Akbar Jamol
Sudxo‘rlik tizimining eng dahshatli larzaga soluvchi va vayronkor xususiyati iqtisodiy istilohda murakkab foiz yoki foiz ustiga foiz aylanishi (Compound Interest Trap) deb ataladi. Bu shunday matematik tuzoqki qarzdor davlat unga tushib qolganidan so‘ng avlodlar almashadi ammo uning qarzi hamon saqlanib qolaveradi va uning nihoyasiga yetishidan darak bo‘lmaydi. Agar ushbu murakkab xalqaro mexanizmni Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi olti milliard dollarlik neft qarzi shartnomasiga tatbiq etib uni izohlab bersak bu haqda ikkinchi qismda batafsil ma’lumot bergan edik haqiqat ko‘zgudek ravshan namoyon bo‘ladi.
Ko‘rib turganimizdek ushbu shartnomaga ko‘ra Pokiston zimmasiga har yili 1,5 foiz miqdorida foiz to‘lovi yuklatiladi. Bu esa 90 million dollarni tashkil etadi. An’anaviy sudxo‘rlik tizimida ushbu bitim qarzdor davlat iqtisodiy muammolar yoki dollar tanqisligi sababli yil oxirida yoxud belgilangan muddatda qarzning bir qismini yoki unga hisoblangan foizni to‘lay olmaganida nihoyatda xavfli tus oladi.
Faraz qilaylik Pokiston birinchi yil oxirida 90 million dollarlik foizni to‘lay olmadi. Ana shu paytda sudxo‘rlik tizimining murakkab mexanizmi ishga tushadi. Bunda sudxo‘rlik muassasasi ushbu 90 million dollarlik foizni na kechiradi va na uni asosiy qarzdan alohida saqlab qoladi. Aksincha bu summani Pokistonning asosiy qarziga ya’ni olti milliard dollarga qo‘shadi (Capitalization).
Endilikda ikkinchi yil boshida iqtisodiy hisob-kitob hujjatlarida Pokistonning to‘lashi lozim bo‘lgan qarzi olti milliard dollar deb qayd etilmaydi balki olti milliard 90 million dollarga yetadi.
Shu tariqa ushbu shaytoniy aylanishning ikkinchi va dahshatli bosqichi boshlanadi. Ikkinchi yil uchun 1,5 foizlik foiz hisoblanganda u endi Pokistonning dastlabki olti milliard dollarlik qarziga emas balki oshirilgan umumiy qarzga ya’ni olti milliard 90 million dollarga nisbatan hisoblanadi. Natijada ikkinchi yilgi foiz 90 million dollardan 91 million 350 ming dollarga oshadi. Agar Pokiston ikkinchi yil oxirida ham ushbu summani to‘lay olmasa yangi hisoblangan foiz ham asosiy qarzga qo‘shiladi va Pokistonning umumiy qarzi olti milliard 181 million 350 ming dollarga yetadi.
Uchinchi yilgi foiz ham xuddi shu yangi va oshirilgan summa asosida hisoblanadi. Bu miqdor qariyb 92 million 720 ming dollarni tashkil etadi va yil oxirida umumiy qarz olti milliard 274 million dollardan oshib ketadi. Ushbu matematik murakkablikning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va amaliy natijasi shundan iboratki avvalgi davrda hisoblangan foiz keyingi davrda qarzdor davlatning asosiy qarzi yoki asosiy kapitali (Principal Amount) tarkibiga qo‘shiladi. Natijada qarzdor davlat foiz ustiga foiz to‘lashning tuganmas aylanishiga tushib qoladi. Bu aylanishda asosiy qarz hamon saqlanib qoladi foizlar tog‘i esa vaqt o‘tishi bilan kundan-kunga kattalashib yanada dahshatli tus oladi.
Bu Qur’oni karimning Oli Imron surasi 130-oyatida qattiq ogohlantirilgan zulmning ayni o‘zidir:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَأْكُلُوا الرِّبَا أَضْعَافًا مُّضَاعَفَةً وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Tarjimasi: Ey iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib ustma-ust yemanglar va Allohdan qo‘rqinglar. Shoyadki najot topsangizlar.
Xalqaro sudxo‘rlik muassasalari qarz evaziga beriladigan mablag‘ning foizini oddiy do‘kondor kabi belgilab uni o‘zgarmas holda saqlamaydilar. Chunki foiz miqdorini qat’iy belgilab qo‘ysalar ularning foydasi ma’lum bir miqdor bilan cheklanib qoladi va ular o‘z boyliklarini uzluksiz ravishda oshirib bora olmaydilar.
Shu sababli ular vaqt hisoblagichi ni harakatda ushlab turadilar. Ya’ni qarzdor davlat o‘z qarzini to‘lashni qancha kechiktirsa ularning daromadi ham shuncha ortib boradi. Endi savol tug‘iladi: ushbu foiz hisoblagichini harakatda ushlab turish uchun jahon bozoridagi o‘zgarishlardan qanday foydalaniladi? Bu yerda fyuchers bozori ya’ni Futures Market shuningdek narxlar o‘zgarishidan foyda olish maqsadidagi bashorat va chayqovchilik (Speculation) faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Jahon bozorida dunyoning biror mintaqasi ayniqsa Yaqin Sharq kabi neftga boy hududlar uzra urush bulutlari paydo bo‘lib vaziyat keskinlashganida neft narxi hatto urush boshlanmasidan oldin faqat ehtimoliy tahdidlar ta’sirida 90 dollardan 95 yoki 100 dollargacha ko‘tariladi. Bu narx oshishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi balki yirik xalqaro sudxo‘rlik investitsiya banklari va katta sarmoyadorlar qo‘rquv hamda xavotir muhitidan foydalanadilar.
Ular bozorda: Urush sababli kelajakda neft ta’minoti to‘xtab qolishi mumkin degan mish-mishlar va xavotirlarni tarqatadilar. Natijada noqonuniy yo‘l bilan foyda ko‘zlovchi chayqovchilar millionlab barrel neft bo‘yicha fyuchers shartnomalarini (Futures Contracts) arzon narxda sotib olib keyinchalik qimmatroq narxda sotish maqsadida o‘zlarida saqlab turadilar.
Shu tariqa neft zaxiralarining bir qismi bozordan yig‘ib olinib, oz sonli shaxslar qo‘lida jamlanadi. Boshqa tomondan esa xaridorlar soni birdaniga ortadi. Natijada talab va taklif qonuniga ko‘ra narxlar sun’iy ravishda osmonga ko‘tariladi. Urush boshlangach xalqaro dengiz tashish kompaniyalari kemalar uchun urush xavfi sug‘urtasi (War Risk Insurance) xarajatlarini bir necha barobar oshiradilar. Ushbu sug‘urta kompaniyalari ortida ham o‘sha xalqaro sudxo‘r moliyalashtiruvchilar turadi.
OPEK (OPEC) kabi neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tashkilotlari ham bunday sharoitlarda neft ishlab chiqarish hajmini nazorat ostiga oladilar. Xarajatlarning ortishi va neft taklifining kamayishi natijasida uning narxi muntazam ravishda ko‘tarilib boradi. Oqibatda Pokiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning butun budjeti jiddiy muammolarga duch keladi. Bu mamlakatlarning qimmat neft importi uchun zarur bo‘lgan dollar zaxiralari tugaydi. Shu sababli ular avvalgi qarzlarini va ularga hisoblangan foizlarni to‘lash uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) hamda unga o‘xshash muassasalardan yangi sudxo‘rlik qarzlarini olishga majbur bo‘ladilar.
Shu tariqa, jahon miqyosidagi ushbu shaytoniy foiz aylanishi har qanday inqiroz va har qanday urushdan o‘zining davom etishi hamda yanada kengayishi uchun yoqilg‘i sifatida foydalanadi.















