Aslam
Pokistonning Afg‘oniston hududiga uyushtirgan so‘nggi harbiy hujumlari yana bir bor shunday savolni kun tartibiga olib chiqdi: aholi yashaydigan hududlar va tinch fuqarolarni nishonga olish ushbu hukumatning ichki xavfsizlik va siyosiy muammolarini hal qila oladimi? Agar bunday hujumlar chog‘ida tinch va begunoh insonlar zarar ko‘rsa masala shunchaki harbiy harakat doirasida qolmaydi balki oqibatlari ikki davlat chegarasidan ham tashqariga chiqadigan nihoyatda nozik va muhim masalaga aylanadi.
Pokiston so‘nggi yillarda o‘z rejimining muvaffaqiyatsiz siyosati tufayli turli ichki muammolarga duch kelmoqda. Bular xavfsizlikning zaiflashuvi va qurolli guruhlar faoliyatidan tortib iqtisodiy muammolar hamda ijtimoiy bosimgacha bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Endilikda mazkur rejim o‘zining bu sharmandali holatini turli yo‘llar bilan yashirishga urinmoqda. Aslida bu yollanma hukumat Afg‘onistonga hujumlar uyushtirish orqali bir muddat jamoatchilik e’tiborini o‘zining ichki muammolaridan chalg‘itmoqchi. Ammo shuni yaxshi bilsinki bunday yondashuv o‘zining sababchisi bo‘lgan beqarorlikning ildizlarini yo‘q qila olmaydi shuningdek o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolarini ham hal etmaydi.
Pokiston xalqi o‘ziga shunday savol berishi kerak: mintaqadagi ketma-ket harbiy to‘qnashuvlarni davom ettirish xarajatlarini kim to‘laydi? Turli muammolar va bosimlarga duch kelayotgan iqtisodiyot barqarorlik va taraqqiyot o‘rniga muvaffaqiyatsiz va keskin xavfsizlik siyosatining xarajatlarini qanchalik uzoq ko‘tara oladi?
Boshqa tomondan o‘z huquqlari uchun qurol ko‘targan guruhlar masalasini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Pokiston hukumatlarining o‘tmishda ularga nisbatan olib borgan siyosati ham bugungi vaziyatning shakllanishida muayyan rol o‘ynagan.
So‘nggi o‘n yilliklar davomida bu rejim ichki muammolari va boshqaruvdagi muvaffaqiyatsizliklarini doimo boshqalarning zimmasiga yuklashga hamda boshqalarning xavfsizligini izdan chiqarishga urinib kelgan. Hammaga ayonki siyosiy maqsadlarga erishish uchun Afg‘onistondagi hujumlardan foydalanish oxir-oqibat nazoratdan chiqib ketishi va dastlab o‘z maqsadlari yo‘lida undan foydalangan jamiyatning o‘ziga qaytib zarar yetkazishi mumkin.
Bugun Afg‘oniston turli bahonalar bilan nishonga olinayotgan bo‘lsa yuqoridagi da’volarga qarshi samarali yo‘l shundan iboratki harbiy rejim o‘zining muvaffaqiyatsiz tajribalaridan saboq olishi kerak. Agar u Afg‘oniston xalqiga kuch ishlatib o‘z irodasini majburan o‘tkazishni o‘ylayotgan bo‘lsa bu orzusini o‘zi bilan qabrga olib ketadi. Chunki bu ozod xalq shu kungacha ko‘p bor sinovdan o‘tgan va o‘zining mustahkam irodasini isbotlagan. Agar majbur bo‘lsa tajovuzkorlarni yo‘q qilish yo‘lida hech qanday qurbonlik va fidoyilikdan qaytmaydi hamda ularni yer bilan yakson qiladi.
Shuningdek Afg‘oniston va Pokiston xalqlari bu qo‘g‘irchoq hukumat hech qachon o‘z majburiyatlari va kelishuvlariga sodiq qolmaganini doimo aldov va xiyonat yo‘lidan borganini biladi. Bunday yollanma xiyonatkor va aysh-u ishratga berilgan hukumat hech qachon o‘z xalqining muammolarini bartaraf eta olmaydi va ularning talablariga javob bera olmaydi.
Bu masalada Pokiston xalqi hammadan ko‘ra ko‘proq shuni bilishga haqli: nega beqarorlik davom etmoqda? Nega iqtisodiyot bosim ostida? Va nega so‘nggi bir necha o‘n yillikdagi siyosatlarning og‘ir oqibatlari hanuz namoyon bo‘lmoqda? Bu savollar va mamlakatning ichki muammolariga javobni Pokiston chegaralaridan tashqarida, tinch aholini nishonga olish orqali izlash mumkinmi?
Afg‘oniston va Pokiston ikki qo‘shni davlatdir. Agar bu rejim ichki muammolarining yagona yechimini mamlakat tashqarisidan izlayotgan va Afg‘oniston hududiga tajovuzni o‘zining ichki tartibsizliklariga bahona qilayotgan bo‘lsa unda bu zulm va nomaqbul xatti-harakatlarining oqibatlari va natijalarini yaxshi anglab yetishi kerak.
















