Bashir Ahmad
Ummatlar o‘z izzat va sharafat yo‘lida barqaror qoladilar, agar ularning yosh avlodi uyg‘oq, sharif va diniy hamda milliy qadriyatlarga bog‘liq bo‘lsa. Yosh avlod har bir millatning tayanchi. Agar afg‘on yigit qudratli mo‘min va hushyor bo‘lsa Afg‘oniston izzat adolat va taraqqiyot yo‘lida barqaror qoladi.
Tariximiz shijoatli bahodirlar, ulamolar va kurashchi rahbarlarning nomlari bilan to‘la. Ahmadshoh Boboning tig‘dagi g‘alabalari Mirvois Nikaning siyosiy basirati din ulamolarining qalamdagi qudrati va mujahidlarning qurol sadolari bularning bari bu millatning mag‘lub etilmas tarixidagi porloq sahifalardir. Afg‘on yigit bilmog‘i kerakki u hech qachon qullikni qabul qilmagan millatning vorisidir.
Islom ummatining qudrati yoshlarning diniy tarbiyasi va sobitligida mujassam. Parvardigorning bandaligida mustahkam turgan oilasining obro‘sini asragan va vataniga xizmatda sobit bo‘lgan yigit Allohning huzurida yuksak maqomga ega dini va millati uchun sharaf mash’alasi bo‘ladi.
Bizning rahbarlarimiz fidoyilik timsolidir. Iymon barakasi ila ular shijoatdan benazir saboq berdilar. Ahmadshoh Boboning nomi izzat timsoli Mirvois Nikaning nomi ozodlik xotirasi Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohid shijoat yodgorligi, shahid Mulla Axtar Muhammad Mansur esa fidoyilik va sobitlik timsolidir. Yosh avlod bu peshvolarning tarixini o‘qishi undan ibrat olishi va hayotini ularning shonli qissalari asosida qurishi lozim.
Jihod tarixi biz uchun izzat va hushyorlik manbai. Vatan ozodligi uchun qonlarini to‘kkan mujahidlar bizning kelajak faxrimizdir. Yosh avlod bilmog‘i kerakki ilm o‘rganish, dinni targ‘ib qilish haqqi so‘zlash va ummatga xizmat qilish ham jihodning muqaddas shakllaridir.
Bizning dinimiz adolat, izzat va birodarlik dini. Yoshlar zimmasiga vojibdirki, o‘z mazhabining ahkomlarini yaxshi o‘rgansinlar din ulamolarining saboqlaridan bahra olsinlar va islomiy qadriyatlarning chin posbonlari va xizmatkorlari bo‘lib qolsinlar.
Bugun afg‘on yigitlari fikriy hujumlarning birinchi safida turibdi. Internet to‘lqini, madaniy bosqin va begona targ‘ibot faqat shunda befoyda bo‘ladi agar yigit o‘z diniy e’tiqodida sobit tursa vatan sharafi va nomusida beparvo bo‘lmasa va shahidlarning qonining qadrini anglasa.
Har bir yigit zimmasida uch buyuk mas’uliyat bor:
- Parvardigorga bandalik va uning buyruqlariga itoat;
- Vatanni xizmat bilan sharaflash;
- Odamlarga nisbatan yaxshilik va adolatni ado etish.
Kim bu uch mas’uliyatni ado etsa u o‘z jamiyatining haqiqiy bahodiri hisoblanadi va tarix sahifalarida sharafli o‘rin egallaydi. Ilm o‘rganish yoshlarga quvvat beruvchi eng katta quroldir; lekin bu ilm faqat dunyoviy hayot uchun bo‘lmasin, balki diniy basirat, milliy uyg‘oqlik va axloqiy quvvat nuri ostida ishlatilishi lozim. Ilmni iymon va xizmat yo‘lida sarflagan yigit jamiyat kelajagining umid chirog‘idir.
Bas ey Afg‘oniston yigitlari! Sen iymon mash’alasi izzat posboni va kelajak me’morisan. Ahmadshoh Boboning shijoatini Mirvois Nikaning basiratini Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohidning sobitligini va shahid Mulla Axtar Muhammad Mansurning fidoyiligini unutma. Shahidlarning qonini qalbingda saqla, diningni ixlos bilan itoat qil va o‘z mazhabing (Hanafiya mazhabi) xizmatida mustahkam tur. Allohning yordami ila sen o‘sha kimsanki, ummating kelajagini izzat va sharaf sari yo‘naltira olasan.