Ajmal Ghaznavi
Jahon siyosatida davlatlarning kuchi nafaqat qurollar va harbiy qo‘shinlar soni bilan, balki ularning strategik aqlliligi, mintaqaviy barqarorlikdagi roli va millatlararo ishonch yaratish mahorati bilan o‘lchanadi. Ammo qachonki bir rejim barqarorlik me’morligi o‘rniga, natinchlik o‘yinlari maydoniga kirsa, uning natijasi uzoq muddatli bo‘hronlar (inqirozlar) sifatida namoyon bo‘ladi. Pokiston harbiy rejimi o‘n yillar davomida shunday bir yondashuvning timsoli bo‘lib kelgan.
Ushbu rejimning xavfsizlik tafakkurida bir xatarli g‘oya hamisha tirik saqlanib kelmoqda: mintaqaga qarshi niyobatiy (proksi) guruhlardan foydalanish. Ushbu siyosat soyasida ba’zi mutaassib tarmoqlar strategik qurol sifatida ishga solingan.
«DAISH Xavorij» kabi guruhlarning nomi mintaqadagi natinchlik tenglamalarida qayta-qayta tilga olinmoqda. Xaybar-Paxtunxva hududidagi ularning panohgohlari, o‘quv markazlari va lojistik tarmoqlari haqidagi hisobotlar, «Nima uchun bu kabi guruhlar faoliyatining oldi to‘liq olinmaydi?» degan so‘roqni kuchaytiradi.
Bu vaziyat shunchaki bir guruhning masalasi emas, balki aniq bir strategiyaning belgisidir. Qachonki afrotchi (ekstremistik) tarmoqlarga faza, panohgoh va imkoniyat berilsa, ular tezlik bilan mintaqani beqaror qilish loyihalarining bir qismiga aylanib qoladilar. Afg‘onistonga qarshi ko‘plab natinchlik rejalari shunday yashirin markazlar soyasidan bosh ko‘targan; ushbu rejalarning asosiy maqsadi barqarorlikni zaiflatish va bo‘hronni davom ettirishdir.
Biroq tarix ko‘p bor bir haqiqatni isbotlagan: natinchlik urug‘ini sepgan kuch, oxir-oqibat o‘sha natinchlik hosilini o‘zi yig‘ib oladi. Afrotchilik chegara bilmaydigan otashdir; undan siyosat quroli sifatida foydalanilganda, tezda nazoratdan chiqadi va butun mintaqa muhitini alanga oldiradi.
Afg‘onlar o‘z tarixlari davomida tazyiqlar, hujumlar va yashirin loyihalarga qarshi kurashishda katta tajribaga ega bo‘lganlar. Urush shunchaki qurollar raqobati emas; urush sabr, ishonch va aqidaga muhtojdir. Millatlar o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish va har qanday tazyiqqa qarshi turish uchun shu kuchga tayanadilar.
Bugun Pokiston nozik tarixiy bir tanlov ostonasida turibdi. Agar ushbu mamlakatning siyosiy va madaniy qatlamlari harbiy rejimning noto‘g‘ri strategiyalariga qarshi islohot talab qilmasalar; bugun shunchaki uchqunlari ko‘rinayotgan bo‘hron, ertaga chuqurroq va kengroq bo‘ladi. Zero tarix shuni ko‘rsatadiki, boshqalarni beqaror qilish uchun reja tuzgan davlatlar, tez orada o‘zlari ham beqarorlik to‘lqinlariga duch keladilar.
Mintaqaning kelajagi urush xaritasida emas, balki barqarorlik falsafasi asosida quriladi. Kimki bu haqiqatni anglasa, kelajak yo‘lini topadi; ammo kimki hali ham natinchlik olovi bilan o‘ynashayotgan bo‘lsa, o‘sha olov alangalaridan omon qolmaydi.












