Ubaydulloh
Islom shariati musulmonlarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini tartibga solish uchun mukammal va har tomonlama tizimni taqdim etgan. Ushbu tizimda hokimga itoat qilish va bu itoatning chegaralari Islom siyosiy fiqhining eng nozik va muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ayrim guruhlar turli nomlar ostida, diniy shiorlar niqobi bilan Afg‘onistondagi Islomiy tuzumga qarshi isyon ko‘tarayotgan bir sharoitda ushbu masalani Qur’oni Karim va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlari nuqtayi nazaridan chuqur aniq va har tomonlama o‘rganish nihoyatda zarurdir.
Asosiy savol shundan iborat: bunday harakatlar Alloh taoloning yo‘lidagi jihod hisoblanadimi yoki musulmonlarning qon to‘kilishiga sabab bo‘lib, jamiyatning xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soladigan fitnami?
Qur’oni Azimush-sha’n Alloh taologa va Uning Rasuliga sollallohu alayhi vasallam itoat qilish bilan bir qatorda, hokimga itoat qilishning asosiy tamoyilini ham bayon qilib, shunday marhamat qiladi:
أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنكُمْ
Ya’ni: Allohga Uning Rasuliga va orangizdagi ishboshi bo‘lgan zotlarga itoat qilinglar.
Albatta, bu itoat mutlaq va hech qanday shartsiz emas. Ahli sunna val-jamoatning buyuk faqihlari ta’kidlaganlaridek hokim tomonidan «kufri bavoh» ya’ni ochiq-oydin kufr sodir etilmaguncha va Islomning asosiy tamoyillari barbod qilinmaguncha unga qarshi qurolli chiqish va isyon ko‘tarish joiz emas.
Bu borada sahih nabaviy hadislarda qattiq va ibratli ogohlantirishlar kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar:
مَنْ خَرَجَ مِنَ السُّلْطَانِ شِبْرًا مَاتَ مِیتَةً جَاهِلِیَّةً
Ya’ni: Kimki o‘z hokimiga itoatdan bir qarich chiqsa johiliyat o‘limi bilan vafot etadi.
Yana Sahih Muslimda kelgan bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:
مَنْ خَرَجَ مِنَ الطَّاعَةِ وَفَارَقَ الْجَمَاعَةَ فَمَاتَ مَاتَ مِیتَةً جَاهِلِیَّةً
Ya’ni: Kim musulmon hokimga itoatdan chiqib musulmonlar jamoatidan ajralsa va shu holatda vafot etsa, johiliyat o‘limi bilan vafot etgan bo‘ladi.
Bunday ta’kidlarning asosiy sababi musulmonlarning birligini saqlash o‘zaro qon to‘kishdan va qurolli qo‘zg‘olondan tiyilishdir. Chunki hokimga qarshi qo‘zg‘olon ko‘plab hollarda hokim tomonidan sodir etilgan zulmdan ham kattaroq fasod va vayronagarchilikka olib keladi.
Imom Navaviy rahimahulloh shunday deydi: Hokim zolim bo‘lgan taqdirda ham qurolli isyon ko‘p hollarda undan-da kattaroq fasodga sabab bo‘ladi. Shu bois musulmonlar qonini asrash qurolli qo‘zg‘olondan ustundir.
Ibn Taymiya rahimahulloh ham ushbu asosga alohida urg‘u berib shariat nuqtayi nazaridan zarari foydasidan va fasodi islohidanoq ko‘proq bo‘lgan har qanday harakat man etilganini ta’kidlaydi. Chunki ichki urush ko‘plab hollarda hokimning zulmidan ham og‘irroq va zararliroq oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Albatta, bu gap zulm oldida sukut saqlash degani emas. Amri ma’ruf va nahyi munkar musulmonlarning doimiy vazifalaridandir. Hokimni islohga chaqirish va ishlarni yaxshilash qonuniy, shar’iy va tinch yo‘llar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ahli sunna faqihlari bu borada shuni ta’kidlaganlarki qurolli qo‘zg‘olon va isyon muammolarning yechimi bo‘lish u yoqda tursin yanada katta fitna eshigini ochadi. Bunday fitna begunoh insonlarning qonini to‘kadi, mamlakat tinchligi va barqarorligini izdan chiqaradi.
Qur’oni Azimush-sha’nning Hujurot surasi 9-oyatida shunday marhamat qilinadi:
وَإِن طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا
Ya’ni: Agar mo‘minlardan ikki toifa o‘zaro urushib qolsa, ularning orasini isloh qilinglar.
Bugungi Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan Islomiy tuzum Afg‘oniston xalqining katta fidoyiliklari va qurbonliklari evaziga barpo etilgan tizimdir. Bu tuzum ilohiy hukmlarni boshqa barcha narsalardan ustun qo‘yishni o‘zining asosiy tamoyillaridan biri deb biladi. Bunday tuzumga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarish «bag‘iy» ning ya’ni shar’iy hokimga qarshi isyon va itoatdan chiqishning ochiq ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Nabaviy rivoyatlarda esa bunday holatning johiliyat o‘limiga olib borishi haqida qattiq ogohlantirishlar kelgan.
Bog‘iylar, ya’ni isyon ko‘taruvchilar, har qanday chora ko‘rilishidan avval haq tinchlik yarashuv va o‘zaro kelishuvga chaqirilishlari lozim. Agar ular o‘z pozitsiyalaridan qaytmasalar Islomiy hukumat ularning fitnasiga qarshi turishi kerak. Biroq tavba qilish qaytish va isloh yo‘li ularga har doim ochiq bo‘lishi lozim.
Shu bois shar’iy hokimga qarshi qurolli isyon jihod emas, balki musulmonlar qonining to‘kilishiga, jamiyat xavfsizligi va barqarorligining yo‘qolishiga hamda tashqi dushmanlarning mamlakat ishlariga aralashuvi uchun zamin yaratilishiga sabab bo‘ladigan fitnadir.
Tarixiy tajribalar kechmishdan bugungi kungacha shuni yaqqol ko‘rsatib kelmoqdaki, musulmonlar birligini saqlash va shar’iy hokimga, u Islom doirasida faoliyat yuritar ekan itoat qilish millatning mavjudligi izzati va barqarorligining eng muhim asoslaridan biridir.














