Mustag‘fir Al Hanafiy
Pokiston armiyasi va bu mamlakat hukumati yetmish yildan buyon o‘z xalqi bilan kurashib kelmoqda. Bu kurashning asosiy omili esa Pokistonda adolatsiz boshqaruv siyosatining olib borilayotganidir. Agar Pokistonning strategik mavqei zavodlari va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga oladigan bo‘lsak bu mamlakat iqtisodiy jihatdan kuchli davlat bo‘lishi kerak edi. Biroq butun Balujiston Sind va Pushtunxva hududlaridagi konlar qazib olinib talon toroj qilinganiga qaramay harbiy rejim kundan-kunga yanada ko‘proq qarzga botib bormoqda.
Buning sababi Pokistonga pul kirmayotgani emas. Asosiy sabab bu yerda mafiya hukmronligidir. Bir tomondan mamlakatga mablag‘ kiradi u mafiya qo‘liga tushadi boshqa tomondan esa yana mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketiladi. Natijada xalq uchun hech narsa qolmaydi. Bu Pokistondagi harbiy rejimning ichki voqeligi.
Agar shunday vaziyatda Pokistonning oddiy xalqi ustidan bir mafiya guruhi hukmronlik qilayotganini anglab yetsa xalq ommaviy qo‘zg‘olonga chiqishi mumkin. Pokistonda milliy qo‘zg‘olon yuzaga kelishining oldini olish uchun mamlakatni boshqarayotgan mafiya guruhi xalqni tashqi bir masala bilan band qilib ularning e’tiborini ichki muammolardan chalg‘itishga urinadi. Shu sababli Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralar har safar qizg‘in tus olganida mafiya guruhi Afg‘onistonga hujum qiladi natijada urush boshlanib muzokaralar buziladi va barbod bo‘ladi.
Afg‘oniston bilan urush har ikki xalq uchun katta zararlar keltiradi. Biroq mafiya guruhi uchun bundan ko‘plab manfaatlar mavjud. Ulardan ayrimlarini quyida eslatib o‘tamiz:
1: Urush davom etsa mafiya guruhining zulmi istibdodi va korrupsiyasi urushning tutuni va changi ostida yashirinib qoladi.
2: Urush davom etsa mafiya guruhining «terrorizmga qarshi kurash» nomi ostidagi savdosi va manfaatlari rivojlanadi.
3: Urush davom etsa chegara hududlaridagi xalq va qabilalar urushga jalb qilinadi va mafiya guruhi ularning konlarini talon toroj qilish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.
4: Urush davom etsa, harbiy rejim ustidan hukmronlik qilayotgan mafiya guruhi o‘z o‘g‘riliklarini urush xarajatlari nomi ostida bemalol yashirish imkoniga ega bo‘ladi.
Urush sharoitida mafiya guruhi uchun bundan tashqari yana o‘nlab manfaatlar mavjud. Ularning tafsilotlariga to‘xtalmaymiz. Ammo oxir-oqibat botqog‘ga botadigan va qurbon bo‘ladiganlar har ikki tomonning oddiy va bechora xalqidir.
Har ikki davlatning musulmon bo‘lgan oddiy xalqi shuni anglashi kerakki Pokistonning Afg‘onistonga qarshi so‘nggi tajovuzlari bu mamlakat oddiy xalqining manfaati yoki istagi bilan amalga oshirilmayapti. Aksincha bular hukmron mafiya guruhining rejalari bo‘lib ular amalga oshirilmoqda va bundan keladigan manfaat ham bevosita o‘sha guruhning o‘ziga yetib bormoqda.














