Ayaz
Islom dinining muborak boshlanishidan to bugungi kungacha ijtimoiy hayotning barcha sohalari, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi aloqalar, siyosiy va davlat munosabatlari, haqni himoya qilish hamda botilni yo‘q qilish bilan bog‘liq barcha masalalar muqaddas va pok shariat doirasida bayon etilgan, sharhlangan va amalda tatbiq qilingan.
Hukmdor Alloh taoloning muqaddas va pok shariatini amalga oshirish uchun asosiy mas’uliyatni zimmasiga olgan shaxsdir. U o‘z hukmronligi ostidagi hududda Alloh taoloning bandalari uchun yanada yaxshi hayot, farovonlik, ijtimoiy adolat va taraqqiyotni ta’minlash maqsadida Parvardigor shariatining hukmlarini tatbiq etishga mas’uldir. Amirulmo‘minin hazratlarining oliy farmonlari ijtimoiy hayot va adolat borasida o‘ziga xos namuna hisoblanadi. Biz ularni qisqacha bir necha sarlavha ostida bayon qilamiz.
Shariat
Amirulmo‘minin hazratlari o‘z farmonlarida shariatni sharhlash va tatbiq etishni ustuvor vazifa qilib belgilaganlar. U zot Alloh taoloning Kalomi poki va Nabaviy hadislar ko‘rsatmalarini xalq tushunadigan sodda, ravon va manfaatlarni ko‘zlagan tilda sharhlab, buzuq, nomaqbul hamda shariatga zid ishlardan qaytarganlar.
Adolat
Amirulmo‘minin hazratlari o‘z farmonlarida adolatning barcha jihatlarini to‘liq ma’noda va eng yaxshi shaklda e’tiborga olganlar. U zot shaxsiy, hududiy va tilga oid taassublarning hamda o‘zboshimchalik bilan ish yuritishning oldini olib, adolatli hukmdorlik yo‘lini ochganlar va mazlumlar hamda jabr-zulmga uchragan mahkumlarning murojaatlariga ijobiy javob berganlar. Shuningdek, shariatning asosiy talablaridan biri bo‘lgan adolat tamoyilini ustuvor o‘ringa qo‘yganlar.
Ijtimoiy hayot
Amirulmo‘minin hazratlari inson hayotining seryumush va murakkab holatini inobatga olib, Islom ta’limotlari asosida, insoniy ehtiyojlarni hisobga olgan holda sog‘lom, mustaqil va har tomonlama mukammal hayotning barcha tamoyillarini o‘z fuqarolari uchun keng qamrovli va mukammal bir hujjatda bayon qilganlar.
U zot hayotning har bir sohasi bo‘yicha o‘z farmonlari asosida puxta o‘ylangan, muvozanatli va aniq ko‘rsatmalar berganlar. Ushbu ko‘rsatmalarni tatbiq etish orqali bugungi davrda mavjud bo‘lgan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha fitnalarning oldi olinadi.
Iqtisodiyot va siyosat
Shayx hazratlari iqtisodiyotga hayotning muhim jihatlaridan biri sifatida e’tibor qaratib, jamiyatning har bir tabaqasi ehtiyojlari va zaruratlarini inobatga olganlar. U zot o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan iqtisodiyotni barpo etish yo‘lida keng qamrovli sa’y-harakatlar olib borganlar hamda nojoiz savdo-sotiq va muomalalarning oldini olish uchun bor kuch-g‘ayratlarini sarflaganlar.
Shuningdek, barcha jihatlari shariat mezonlari asosida baholangan keng qamrovli va mukammal farmon hamda ko‘rsatmalar chiqarganlar. Ularni amalga oshirish insoniyat jamiyatini ezgulik, o‘zaro manfaatdorlik va iqtisodiy mustaqillik sari yo‘naltiradi.
U zotning siyosati ham butun dunyoda o‘ziga xos va kamyob namuna hisoblanadi. Makka fathining tarixiy ruhini qayta namoyon etdilar, dunyo bilan munosabatlarda Islomiy ko‘rsatmalarni sharhladilar, qullik va boshqalarning irodasiga qaramlik siyosatini bekor qildilar hamda butun dunyoga Islom tinchlik, yarashuv, mazlumlarni himoya qilish, haqni qaror toptirish va zolimga nisbatan adolatni amalga oshirish tizimi ekanini ko‘rsatdilar.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, qalblar yetakchisining har bir farmoni shariatning sharhidir. Bu farmonlar Islomiy tuzumning yashirin qolgan, unutilgan, buzib ko‘rsatilgan va mustamlakachilik ta’siriga uchragan ijtimoiy, xalqaro, iqtisodiy hamda siyosiy tamoyillarini o‘z xalqiga go‘zal va ravon shaklda taqdim etib, ularni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan barcha tomonlarga zarur ko‘rsatmalar bergan.
Shuningdek, ushbu farmonlarni yanada samarali amalga oshirish va ijrosini nazorat qilish maqsadida to‘liq vakolatlarga ega bo‘lgan alohida idora tashkil etganlar. Mazkur idora har bir boshqaruv tuzilmasi doirasida faoliyat yuritadi va barcha faoliyati yuzasidan hisobotlarni rahbariyatga taqdim etadi.












