Soroush Niksir
Barqaror bo‘lmagan iqtisod – Nega moliyaviy manbalar(ISHID) DAIShni qutqara olmadi?
DAISh(ISHID) ekstremistik guruhi o‘zining qudrat cho‘qqisida “barqaror xalifalik” qurilganini da’vo qilib, talon-taroj va terrorga asoslangan murakkab iqtisodiy tizim yaratdi. Ammo bu zo‘ravon va beqaror iqtisod, oxir-oqibat bu guruhning qulashiga to‘sqinlik qila olmadi. Ushbu maqolada DAISh(ISHID)iqtisodiyotining ikki asosiy tayanch ustuni — “neft daromadlari va talonchilik” hamda “chet el yordamlariga suyanish” tahlil qilinadi va bu manbalar nima uchun(ISHID)DAIShning omon qolishini ta’minlay olmaganiga izoh beriladi.
Neft daromadlari va talonchilik:
Neft va talonchilik DAISh(ISHID) uchun juda foydali daromad manbai bo‘lgan, biroq bu asos chirigan va beqaror edi. Qarshilik ko‘rsatgan kuchlar bilan yuz bergan eng kichik to‘qnashuv ham bu manbalarni yiqitgan va DAISh(ISHID)rahbarlari va a’zolari uchun hech qanday foyda qoldirmagan. DAISh(ISHID) 2014 yildan 2016 yilgacha Iroq va Suriyadagi neft konlarini nazorat qilib, tarixdagi eng boy ekstremistik guruhga aylangan bo‘lsa-da, bu boylik va hashamat uni tez orada yiqitdi. Neft savdosi, banklarni talash va pora olish orqali olingan katta daromadlar urushni davom ettirish uchun tugamaydigan turtki bo‘lib tuyulgan edi, ammo bu urush iqtisodi shunchalik chirigan asoslarga qurilgandiki, oxir-oqibat guruhni qulash sari olib bordi.
(ISHID)DAIShning neft daromadlari sezilarli bo‘lgan bo‘lsa-da, asosan kontrabanda va qora bozor savdosiga tayangan. Ular nazorat ostidagi hududlardan kuniga 30–40 ming barrel neft qazib chiqarar, uni juda arzon narxda, ya’ni 15 dan 40 dollargacha bo‘lgan bahoda mahalliy vositachilarga sotardi. Bu neftning asosiy xaridorlari — kurd, turk va hatto isroillik kontrabandachilar tarmog‘i bo‘lib, ular neftni Turkiya chegaralari orqali xalqaro bozorlarga chiqarardi.
Bu noqonuniy savdo tizimi chegara qo‘riqchilarga pora berish va ayrim mahalliy rasmiylarning korrupsiya orqali hamkorligi asosida davom etgan. Biroq bu daromadlar hech qachon barqaror bo‘lmagan. Xalqaro koalitsiya tomonidan amalga oshirilgan bosqichma-bosqich havo hujumlari (ISHID)DAIShning vaqtincha neftni qayta ishlash zavodlarini nishonga olib, neft yetkazib berish zanjirini buzdi. Bundan tashqari, 2014–2015 yillardagi global neft narxining tushib ketishi bu savdodan olinayotgan foydani keskin kamaytirdi. O‘z neftini juda arzon sotgan DAISh(ISHID) narxlarning tushishi bilan ozgina daromaddan ham mosuvo bo‘ldi.
Talonchilik ham DAISh(ISHID) uchun boshqa bir daromad manbai edi, ammo bu nafaqat foyda bermadi, balki guruhni ichkaridan yemira boshladi. Masalan, ular Musul kabi shaharlarni bosib olib, banklardan millionlab dollar o‘g‘irladi va savdogarlar hamda dehqonlarga og‘ir soliqlar solib, g‘aznasini to‘ldirdi. Biroq bu usullar faqat qisqa muddatli samara berdi. Talonchilik zaxiralari tugab borar, xalq esa tobora ko‘proq qarshilik ko‘rsatar edi. Bundan tashqari, DAISh(ISHID) odamlarning mol-mulkini musodara qilib, mahalliy aholining ko‘z o‘ngida har qanday qonuniylik asosini yo‘qotdi va o‘zini shunchaki o‘ljaga chanqoq qonxo‘r yirtqich sifatida namoyon etdi.
Bu holatlar natijasida dunyo shuni tushundi: DAISh(ISHID) aslida Islomni yomon ko‘rsatish uchun bahona bo‘lgan, “xalifalik orzusi” bilan yuruvchi bir to‘da yollanma qotillar edi. Agar ba’zilar ularni qisman qonuniy guruh deb bilgan bo‘lsa ham (garchi aslidagidek qonuniyliklari bo‘lmagan), bu obro‘ butunlay yo‘q bo‘ldi. Endi odamlarning ongida DAISh(ISHID) faqat zo‘ravonlik, talonchilik, qon to‘kish va oxir-oqibat o‘zini yemirib yuborgan dahshatli bir mahluq sifatida qoldi.
Chet el yordamlariga tayanganlik:
(ISHID)DAIShning chet el yordamlariga suyanishi ham uning iqtisodiy qulashida ikki tomonlama rol o‘ynadi. Bu guruhning dastlabki yillarida Qatar va Quvayt kabi ayrim mintaqaviy davlatlardan moliyaviy yordam olgan. Ammo ekstremizmning kuchayishi, vahshiy zo‘ravonliklar va xalqaro e’tiborning oshishi bilan bu yordamlar qisqara boshladi. DAISh(ISHID) a’zolari va ularning yovuz homiylari tomonidan sodir etilgan yovvoyi jinoyatlar hatto sobiq homiylarni ham xalqaro bosimdan qo‘rqib yordamni to‘xtatishga majbur qildi. Vaqti bilan chet el yordamlariga tayangan va bemalol begunoh odamlarni o‘ldirgan DAISh(ISHID) bir zumda moliyaviy izolyatsiyaga tushdi.
Ichki daromadlar orqali bu yo‘qotishni qoplash harakati ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki(ISHID)DAISh nazorati ostidagi iqtisod hech qachon haqiqiy boylik ishlab chiqarishga qodir emas edi. Ushbu iqtisodiy inqiroz(ISHID) DAIShni o‘zi boshqalarga ravo ko‘rgan fojiali taqdirga olib bordi. Oxir-oqibat bu guruh butun dunyo g‘azabining changalida qulab tushdi va yo‘q bo‘ldi.
Xulosa:
Xavorij DAISh(ISHID) guruhi iqtisodiyoti kontrabanda va talonchilikka asoslangan edi va bu tizim qulab tushdi. Ochonki bu kabi beqaror iqtisod, tashqi bosimlar va ichki qonuniylikning yo‘qligiga qarshi tura olmaydi. Tan olish kerak: DAISh(ISHID)Xavorij iqtisodi ilk kundan boshlab halokatga mahkum bo‘lgan edi. Bu iqtisod xuddi yumshoq qum ustiga qurilgan bino misolida edi: qisqa muddatda yaltirab ko‘ringan bo‘lsa-da, ilk harbiy bo‘ron bilan qulab tushdi va undan asar ham qolmadi.