No Result
View All Result
Payshanba, Noyabr 19, 2026
Almirsad
  • Uy
  • Davriy sharh
    IShID: Islom xalifaligi asoschisi yoki uni yo’q qiluvchi!  Birinchi qism

    IShID: Islom xalifaligi asoschisi yoki uni yo’q qiluvchi! Birinchi qism

    Islom tuzumining xususiyatlari! To’rtinchi qism

    Islom tuzumining xususiyatlari! To’rtinchi qism

    IShIDning psixologik tashviqoti! Uchinchi qism

    IShIDning psixologik tashviqoti! Uchinchi qism

    Vahmiy Xilofat: Imperatorlik Orzusidan Qulashgacha! Birinchi qism

    Vahmiy Xilofat: Imperatorlik Orzusidan Qulashgacha! Birinchi qism

    Xavorij unvoni!

    Al-Mirsad

  • Xabarlar

    • Afg’oniston
    • mintaqa
    • Dunyo
  • Maqolalar

  • Olimlar

  • Ummatning shaxsiyatlari

  • Ishlab chiqarishlar
  • Infografika
  • Al Mursad
    • پښتو
    • دري
    • عربي
    • اردو
    • বাঙালি

Afg‘onistonda Amirul mo‘minin ning farmonlari hamda shara’iy oilaviy va ijtimoiy islohotlar! 2-qism

Share on FacebookShare on Twitter

Doktor Humom Sultoniy

Har qanday jamiyatni isloh qilishning muhim mezonlaridan biri ushbu jamiyatda bolalar, yetimlar hamda yoshligi, iqtisodiy zaifligi va ijtimoiy sharoiti sababli boshqalarning yordam va himoyasiga muhtoj bo‘lgan kishilarning huquqlari qay darajada himoya qilinishidir. Islomning ijtimoiy tizimida ushbu qatlamlarning huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, mol-mulk, meros va yetimlarga vasiylik qilish bilan bog‘liq masalalarda hech qanday tajovuz va nohaq tasarrufga yo‘l qo‘yilmagan.

RelatedPosts

Amirulmo‘minin ning farmonlarining diniy asoslariga nazar!

Oliy hazrat Amirul mo‘minin (h.a.) farmonlari ning ta’siri!

Farmon va hukmlar Islomiy tuzum barqarorligi ning asoslari!

1. Yetimlar va voyaga yetmagan merosxo‘rlarning mol-mulkini himoya qilish

Amirul-mo‘mininning qarindoshlik marosimlari, to‘ylar, musibatlar, shuningdek, haj va umradan qaytish paytlarida yuzaga keladigan noto‘g‘ri urf-odatlarning oldini olish haqidagi farmonining ikkinchi moddasi birinchi bandi uchinchi qismi va ikkinchi bandida inson vafotidan keyin uning nomidan sadaqa va xayr-ehson qilish, shuningdek, marhumning oilasi tomonidan o‘tkaziladigan marosimlar haqida batafsil hukmlar bayon qilingan.

Farmon ikkinchi moddasi birinchi bandining uchinchi qismiga ko‘ra, faqat voyaga yetgan va aqli raso merosxo‘rlar o‘z shaxsiy mol-mulklaridan, o‘z roziligi va ixtiyori bilan xayr-ehson hamda sadaqa qilishlari mumkin. Bunda yetimning yoki g‘oyib bo‘lgan merosxo‘rning ulushidan foydalanish joiz emas. Shuningdek, ikkinchi bandda yetimning mol-mulkidan marhum nomidan sadaqa qilish, hatto yetim bunga ruxsat bergan taqdirda ham, taqiqlangani ochiq bayon etilgan. Agar kimdir bunday ishni qilsa, o‘sha mol-mulkning o‘rnini qoplash va uning kafolatini zimmasiga olish mas’uliyati unga yuklanadi.

Farmonda, shuningdek, sadaqa va xayr-ehson majburiy ijtimoiy urf-odatga aylantirilmasligi, shuhrat qozonish, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish va raqobat vositasi bo‘lmasligi hamda sadaqa qilmagan kishi malomat qilinmasligi kerakligi ta’kidlangan. Biroq vasiyat masalasi ushbu hukmdan mustasno hisoblanadi. Agar marhum vasiyat qilgan bo‘lsa, merosxo‘rlar orasida yetim yoki g‘oyib bo‘lgan merosxo‘r mavjud bo‘lsa ham, uning mol-mulkining uchdan bir qismidan sadaqa qilish mumkin.

Ushbu hukmning ahamiyati shundaki, ayrim hududlarda inson vafotidan keyin savobini yetkazish maqsadida xayr-ehson va an’anaviy ziyofatlar uchun butun meros mol-mulki sarflanadi. Holbuki, ushbu mol-mulkda voyaga yetmagan bolalar va boshqa merosxo‘rlarning ham haqlari mavjud. Mazkur farmon bunday tasarruflarning shar’iy va moliyaviy chegaralarini aniq belgilab bergan.

2. Bolalarni tarbiyalash va himoya qilish

Bolalarning diniy, axloqiy, ta’limiy va jismoniy tarbiyasi ota-onalarning asosiy mas’uliyatidir. Biroq jamiyat va tegishli idoralar ham ularni himoya qilish hamda farovonligini ta’minlash borasida muayyan mas’uliyatlarga ega. Shu munosabat bilan bolalarni kaltaklash, majburiy mehnatga jalb qilish, tilanchilikka majburlash, odam o‘g‘irlash va boshqa ekspluatatsion faoliyatlardan himoya qilish uchun samarali huquqiy va ma’muriy choralarni ko‘rish zarur.

3. Majburiy nikoh va ijtimoiy ekspluatatsiyaning oldini olish

Bolalar va yoshlarning nikohi masalasida shar’iy hukmlarga, rozilikka, manfaatga hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish zarur. Shuningdek, qizlarni oilaviy adovatlarni hal qilish, moliyaviy bitimlar va qabilaviy kelishuvlar vositasiga aylantirish isloh etilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolardan biridir.

To‘y, nikoh va oilaviy urf-odatlarga oid rasm-rusumlarni isloh qilish

To‘y va nikoh bilan bog‘liq ijtimoiy urf-odatlarni isloh qilish Afg‘onistondagi muhim ijtimoiy muammolardan biridir. Ko‘plab hududlarda ortiqcha xarajatlar, moliyaviy talablar, qimmatbaho sovg‘alar va oilalar o‘rtasidagi raqobatlar tufayli nikoh va to‘y marosimlari qiyinlashtirilgan. Natijada kambag‘al oilalarning iqtisodiy yuki yanada og‘irlashib, yoshlarning turmush qurishi qiyinlashmoqda.

Islomiy ko‘rsatmalarda hayotning barcha sohalarida Rasululloh (s.a.v.)ga ergashish va u zotning sunnatlariga amal qilishga alohida urg‘u berilgan. Ana shu tamoyilga asoslanib, Amirul-mo‘minin to‘y, vafot hamda haj va umradan qaytish marosimlarida keng tarqalgan noto‘g‘ri urf-odatlarni isloh qilishga qaratilgan batafsil farmon chiqargan.

Alloh taolo marhamat qiladi:

لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ

(الأحزاب: 21)

Tarjimasi: Darhaqiqat, sizlar uchun Rasululloh (s.a.v.)da go‘zal namuna bordir.

Yana bir oyatda shunday marhamat qiladi:

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُو

(الحشر: 7)

Tarjimasi: Rasul sizlarga nimani bersa, uni olinglar va sizlarni nimadan qaytarsa, undan tiyilinglar.

Rasululloh (s.a.v.) marhamat qilganlar:

مَنْ عَمِلَ عَمَلًا لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهُوَ رَدٌّ

(Muslim, Kitob al-Aqziya, hadis: 1718)

Tarjimasi: Kimki dinimiz ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lmagan bir amalni qilsa, uning amali rad etiladi.

Shuningdek, Umar ibn Xattob (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, u zot shunday deganlar:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ، رُدُّوا الْجَهَالَاتِ إِلَى السُّنَّةِ

(Jome’ bayon al-ilm va fazlihi va Sunan al-Bayhaqiy, Kitob an-Nikoh, 7/442)

Tarjimasi: Ey insonlar! Johilona va sunnatga zid bo‘lgan urf-odatlarni sunnatga qaytaringlar.

Ana shu shar’iy tamoyillar asosida farmonda quyidagi ijtimoiy masalalarni isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan:

1. Ayolning roziligi va nikohda tanlash huquqi

Farmon birinchi moddasining birinchi qismidan to‘rtinchi qismigacha voyaga yetgan qizning nikoh masalasidagi roziligi va fikriga alohida ahamiyat qaratilgan.

Farmonga ko‘ra, qizning valiyligi zimmasida bo‘lgan shaxs — otasi yoki akasi bo‘lishidan qat’i nazar, uning unashtirilishi va nikohi haqida o‘zi bilan maslahatlashishi hamda roziligini olishi shart. Hech bir voyaga yetgan qizni o‘z roziligisiz majburan nikohga berish mumkin emas. Bunday vaziyatda jabrlangan ayol sudlar va tegishli idoralarga shikoyat qilishi mumkin.

Shuningdek, beshinchi qismda beva yoki ajrashgan ayol ham o‘z roziligisiz ikkinchi nikohga majburlanishi mumkin emasligi ochiq bayon qilingan. Na erining oilasi, na otasining oilasi uni zo‘rlik bilan boshqa bir kishiga nikohlash huquqiga ega.

Farmonning ushbu qismida Amirul-mo‘minin tomonidan chiqarilgan, ayollar huquqlariga oid 1443-hijriy yil 27/4 sanasidagi 83-sonli, birinchi jild farmoniga rioya qilish ham ta’kidlangan. Ushbu hukmlar ayolning tanlash huquqi, sha’ni va oilaviy hayotdagi roziligini himoya qilish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega.

2. Mahr huquqi va nohaq moliyaviy talablarni taqiqlash

Farmon birinchi moddasining to‘qqizinchi bandida Hanafiy fiqhiga asoslanib, mahrning eng kam miqdori o‘n dirham etib belgilangan, eng ko‘p miqdori uchun esa muayyan chegara belgilanmagan. Shu bilan birga, agar ayol o‘n dirham yoki unga teng miqdordagi mol-mulkka rozi bo‘lsa, nikoh joizligi, ammo u bunga rozi bo‘lmasa, ayrim valiylar uning mahrini mahrul-misldan kam belgilashga haqli emasligi tushuntirilgan.

Ushbu qismda mahr ayolning shaxsiy haqqi ekani, uning qarindoshlari esa mahridan o‘zlari uchun biror mablag‘ talab qilish yoki olish huquqiga ega emasligi ochiq bayon qilingan. O‘ninchi bandda esa odamlar mahrni kam va oson belgilashga rag‘batlantirilgan hamda katta miqdordagi mahr belgilash odatiga barham berishga chaqirilgan.

Bu borada Oisha (r.a.)dan quyidagi hadis rivoyat qilingan:

إِنَّ أَعْظَمَ النِّكَاحِ بَرَكَةً أَيْسَرُهُ مَؤُونَةً

(Musnad Ahmad, hadis: 24529)

Tarjimasi: Albatta, eng barakali nikoh xarajatlari eng kam bo‘lgan nikohdir.

Rasululloh (s.a.v.)dan boshqa bir rivoyatda shunday naql qilingan:

تَيَاسَرُوا فِي الصَّدَاقِ، إِنَّ الرَّجُلَ يُعْطِي الْمَرْأَةَ حَتَّى يَبْقَى ذَلِكَ فِي نَفْسِهِ عَلَيْهَا حَسِيكَةً

(Musannaf Abdurazzoq, hadis: 10398)

Tarjimasi: Mahr belgilashda yengillik qilinglar. Chunki ba’zan erkak ayolga shunchalik ko‘p mahr beradiki, natijada uning qalbida ayolga nisbatan norozilik va gina qoladi.

Umar ibn Xattob (r.a.) ham ayollarning mahrida haddan oshishni taqiqlab, shunday deganlar:

أَلَا لَا تُغَالُوا صَدُقَةَ النِّسَاءِ، فَإِنَّهَا لَوْ كَانَتْ مَكْرُمَةً فِي الدُّنْيَا، أَوْ تَقْوَى عِنْدَ اللهِ، لَكَانَ أَوْلَاكُمْ بِهَا النَّبِيُّ صَلَّى‌اللهُ‌عَلَيْهِ‌وَسَلَّم

(An-Nasoiy, hadis: 3349; Musnad Ahmad, hadis: 340)

Tarjimasi: Ogoh bo‘linglar! Ayollarning mahrida haddan oshmanglar. Chunki agar ko‘p mahr belgilash dunyoda sharaf yoki Alloh huzurida taqvo vositasi bo‘lganida, bunga eng loyiq zot Rasululloh (s.a.v.) bo‘lardilar.

Ushbu dalillar asosida farmonda mahrni yengil belgilash va ayolning ushbu shar’iy huquqini himoya qilishga alohida urg‘u berilgan.

Mazkur moddaning o‘n birinchi bandida mahrdan tashqari «valvar» «peshkash» «to‘yona» va «xushiy» nomlari bilan pul yoki mol-mulk talab qilish nojoiz deb belgilangan. Farmonda faqihlarning qarashlariga tayanib, ushbu talablarning shar’iy maqomi ham ochib berilgan.

Ushbu urf-odatlarning qisqacha ta’rifi quyidagicha:

Valvar: Mahrdan tashqari kuyov yoki uning oilasidan qo‘shimcha pul yoki mol-mulk talab qilish.
Xoraka: To‘y paytida kuyov tomonidan kelinning oilasi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy ravishda olib kelish odati.
Shirbaho: Mahrdan alohida ravishda qo‘shimcha pul yoki mol-mulk talab qilish.
To‘yona va xushiy: To‘y xursandchiligi yoki boshqa an’anaviy nomlar bilan pulni majburiy talab qilish.

Ushbu hukmning asosiy maqsadi nikohni moliyaviy savdo va ijtimoiy raqobat vositasiga emas, balki oson shar’iy rishtaga aylantirish hamda har ikki oilani ortiqcha moliyaviy bosimlardan himoya qilishdir.

3. Unashtiruv va nikoh o‘rtasidagi shar’iy farq

Farmon birinchi moddasining sakkizinchi bandida unashtiruvning o‘zi shar’iy nikoh hisoblanmasligi ochiq bayon qilingan. Shar’iy ijob va qabul asosida, guvohlar ishtirokida nikoh aqdi amalga oshirilmaguncha, yigit va qiz bir-biriga nomahram hisoblanadi.

Ushbu hukmning maqsadi unashtiruvdan keyin ayrim oilalar yigit va qizni er-xotin kabi hisoblaydigan noto‘g‘ri ijtimoiy tushunchani bartaraf etishdir. Holbuki, unashtiruv faqat turmush qurish haqidagi va’da bo‘lib, nikoh aqdi emas.

4. Majburiy nikohni va ayolni zo‘rlik hamda zo‘ravonlik orqali xotin qilishni taqiqlash

Farmon birinchi moddasining yettinchi bandida muhim ijtimoiy zulmlardan biriga ishora qilingan. Ushbu hukmga ko‘ra, agar kimdir biror qiz yoki ayolga qarata o‘q uzsa, sochini kessa, boshiga chador tashlasa yoki boshqa bir majburiy usul bilan uni o‘z xotini deb e’lon qilsa, bu ish shar’an noqonuniy va jinoyat hisoblanadi.

Farmonda bunday shaxslarni Islom Amirligi sudlariga topshirish va sodir etgan jinoyatlariga muvofiq jazolash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Ushbu hukm kaltaklash, tahdid qilish yoki biror an’anaviy urf-odat orqali ayolni xotin deb e’lon qilish shar’iy nikohning o‘rnini bosa olmasligini ochiq ko‘rsatadi.

5. Unashtiruv, dastmol va to‘ydan oldingi marosimlarda yengillik qilish

Farmon birinchi moddasining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi bandlarida unashtiruvdan keyingi ortiqcha marosimlar va sovg‘a talab qilish bilan bog‘liq noto‘g‘ri urf-odatlar isloh qilingan.

Farmonga ko‘ra, unashtiruvdan keyin «oyoq ochdi», «shirinixo‘ri» va «dastmol kalon» nomlari bilan ketma-ket marosimlar o‘tkazish noto‘g‘ri urf-odat hisoblanadi. Katta dastmolni ikkinchi marta olib borishga ruxsat berilmagan, biroq dastmol marosimini bir marta, cheklangan miqdordagi mehmonlar ishtirokida o‘tkazishga ruxsat etilgan.

Ushbu marosimlarda kuyov va kelindan boshqa shaxslarga sovg‘a berish taqiqlangan. Kuyov va kelinga beriladigan sovg‘alar ham ularning moliyaviy imkoniyatlariga muvofiq, oddiy kiyim-kechak va oz miqdordagi pardoz-andoz buyumlari bilan cheklangan. Avtomobil, mototsikl, uy va boshqa qimmatbaho buyumlarni sovg‘a qilish odatiga barham berish ta’kidlangan.

Farmonning o‘n uchinchi bandida dastmol marosimini mehmonxonalarda o‘tkazish taqiqlangan va bunga dalil sifatida Qur’oni karimning quyidagi oyati keltirilgan:

يَا بَنِي آدَمَ خُذُوا زِينَتَكُمْ عِنْدَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا وَلَا تُسْرِفُوا إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِفِين

(الأعراف: 31)

Tarjimasi: Ey Odam farzandlari! Har bir namoz vaqtida ziynatlaringizni olinglar, yeb-ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Albatta, Alloh isrof qiluvchilarni yaxshi ko‘rmaydi.

Shuningdek, farmonning o‘n to‘rtinchi bandida unashtiruv va nikohdan keyin to‘y marosimini imkon qadar tezroq o‘tkazish, asossiz kechiktirish va undan kelib chiqadigan muammolarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

6. To‘y paytida pul va noo‘rin sovg‘alar talab qilish urf-odatlarini taqiqlash

Farmon birinchi moddasining o‘n beshinchi bandi bilan yigirmanchi bandi oralig‘ida to‘y paytida pul va sovg‘alar talab qilish bilan bog‘liq turli urf-odatlar isloh qilingan.

Ushbu bandlarda quyidagi urf-odatlar taqiqlangan: unashtiruvdan keyin qayta-qayta kiyim-kechak olib borish, kelin tomonidan kuyovga kiyim yuborish, to‘y vaqtida kuyovning oilasidan oziq-ovqat, shirinlik, shirinixo‘ri marosimi, kiyim-kechak va boshqa buyumlar uchun xarajat talab qilish hamda shunga o‘xshash odatlar.

Farmonga ko‘ra, valima va to‘y marosimlari kuyovning moliyaviy imkoniyati va xohishiga muvofiq, isrof va o‘zini ko‘z-ko‘z qilishlarsiz o‘tkazilishi kerak. Qizning oilasi uni to‘y marosimini mehmonxonada yoki qimmatbaho avtomobillar bilan o‘tkazishga majburlay olmaydi.

Shuningdek, kelinni kuzatish vaqtida kelinning tog‘alari, do‘stlari, qishloqdoshlari yoki ushbu marosimda xizmat qilayotgan boshqa shaxslar tomonidan kuyovning oilasidan pul talab qilish taqiqlangan. Biroq kimdir o‘z xohishi va ixtiyori bilan xizmat qiluvchilardan biriga sadaqa sifatida pul bersa, buning zarari yo‘q.

7. To‘y paytida havoga o‘q uzish, uzun avtomobil karvonlari va umumiy yo‘llarni to‘sishni taqiqlash

Farmon birinchi moddasining yigirma birinchi bandida to‘y va unashtiruv marosimlarida havoga o‘q uzish hamda amirlikning rasmiy avtomobillaridan foydalanish taqiqlangan.

Shuningdek, avtomobil va mototsikllarni xavfli hamda yuqori tezlikda boshqarish, uzun karvonlar tashkil etish va umumiy yo‘llarning to‘silib qolishiga, aholiga qiyinchilik tug‘ilishiga yoki insonlar hayotiga zarar yetishi xavfini keltirib chiqaradigan boshqa harakatlar ham taqiqlangan.

Ushbu hukm faqat to‘y marosimlarini soddalashtirish bilan cheklanmaydi, balki insonlarning joni va mol-mulkini himoya qilish, jamoat tartibi hamda umumiy foydalanishdagi yo‘llar xavfsizligini ta’minlash bilan ham bog‘liqdir.

8. Badal nikohini isloh qilish va har bir ayolning mustaqil huquqlarini himoya qilish

Afg‘onistonning ayrim hududlarida badal nikohi yoki «mo‘xi» deb ataladigan urf-odat mavjud. Bunday nikohda bir oila o‘z qizini boshqa bir kishiga, qarshi tomon ham o‘z qizini birinchi oilaning a’zolaridan biriga nikohlab berish sharti bilan turmushga beradi.

Farmon birinchi moddasining yigirma to‘rtinchi bandida badal nikohining salbiy oqibatlari hisobga olinib, imkon qadar bunday nikohdan saqlanish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Biroq badal nikohi amalga oshiriladigan bo‘lsa, har ikki ayol uchun alohida mahr belgilash va to‘lash zarur. Bir ayolning nikohi boshqa ayolning nikohiga badal yoki evaz bo‘la olmaydi. Har ikki ayolning shar’iy huquqlari mustaqil va alohidadir.

Farmonlarning ijrosi va davlat idoralarining mas’uliyati

Ushbu farmonning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda faqat ijtimoiy hukmlar bayon qilinibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli davlat idoralarining mas’uliyatlari ham belgilab berilgan.

To‘rtinchi moddaga ko‘ra, tegishli idoralar, jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Chegaralar, qabilalar va qavmlar ishlari vazirligi, Axborot va madaniyat vazirligi, Irshod, haj va vaqf ishlari vazirligi, Maorif vazirligi hamda Oliy ta’lim vazirligiga, shuningdek, ulamolar, masjid imomlari, xatiblar, ommaviy axborot vositalari va nufuzli milliy shaxslarga hikmat, manfaat va o‘zaro tushunish yo‘li bilan xalqni farmon hukmlaridan xabardor qilish hamda ularning ijrosini ta’minlash uchun harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

ShareTweet
Previous Post

Amirulmo‘minin ning farmonlarining diniy asoslariga nazar!

RelatedArticles

Afg’oniston hududiga bosqinchi armiya ning hujumi
Davriy sharh

Afg’oniston hududiga bosqinchi armiya ning hujumi

Iyun 30, 2026
Maqolalar

IShID shiorlarining kelib chiqishi

Sentabr 4, 2024
Maqolalar

Islomda jihod falsafasi/ oltinchi qism

Dekabr 17, 2023
Maqolalar

Mintaqa va Dunyoning Yangi Siyosati

Fevral 15, 2024
Maqolalar

داعش د نړیوالو روستۍ هيله وه

Dekabr 5, 2023
Jihodiy yozuvlar

خطرات تفکر نجدی داعش به عنوان نمونه

Fevral 15, 2023

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • Trending
  • Comments
  • Latest
Zulmat soyasi!  Birinchi qism

Zulmat soyasi! Birinchi qism

Sentabr 3, 2025
Zulmat soyasi! Ikkinchi qism

Zulmat soyasi! Ikkinchi qism

Sentabr 10, 2025

Yahud va maqsadlari

Yanvar 16, 2024

انسان څه ته وایي او د څه لپاره پیدا شوی؟

Yanvar 10, 2023

داعش څوك دي!؟

0

د خوارجو نښانې

0

د شهید ابو یوسف ژوند او کارنامې

0

له خوارجو سره د ابن عباس رَضِیَ اللهُ عَنهما د مناظرې متن او په هغه کې تأمل؛

0
Afg‘onistonda Amirul mo‘minin ning farmonlari hamda shara’iy oilaviy va ijtimoiy islohotlar!  2-qism

Afg‘onistonda Amirul mo‘minin ning farmonlari hamda shara’iy oilaviy va ijtimoiy islohotlar! 2-qism

Noyabr 19, 2026
Amirulmo‘minin ning farmonlarining diniy asoslariga nazar!

Amirulmo‘minin ning farmonlarining diniy asoslariga nazar!

Noyabr 18, 2026
Oliy hazrat Amirul mo‘minin (h.a.)  farmonlari ning ta’siri!

Oliy hazrat Amirul mo‘minin (h.a.) farmonlari ning ta’siri!

Noyabr 17, 2026
Farmon va hukmlar Islomiy tuzum barqarorligi ning asoslari!

Farmon va hukmlar Islomiy tuzum barqarorligi ning asoslari!

Noyabr 17, 2026

Latest News

  • Zulmat soyasi!  Birinchi qism

    Zulmat soyasi! Birinchi qism

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Zulmat soyasi! Ikkinchi qism

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Yahud va maqsadlari

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • انسان څه ته وایي او د څه لپاره پیدا شوی؟

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Xavorij unvoni!

    0 shares
    Share 0 Tweet 0
  • Library
Contact: info@almirsaad.com

all rights are reserved for Muslims.

Welcome Back!

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In

Add New Playlist

No Result
View All Result
  • Uy
  • Davriy sharh
  • Xabarlar
    • Afg’oniston
    • mintaqa
    • Dunyo
  • Maqolalar
  • Olimlar
  • Ummatning shaxsiyatlari
  • Ishlab chiqarishlar
  • Infografika
  • Al Mursad
    • پښتو
    • دري
    • عربي
    • اردو
    • বাঙালি

all rights are reserved for Muslims.