Iqbol Hamzah
Uchinchi sabab – Pokiston razvedka tashkilotlarining sharmandaligi va ojizligi
Pokistonning qulashi yo‘lida bo‘lishining uchinchi sababi bu mamlakat razvedka idoralarining sharmandali ahvoli va zaifligidir. Pokistonning maxfiy xizmatlari o‘tmishda asosan targ‘ibot vositasi sifatida ishlagan, amalda esa ularning kuchi va samarasining asl qiyofasi endi nafaqat Pokiston xalqi, balki ularning raqiblari uchun ham ayon bo‘ldi.
Yillar davomida Pokiston xalqi ongiga reklama va propaganda orqali shunday fikr singdirilgan edi: go‘yoki Pokistondagi har uchinchi odam harbiylar yoki hukumatning josusi hisoblanadi.
Xalq shunday qo‘rquv muhitida saqlanib kelingan ediki, har qanday xavfsizlik hodisasi sodir bo‘lsa, darhol: (Bu ish albatta ISIning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan) deb aytilardi.
Odamlarning ongi ISI ta’siri ostida shu darajada bo‘lganki, ular bu tashkilotning ko‘zidan hech narsa yashirin qolmaydi, deb ishonishgan.
Umumiy tasavvur shunday edi: go‘yoki ISI mamlakat va xalq ustidan to‘liq nazoratga ega, unda hech qanday korrupsiya yo‘q va u butun faoliyatini xalq manfaati yo‘lida amalga oshiradi.
Ammo so‘nggi besh-olti yil ichida Pokistonlik Tolibon harakati va Beluj ozodlik harakatlari ISI propagandasini fosh qildi. Xalq endi anglab yetdiki, ISI aslida faqat targ‘ibot tashkiloti bo‘lib, uning ichida yuqori lavozimli amaldorlarning poraxo‘rligi va aysh-ishrat hayoti to‘lib-toshgan.
Ular mamlakat manfaatlarini emas, o‘z shaxsiy foydalarini ustuvor qo‘yishadi; tunu kun Pokiston xalqining taqdirini savdoga qo‘yish bilan mashg‘ul. Ularning jasorati va uyatsizligi shu darajaga yetdiki, hatto dunyoning eng zolim davlatlaridan biri Isroil bilan ham yashirin aloqalar va bitimlar o‘rnatishgan.
Razvedka idoralarining xalq sha’ni va nomusiga qilgan ko‘plab zulmlari shuni yanada ravshan ko‘rsatdiki, ISI xalq manfaati uchun ishlaydigan tashkilot emas.
Avvallari ISI kimnidir nohaq o‘ldirsa, xalq: (Bu odam albatta aybdor edi, chunki ISI hech qachon bekordan zulm qilmaydi) derdi.
Ammo bu qarash endi o‘zgardi. Bugun Pokiston aholisi biladiki, ISI o‘z shaxsiy manfaatlari va xorijiy davlatlarning rejalarini amalga oshirish uchun begunoh insonlarni o‘ldiradi.
Razvedka idoralarining eng katta yolg‘oni ham fosh bo‘ldi ular (Pokiston armiyasi dunyodagi eng qudratli armiya deb da’vo qilardi.)
Endilikda xalqning ISIdan bo‘lgan qadimgi qo‘rquvi yo‘qoldi, odamlar orasida jasorat va jur’at paydo bo‘ldi. Ular o‘z haq-huquqlarini talab qilishni, haq bilan nohaqni farqlashni o‘rganishdi.
Bu o‘zgarish qurolli muxolif kuchlarga yangi imkoniyat yaratdi ular xalqning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘ldilar.
Aynan mana shu sababdan bugun Pokiston harbiy rejimiga qarshi o‘limli bo‘ron ko‘tarilgan, bu bo‘ron hukumatni qattiq xavotirga solgan. Ammo u haqiqatni tan olish va o‘z xatti-harakatlarini qayta ko‘rib chiqish o‘rniga, mag‘lubiyatlari uchun hamon qo‘shni davlatlarni ayblashda davom etmoqda.
