasida haqiqiy birlik yo‘q. Ba’zilar ularni birlashgan deb o‘ylashadi, lekin bu to‘g‘ri emas. Alloh taolo deydi:
تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّىٰ
Ya’ni: Ularni birlashgan deb o‘ylaysan, holbuki qalblari parokanda.
Buning aksiga, Alloh mo‘minlarning sifatini shunday bayon qiladi:
وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ
(Tavba: 71)
Tarjima: Mo‘min erkaklar va mo‘mina ayollar bir-birlariga yordamchidirlar; ular yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar.
