Al-Qoida mahalliy bo‘limi G‘arbiy Afrika va Sahel hududida bir qator operatsiyalar davomida ikki nafar “xorijiy” daishchilarni o‘ldirganini ma’lum qildi.
“Az-Zalaqa”, Jama’at Nusrat al-Islam wal-Muslimin (JNIM)ning media manbasi, dushanba (9-dekabr) kuni Burkina-Fasoda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda ikki nafar daishchi halok bo‘lganini xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, bu jang “Dadil” hududi, “Dori” shahrida bo‘lib o‘tgan va natijada ikki nafar daishchi halok bo‘lgan, ularning qurollari va to‘rtta mototsikli ham qo‘lga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jama’at Nusrat al-Islam wal-Muslimin G‘arbiy Afrikada (Mali, Burkina-Faso va Niger) va Sahel hududida faoliyat yurituvchi Al-Qoida bo‘limi bo‘lib, «Al-Qoida Mag‘rib Islomiy tashkiloti» tarkibida faoliyat ko‘rsatadi. Lekin, xuddi Afg‘onistonda bo‘lgani kabi, G‘arbiy Afrika va Sahel hududida ham IShIDguruhi Al-Qoida uchun asosiy dushman bo‘lib, uning faoliyatiga to‘siq yaratmoqda.










