Nusratulloh Munib
24-Asad ya’ni 15-avgustga to‘g‘ri keladigan bu sana Afg‘onistonning zamonaviy tarixida shunchaki tuzum almashgani yoki siyosiy jarayonning bir bosqichi yakunlangan kun emas balki ishg‘ol tugagan va mujohidlar hamda Afg‘oniston xalqining mislsiz fidoyiliklari samarasi namoyon bo‘lgan kundir.
Yigirma yillik ishg‘ol davomida dunyoning eng yirik harbiy koalitsiyasi Amerika va NATO ilg‘or qurollar keng ko‘lamli bombardimonlar hamda kuchli iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan bir paytda qahramon Afg‘onistonning qishloq va ko‘chalarida ularga qarshi shunday qarshilik va kurash olib borildiki zamonaviy tarixda bunga o‘xshash misolni topish qiyin. Bu og‘ir yigirma yillik kurashning haqiqiy qahramoni mazlum afg‘on xalqi va mujohidlar edi. Bu xalq mujohidlarni o‘z uylarida joylashtirdi moliyaviy imkoniyatlari va kambag‘alligiga qaramay urush xarajatlarida ular bilan yelkama-yelka turdi hamda tungi reydlar beg‘araz bombardimonlar va shahidliklarning og‘ir yukini o‘z yelkasida ko‘tardi.
Bu g‘ayratli xalqning mujohidlari eng og‘ir sharoitlarda qishning sovug‘i va yozning jaziramasida moliyaviy imkoniyatlari cheklangan va harbiy jihatdan nihoyatda tengsiz vaziyatda ham e’tiqodi yurti xalqi islomiy muqaddasotlari va milliy irodasini himoya qildilar. Son-sanoqsiz yoshlarning shahid bo‘lishi yoki yaralanishi hayotning barcha qulayliklaridan voz kechishi oxir-oqibat zamonaviy qurol va texnika bilan jihozlangan tarixdagi eng kuchli armiyalarning taslim bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Barchaga ma’lumki Amerika va uning 48 ittifoqchisi 2001-yilda katta mag‘rurlik va kibr bilan Afg‘onistonga bostirib kirganida afg‘onlarning qarshiligi bir necha oy ichida tugaydi Afg‘oniston bosib olinadi va ular bu mamlakat ustidan g‘alaba qozonadi deb o‘ylagan edilar. Ammo ikki o‘n yillik og‘ir qarshilikdan so‘ng haqiqat butunlay boshqacha ekanligi ayon bo‘ldi. Amerika va uning 48 ittifoqchisi milliardlab dollar sarflab minglab harbiylarini yo‘qotganiga qaramay afg‘onlarning po‘latdek irodasi va qat’iy azmini sindira olmadi ularni o‘z yo‘lidan qaytara olmadi.
Muvaffaqiyatli Doha kelishuvi imzolangach, butun dunyo Amerika va uning ittifoqchilari og‘ir tahqir va sarosimaga duch kelganini ko‘rdi. Ularning Kobul aeroportidan sharmandali va majburiy ravishda chiqib ketishi hamda umidsiz hamkorlarining samolyotlarga osilib qolishi o‘z fir’avnlik qudratidan mag‘rurlangan o‘sha fir’avniy imperiyaning amaliy mag‘lubiyatini yaqqol namoyon etgan jonli manzara bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda o‘tgan yigirma yillik ma’muriyatning sharmandali mag‘lubiyati birdan yuz bermadi. Ichki korrupsiya xalqdan uzoqlashish chet el kuchlariga tayanish va yolg‘on shiorlar niqobi ostida xorijiy loyihalarni amalga oshirish uning tanazzulining tabiiy natijasi bo‘ldi.
Ammo bundan ham sharmandalisi shuki 24-Asad kuni mujohidlar Kobul darvozalariga yetib kelganida Respublika ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari xalq va o‘z armiyasining taqdiriga e’tibor berish o‘rniga shaxsiy qochishni afzal ko‘rdilar.
Yuqori martabali amaldorlarning Prezident saroyidan qo‘rqoqona qochib ketishi ularning hukumati Afg‘oniston xalqining qalbiga emas balki chet elliklarning ko‘magi va bag‘riga tayanib turganini isbotladi.
Shu bois aytish mumkinki 24-Asad faqat fathni nishonlash kuni emas balki butun mamlakat bo‘ylab qariyb qirq yillik inqirozning yakuni vakil guruhlar faoliyatining barham topish fuqarolar urushining tugashi butun Afg‘oniston bo‘ylab umumiy xavfsizlik ta’minlangan va beva opa-singillar hamda farzand dog‘ida qolgan onalar quvonchga to‘lgan kundir.
Bu muborak kunni nishonlash g‘ayratli xalqimizga shuni eslatadiki umidni begonalarga bog‘lash insonni faqat halokat sari yetaklaydi. Mamlakatni haqiqiy obod qilish esa faqat Afg‘oniston xalqi o‘rtasidagi birlikni mustahkamlash adolatni ta’minlash og‘ir fidoyiliklar va ozodlikning qadrini asrash orqali amalga oshadi.












