Doktor Humom Sultoniy
O‘tgan qismda IShID xavorijlari va g‘uluvga ketgan madxaliylar tomonidan Deobandiylik haqida hamda Islom Amirligi va Tolibonga qarshi tarqatilgan shubha ilmiy va shar’iy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilgan edi. Ushbu turkumning mazkur qismida Moturidiylikning tarixiy kelib chiqishi e’tiqodiy asoslari ilmiy xizmatlari va boshqa kalomiy mazhablar bilan bo‘lgan ixtiloflari o‘rganiladi. Shundan so‘ng go‘yoki Moturidiy aqidasi kufrga asoslangan va shu sababli Islom Amirligi hamda Tolibonni takfir qilish joiz, degan da’vo shar’iy qoidalar asosida baholanadi.
Moturidiylik: tarixiy kelib chiqishi e’tiqodiy asoslari va takfir da’volarining shar’iy bahosi
Moturidiy aqidasining mohiyati va uning tarixiy kelib chiqishi
Moturidiylik Islom aqidasi ilmida ahli sunna val jamoaning mashhur kalomiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib uning nomi hijriy uchinchi asr oxiri va to‘rtinchi asr boshlarida yashab ijod qilgan hanafiy mazhabining mashhur olimi mufassir va mutakallimi Imom Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad Moturidiy Samarqandiy rahimahulloh (vafoti 333-hijriy yil) nomiga nisbat beriladi.
Imom Moturidiy rahimahulloh yangi din mustaqil aqida yoki alohida diniy firqaning asoschisi bo‘lmagan balki hanafiy ilmiy an’anasidagi e’tiqodiy asoslarni tushuntirish tartibga solish va himoya qilishda muhim rol o‘ynagan. U Qur’oni Karim va Nabaviy sunnat dalillari bilan bir qatorda aqliy dalillardan ham foydalanib mo‘taziliylar falsafiy oqimlar va boshqa kalomiy guruhlarning shubhalariga javob bergan.
Uning eng muhim ilmiy asarlari qatoriga Kitob at-Tavhid va Ta’vilot ahl as-sunna kitoblarini kiritish mumkin. Ushbu asarlarda tavhid, ilohiy sifatlar nubuvvat iymon qazo va qadar hamda boshqa e’tiqodiy masalalar batafsil muhokama qilingan.
Moturidiylik hanafiy aqidaviy an’anasi bilan chuqur tarixiy va ilmiy aloqaga ega. Biroq bu holat Imom Moturidiy rahimahullohning barcha kalomiy qarashlarini aynan Imom Abu Hanifa rahimahullohning qarashlari bilan bir xil deb hisoblash mumkinligini anglatmaydi.
Moturidiy aqidasining asosiy tamoyillari
Moturidiy ulamolarining e’tiqodiy yo‘nalishi Islomning asosiy aqidalariga tayanadi. Uning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Alloh taoloning yagonaligiga iymon keltirish:
Moturidiylar Alloh taoloning yagonaligiga, Zotining benazirligiga, mutlaq qudratiga, ilmiga, irodasiga va boshqa kamol sifatlariga iymon keltiradilar. Ular Alloh taoloni maxluqotga o‘xshashlikning har qanday ko‘rinishidan pok va munazzah deb biladilar hamda faqat Uning O‘zigina ibodatga loyiq Zot ekaniga e’tiqod qiladilar.
Alloh taolo marhamat qiladi:
لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ (الشورى: ۱۱)
Tarjimasi: «U Zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir. U eshituvchi va ko‘ruvchidir».
2. Nubuvvat va risolatga iymon keltirish:
Moturidiylar barcha ilohiy payg‘ambarlarning nubuvvati va risolatiga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning so‘nggi payg‘ambar ekanliklariga hamda Qur’oni Karimning haq ekaniga iymon keltiradilar.
3. G‘ayb va oxirat ishlariga iymon keltirish:
Ular farishtalar, osmoniy kitoblar, Qiyomat, hisob-kitob, mezon, jannat, do‘zax va Qur’oni Karim hamda sahih Nabaviy sunnatda sobit bo‘lgan boshqa g‘aybiy masalalarga iymon keltiradilar.
4. Qazo va qadarga iymon keltirish:
Moturidiylar Alloh taoloni barcha mavjudotlarning yaratuvchisi deb biladilar. Shu bilan birga, inson o‘z ixtiyoriy amallarida iroda va ixtiyorga ega ekaniga hamda aynan shu ixtiyori asosida o‘z amallari uchun mas’ul bo‘lishiga ishonadilar.
5. Iymonning haqiqati:
Moturidiy ulamolarining mashhur e’tiqodiy qarashiga ko‘ra, iymonning asl mohiyati qalb bilan tasdiqlashdan iboratdir. Dunyoviy hukmlarning joriy bo‘lishi uchun esa til bilan iqror qilish ham shart hisoblanadi.
Ular katta gunoh sodir etgan kishini faqat gunoh qilgani sababli kofir deb hisoblamaydilar. Buning uchun alohida shar’iy sabab sobit bo‘lishi kerak. Shu jihatdan ularning qarashi katta gunoh sodir etgan kishini iymon doirasidan chiqarib yuboradigan xavorij aqidasidan yaqqol farq qiladi.
Ushbu tamoyillardan ko‘rinib turibdiki Moturidiy ulamolari Islomning asosiy aqidalariga iymon keltiradilar. Albatta ayrim e’tiqodiy masalalarni talqin qilish va tushuntirish shuningdek ular borasida dalil keltirish uslubida boshqa kalomiy yo‘nalishlar bilan ixtiloflari mavjud.
Moturidiylik, Ash’ariylik va asariy manhaj o‘rtasidagi ixtiloflar
Moturidiylik va Ash’ariylik ahli sunna val jamoaning mashhur ikki kalomiy yo‘nalishidir. Ash’ariylik Imom Abul Hasan Ash’ariy rahimahulloh (vafoti 324-hijriy yil) nomiga nisbat beriladi.
Ushbu ikki yo‘nalish o‘rtasida tavhid nubuvvat oxirat va boshqa asosiy e’tiqodiy masalalarda keng mushtaraklik mavjud. Biroq aql va naqlning o‘zaro munosabati ayrim ilohiy sifatlar iymon takvin aqliy husn va qubh hamda insonning ixtiyori kabi masalalarda ular o‘rtasida kalomiy ixtiloflar ham uchraydi.
Boshqa tomondan Moturidiy ulamolari bilan asariy e’tiqodiy manhaj yoki ahli hadis izdoshlari o‘rtasidagi ixtiloflar asosan ilohiy sifatlar haqidagi shar’iy matnlarni qanday tushunish ta’vilning chegaralari aqliy dalillardan foydalanish va kalom ilmining shar’iyligi masalalariga taalluqlidir.
Asariy ulamolar odatda ilohiy sifatlarni ularning kayfiyatini belgilamasdan shar’iy matnlarda kelganidek tasdiqlashga urg‘u beradilar hamda o‘z nazarlarida salaf manhajiga muvofiq bo‘lmagan kalomiy ta’villarni rad etadilar. Moturidiy ulamolar esa Alloh taoloni maxluqotga o‘xshashlikdan pok deb bilish asosida ayrim mutashobih matnlarni sharhlashda ta’vildan ham foydalanadilar.
Ushbu ixtiloflarni baholashda ulamolarning qarashlari bir xil emas. Ayrimlari ularni ikkilamchi va kalomiy ixtiloflar deb bilsa boshqalari ularga e’tiqodiy jihatdan ko‘proq ahamiyat beradilar. Shu sababli ushbu yo‘nalishlar o‘rtasida mutlaq birlik bor degan da’vo ham ilmiy jihatdan aniq emas. Ular o‘rtasidagi barcha ixtiloflarni takfir darajasiga olib chiqish esa ilmiy insofga muvofiq kelmaydi.
Bir kalomiy qarashni noto‘g‘ri yoki bid’at deb hisoblash bilan unga e’tiqod qilgan kishini kofir deb hukm qilish ikki alohida shar’iy masala bo‘lib, ular o‘rtasidagi farqni hisobga olish lozim.
Moturidiy ulamolarining ilmiy xizmatlari va ularning tarixiy ta’siri
Moturidiy ulamolarining mo‘taziliylar botiniylar dahriylar rofiziylar va boshqa firqalarning qarashlariga qarshi ilmiy raddiya va tanqidiy faoliyati juda keng va e’tiborga molikdir. Ushbu ulamolar nafaqat Islom aqidalarini himoya qilish tushuntirish va bayon etish sohasida qimmatli ilmiy meros qoldirganlar balki ta’lim berish Qur’oni Karim va Nabaviy sunnat tafsiri hadis fiqh hamda boshqa Islomiy ilmlarni targ‘ib qilish va rivojlantirishda ham muhim va ta’sirchan rol o‘ynaganlar.
Ularning ilmiy sa’y-harakatlari keng qamrovli ekanini bugungi kunda ham Islom kutubxonalarida ushbu maktab ulamolarining Qur’on va hadis sharhlarini yozish va nashr etish fiqhiy asarlar yaratish ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda diniy matnlar tayyorlash borasidagi xizmatlari yaqqol namoyon etib turibdi.
Moturidiylar va ash’ariylarning ta’sir doirasi faqat Afg‘oniston yoki muayyan bir mintaqa bilan cheklanmagan. Aksincha ushbu ikki fikriy maktab asrlar davomida Islom olamining keng hududlarida tarqalgan.
Ilmiy va ta’limiy faoliyat bilan bir qatorda turli Islomiy sultonliklar va hukmdorlarning qo‘llab-quvvatlashi ham ushbu ikki maktabning rivojlanishi va keng yoyilishida muhim rol o‘ynagan.
Ayyubiylar va Mamluklar hukmronligi davrida ayniqsa Ash’ariy fikriy maktabi rivojlandi. Usmoniylar saltanati davrida esa Moturidiy fikriy maktabining ta’siri va nufuzi yanada kengaydi. Ushbu maktab Movarounnahr Markaziy Osiyo Anadolu Bolqon Hindiston Afg‘oniston va Islom olamining boshqa hududlarida chuqur ildiz otdi.
Ushbu fikriy maktab bilan aloqador bo‘lgan buyuk ulamolar va taniqli shaxslar qatorida Imom Kamoliddin Ibn Humom Imom Nuriddin Sobuniy Alloma Ibn Nujaym va boshqa mashhur faqih hamda mutakallimlarni zikr qilish mumkin.
Ushbu tarixiy va ilmiy haqiqatlarni inobatga olgan holda Moturidiylarni faqat bir nechta ixtilofli kalomiy masalalar bilan cheklab tanish va ularning asrlar davomida qilgan ilmiy diniy hamda tadqiqot sohasidagi xizmatlarini e’tibordan chetda qoldirish xolis ilmiy yondashuvga muvofiq emas.












