Xalil
Pokiston mintaqadagi yirik davlatlardan biri sifatida turli xalqlar va elatlardan tashkil topgan mamlakatdir. Bu xalqlar uzoq yillar davomida bir-birlari bilan hamjihatlik tinch-totuvlik va birodarlik ruhida yashab kelganlar. Ularning o‘rtasidagi bu yaqinlik va birodarlik tarixiy hamda tabiiy ehtiyojlardan kelib chiqqan bo‘lib bugungi kunda ham davom etmoqda. Ammo buning aksiga o‘laroq ushbu mamlakatdagi hukmron harbiy va avtoritar rejim doimo bu xalqlar o‘rtasida bo‘linish va kelishmovchiliklar yaratishga urinib kelgan ya’ni mashhur ibora bilan aytganda «loyqa suvda baliq tutishga» harakat qilgan.
Ushbu maqolada avvalo mazkur noto‘g‘ri siyosatning ayrim dalillari va amaliy misollari ko‘rib chiqiladi so‘ngra Pokiston rejimi bunday rejalardan qisqa va uzoq muddatda qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani hamda uning oqibatlariga to‘xtalib o‘tiladi. Ayrim tahlilchilarning fikrichi Pokiston rejimining yangi loyihasida sobiq arbakiylar va buzg‘unchi unsurlar balujlar hamda pushtunlarga qarshi qo‘llanilmoqda. Ya’ni Pokiston ataylab ushbu ikki yirik xalq o‘rtasida nizo va adovat paydo qilishga intilmoqda.
Garchi Pokiston rejimi o‘zini xalq ovozi bilan shakllangan va xalq tomonidan saylangan tizim sifatida ko‘rsatsa-da haqiqat shundaki bu mamlakatdagi barcha hukumatlar faqat tashqi ko‘rinishda fuqaroviy bo‘lgan haqiqiy hokimiyat esa doimo harbiy tuzilma qo‘lida qolgan. Ushbu avtoritar hukmronlik Pokistondagi etnik muvozanatga jiddiy zarar yetkazgan va hatto rejim G‘arb davlatlari hamda AQSh qo‘llab-quvvatlashini olish uchun o‘zini mo‘tadil va G‘arb qadriyatlariga mos demokratiya sifatida ko‘rsatishga urinayotgan bo‘lsa-da bu soxta demokratiya ham jiddiy inqirozga duch kelgan.
Bu mamlakat tarixi etnik rahbarlarning o‘ldirilishi va yo‘q qilinishi bilan bog‘liq ko‘plab voqealarga boy. Ko‘plab insonlar «noma’lum qurolli shaxslar» tomonidan suiqasdga uchragan yoki g‘oyib bo‘lgan; ayni paytda ko‘pchilik bu kabi harakatlar harbiy rejimning rejalari doirasida amalga oshirilgan deb hisoblaydi. Keyinchalik esa ularning o‘rniga xalq oqsoqollari xalq vakillari va ijtimoiy yetakchilar sifatida ayrim shaxslar maydonga chiqarilgan aslida esa ular harbiy rejimga bo‘ysunuvchi va o‘z xalqi hamda millati manfaatlariga zid ravishda harakat qiluvchi kishilar bo‘lgan.
Pokiston rejimi doimo turli bahonalar va usullar orqali etnik nizolarni kuchaytirib kelgan. Bugungi kunda esa yangi loyiha doirasida balujlarning mustaqillik tarafdori bo‘lgan kuchlariga qarshi sobiq qochqin arbakiylar va buzg‘unchi unsurlardan foydalanib qabilaviy hududlarda tayyorgarlikdan o‘tkazilayotgan qurolli guruhlar va lashkarlar tashkil qilmoqda. Bu harakatdan ko‘zlangan maqsad ikki yirik xalq ya’ni balujlar va pushtunlarni bir-biriga qarshi qo‘yish hamda ular o‘rtasida e’lon qilinmagan urushni yuzaga keltirishdir.
Bu masala o‘z mohiyatiga ko‘ra juda katta ahamiyatga ega. Chunki balujlar va pushtunlar qadimdan birodarlik aloqalariga ega bo‘lib o‘zaro birdamlik va birlikni ifodalovchi maxsus kunlarni nishonlab kelganlar. Ularning o‘rtasidagi rishtalar shu qadar mustahkam bo‘lganki bu hatto Pokistondagi turli hukumatlar uchun ham muammo tug‘dirgan.
Ammo hozirgi Pokiston rejimi ataylab ushbu ikki xalqni bir-biriga qarshi qo‘yishga urinmoqda va na vatanga na milliy manfaatlarga bog‘liqligi bor yollanma jangarilardan bu siyosatning vositasi sifatida foydalanmoqda. Bir vaqtlar Afg‘onistonda Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hukumatlar va kuchlar safida yollanma sifatida jang qilgan o‘z xalqiga qarshi qurol ko‘targan bu shaxslar bugun ham Pokiston harbiy rejimi himoyasi va ta’limi ostida o‘z huquqlari va xavfsizligi uchun kurashayotgan guruhlar hamda kuchlarga qarshi jang qilmoqda.
Ammo harbiy rejim ularga bevosita qarshi kurashish imkoniga ega emasligi sababli bu kurashni etnik to‘qnashuv va xalqlararo nizoga aylantirishga harakat qilmoqda.
Pokiston bu harakat orqali qanday maqsadni ko‘zlamoqda?
Avvalo shuni tan olish kerakki bugungi Pokiston chuqur xavfsizlik inqiroziga duch kelmoqda. Ushbu hukumatning qonuniyligi tobora zaiflashib bormoqda va u baluj qurolli guruhlari Pokiston Tolibon harakati (TTP) hamda hatto o‘tmishda o‘zi tarbiyalagan ayrim guruhlar tahdidiga duch kelmoqda. Bu zaiflik va muvaffaqiyatsizlik endilikda xalqdan ham yashirin emas.
Shu sababli rejim bunday siyosatga murojaat qilmoqda: bir tomondan o‘z harbiy kuchlari va ittifoqchi qurolli guruhlari orasidagi yo‘qotishlarni kamaytirishni ikkinchi tomondan esa etnik mojaro va to‘qnashuvni yuzaga keltirishni maqsad qilmoqda. Natijada Balujiston, Pushtuniston masalalari hamda Pokiston Tolibon harakatining kurashi chetga surilib ularga sof etnik tus berishga urinilmoqda.
Baluj va pushtunlarning qabila oqsoqollari ziyolilari hamda ongli rahbarlari Pokiston rejimining ushbu xavfli rejasiga nisbatan hushyor bo‘lishlari kerak. Ular buzg‘unchi unsurlar va sobiq arbakiylarning pushtunlar nomidan harbiy amaliyotlar va Pokiston armiyasining bombardimonlari oqibatida ayollari bolalari va oilalari zarar ko‘rgan balujlarga qarshi qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
Ushbu nizo va urushning oldini olish nafaqat bu fitnaning barbod bo‘lishiga olib keladi balki harbiylarning noto‘g‘ri siyosati repressiv yondashuvlari va Pokiston rejimining guruhbozlikka asoslangan maqsadlarini yanada ochib beradi hamda mamlakat xalqlari va elatlari o‘rtasidagi birlik va birdamlikni saqlash uchun zamin yaratadi.












