Jamil Akbar
Afg‘onistonga chuqur baho berish faqat shu mamlakatning tarixiy haqiqatini e’tiborga olganda mumkin bo‘ladi; chunki bu tarixiy haqiqatdirki, Afg‘oniston dunyodagi shu mamlakatlardandirki:
doimo dunyoning buyuk va zolim imperiyalarini mag‘lub qilgan (Britaniya, Sovet Ittifoqi, AQSh)
ba’zan o‘zi ham taraqqiy etgan bir imperiya bo‘lgan;
aksar davrlarda jang maydoni bo‘lgan bo‘lsa ham, o‘zligini saqlab qolgan.
Bu misollar Afg‘onistonning oltin tarixidan buyuk saboqlardir va yaqqol ko‘rsatadiki:
«Bu millat qudratli millatdir; hech qachon zaiflikni qabul qilmaydi va agar o‘z holiga qo‘yilsa, madaniy o‘zgarishlar yaratadi».
Shuningdek, Afg‘onistonga chuqur baho berish musulmon afg‘on millatining qudratini o‘rganish orqali ham amalga oshadi. Bu nuqtai nazardan qaraganda, afg‘on millati dunyoning kuchli millatlaridan biri sanaladi:
1- Harbiy qarshilik
Dunyo tarixida bitta asr ichida ketma-ket uchta global qudratni mag‘lub qilgan, shuningdek, yuz yillik inqirozlarga qaramay o‘zligini yo‘qotmagan boshqa millat yo‘q.
2- Afg‘onlik o‘zlig‘i
Din, g‘ayrat, an’analar, til va qishloq birligi afg‘on musulmon xalqining o‘zligini tashkil qiladi. Kulturaviy bosimlar va og‘ir ta’sirlarga qaramay bu millat asl rangini o‘zgartirmagan yagona millatlardan biridir.
3- Yosh aholi va kuchli inson resurslari
Afg‘oniston aholining 75% dan ortig‘i 30 yoshdan kichikdir jahon bilan taqqoslanganda jasoratli, faol va mehnatkash avlod.
4- Strategik geografiya
Afg‘oniston dunyo xaritasida shunday nuqtada joylashganki:
Markaziy Osiyoning energiya manbalari,
Janubiy Osiyoning iqtisodi,
Arab dunyosining ta’siri,
Xitoy va Rossiyaning geostrategik qudrati
bir-biriga aynan shu yerda ulanadi.
Bu tabiiy mavqe Afg‘onistonni geosiyosiy kuchga aylantiradi.
5- Davlatlarning zaifligi
Afg‘onistonda markaziy hukumat doimo zaif bo‘lgan. Etnik raqobatlar, mahalliy qudrat egalari va davlat qonunlarini qabul qilmaslik kuchli davlat shakllanishiga doim to‘sqinlik qilgan.
Sanoatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sektorining rivojlanmaganligi, eksportning sustligi, qishloq xo‘jaligining yomon holati Afg‘onistonni xayriya va tashqi yordamga tayanadigan davlatga aylantirgan edi.
Yuz yillik tartibsizlik, korrupsiyaning kengayishi, malakali kadrlarning yo‘qolishi yoki tarqalishi islohotlarning oldini olgan.
Milliy fikrning zaifligi Afg‘onistonni siyosiy bo‘linishlar, etnik raqobatlar va mintaqaviy ta’sirga asoslangan urushlarga qurbon qilgan.
6- Imkoniyatlar xaritasi
Afg‘onistonda litiy (lithium), oltin, mis va noyob elementlar kabi ulkan tabiiy boyliklar mavjud bo‘lib, umumiy qiymati 1–3 trillion dollar deb baholanadi.
7- Mintaqaviy tranzit
CPEC, CASA-1000, TAPI, Lapis Lazuli, North–South Corridor kabi loyihalar to‘g‘ri boshqarilganida Afg‘oniston mintaqa savdosining markaziga aylangan bo‘lardi.
8- Qishloq xo‘jaligi va energiya
Afg‘oniston katta suv resurslariga ega. Afg‘on zafaroni, bodomi, chillag‘ozi (jalghoza) va asali jahon bozorlarida qimmatli mahsulotlardir. Quyosh va shamol energiyasi bo‘yicha katta salohiyat mavjud.
9- Iqtisodiy ehtiyoj
Afg‘oniston iqtisodi mustahkam bo‘lmaguncha siyosiy barqarorlik barqaror bo‘la olmaydi.
10- Fikr va madaniyat maydonidagi jang
Afg‘on musulmon xalqining o‘zligi doimo madaniy hujumlar, sekulyarizm loyihalari, ideologik bosimlar, tashqi propagandalar orqali nishonga olingan.
11- Ichki siyosiy kelishmovchiliklar
Afg‘onistonda ichki siyosiy nizolar doimo paydo bo‘lgan va ular eng xavfli ichki taranglik bo‘lib, tashqi aralashuv uchun eshik ochgan.
12- Umumiy natija
Hozirgi holat va tizimdan oldin Afg‘oniston shunday bir mamlakat edi:
turg‘un va qudratli millatga ega edi,
lekin hukumatlari zaif edi.
Agar xalq qudrati va davlat tartibi birga bo‘lganida, Afg‘oniston ancha oldin mintaqaning qudratli davlatlaridan biriga aylangan bo‘lardi. Afg‘oniston kuchsiz yoki umidsiz emas edi u tartibsiz edi.
Ammo bugun Afg‘oniston:
tartibga ega.
qudrat topish uchun uzoq muddatli strategik rejalarga amal qilmoqda.
iqtisodiy, istixboriy, xavfsizlik va fikriy siyosatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqmoqda.
barcha qadamlari chuqur tarixiy tahlil asosida qo‘yilmoqda.
etnik raqobat, mahalliy kuchlar va qonunlarni tan olmaslik yo‘q qilingan.
iqtisodiy o‘sish, sanoat harakati va ishlab chiqarish sektori jonlanmoqda.
qishloq xo‘jaligi har kun rivojlanmoqda.
tashqi yordamga tayanishdan ichki iqtisodga o‘tish boshlanmoqda.
idoralar tartibga kirib bormoqda.
tartibli davlat boshqaruvi tiklanmoqda.
korrupsiya yo‘q qilingan.
malakali kadrlar qayta jalb qilinmoqda.
siyosiy bo‘linishlar, etnik raqobat va mintaqaviy vositachilik urushlaridan qutulmoqda.
imkoniyatlar xaritasi ishlab chiqilmoqda.
litiy, oltin, mis va noyob elementlar qazib olish boshlanmoqda.
mintaqaviy tranzit faollashgan.
CPEC, CASA-1000, TAPI, Lapis Lazuli, North–South Corridor to‘g‘ri boshqarilmoqda.
Afg‘oniston mintaqa savdosining yuragiga aylanmoqda.
katta suv resurslari nazorat ostiga olinmoqda.
zafaron, bodom, jalghoza, anor, olma, mevalar va asal uchun jahon bozorlarida imkoniyatlar ochilmoqda.
quyosh va shamol energiyasi bo‘yicha keng imkoniyatlar mavjud.
tahdidlar xaritasi aniqlanmoqda.
Afg‘oniston istixboriy qamal halqasidan chiqqan.
qo‘shni davlatlarning strategik manfaatlari muvozanat siyosati asosida tartibga solingan.
mintaqaviy raqobatlardan uzoq turilgan.
global iqtisodiy tiklanish yo‘lida qadamlar tashlanmoqda.
siyosiy barqarorlik mustahkamlanmoqda.
fikriy va madaniy janglarga qarshi himoya kuchaygan.
musulmon afg‘on millatining o‘zligi himoya qilinmoqda.
sekulyarizm, tashqi propaganda va mafkuraviy hujumlarga qat’iy javob berilmoqda;
ichki siyosiy ziddiyatlar bartaraf etilgan.
tashqi ta’sir eshiklari yopilgan.
Bu o‘zgarishlar hozirgi Afg‘oniston hukumatining qat’iyatli va intensiv harakatlari natijasida juda qisqa muddatda amalga oshgan va davom etmoqda, inshaalloh.
Va aynan shu yutuqlar qo‘shnilar uchun chidab bo‘lmas darajadagi taraqqiyotdir.












