Akbar Jamol
Pokiston millati o‘ziga xos ruhiy holatga giriftor qilingan bo‘lib, uni sodda tilda siyosiy va harbiy gipnoz deb atash mumkin. Bu shunday holatki, unda inson o‘zining azob-uqubati, zarari va ekspluatatsiyasini ko‘rib turadi, ammo unga qarshi fikran ham, amalda ham qarshi turish jur’atini yo‘qotgan bo‘ladi.
Masalani yanada ravshan qilish uchun shuni aytish mumkinki: mulhidlar odatda shunday da’vo qiladilar din bir turdagi nasha bo‘lib, insonni haqiqatdan uzoqlashtiradi. Ularning fikricha, dindorlar xayoliy mastlik holatida, uydirma jannat va noreal hayot bilan yashaydi hamda yer yuzidagi haqiqatlarni idrok etish qobiliyatidan mahrumdir. Bu rivoyat boshqa dinlar qatorida ayniqsa Islomga qarshi ishlatiladi. Holbuki, musulmon nuqtayi nazaridan bu gap faqat fikriy mag‘lata va mutaassiblikka qorishgan tuhmatdir.
Ammo achchiq haqiqat shundaki, bugun aynan shu “nasha” tushunchasi din haqida emas, balki davlat siyosiy va harbiy tizimi holati haqida yanada aniqroq namoyon bo‘lmoqda. Pokistonda so‘nggi 78 yil davomida shunday siyosiy-harbiy tuzilma hukmron bo‘ldiki, u doimo millatdan qurbon oldi, biroq evaziga hatto eng oddiy xizmat va imkoniyatlarni ham ta’minlab bera olmadi. Buning yaqqol namunasi iqtisodiy holatdir.
Misli ko‘rilmagan qimmatlashuv, asosiy iste’mol mahsulotlari, elektr va yoqilg‘i narxlarining ketma-ket oshishi, milliy valyuta qadrsizlanishi va tashqi qarzlarning ko‘payishi ayniqsa kambag‘al va o‘rta qatlamni chidab bo‘lmas bosim ostida qoldirdi. Bu holat ayrim insonlarni hatto o‘z joniga qasd qilishga majbur qildi. Iqtisodiy turg‘unlik, zavod va sanoat korxonalarining yopilishi sababli ishsizlik va qashshoqlik keskin oshdi va natijada oddiy inson uchun izzatli hayot kundan-kunga qo‘l yetmas orzuga aylanmoqda.
Bu iqtisodiy inqiroz bilan birga siyosiy beqarorlik ham vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Ketma-ket siyosiy mojarolar, saylov inqirozlari, saylangan hukumatlarning armiya tomonidan ag‘darilishi, ochiq va yashirin harbiy hukmronlik hamda jiddiy va samarali muloqotning yo‘qligi bularning barchasi barqaror va xalqparvar hokimiyat ustunlarini yemirib yubordi. Davlat energiyasi xalq muammolarini hal etish o‘rniga hokimiyat talashuviga sarflanmoqda, uning bevosita zarari esa oddiy xalq zimmasiga tushmoqda.
Xavfsizlik va jamoat tartibi holati ham nihoyatda tashvishlidir. Xaybar Paxtunxva va Balujiston hududlarida qurolli zo‘ravonliklar davom etmoqda, yirik shaharlarda esa ko‘cha jinoyatchiligi, ichki adovatlar, o‘g‘rilik, talon-toroj va ayollarga nisbatan ochiq zo‘ravonliklar kuchayib, fuqarolarning xavfsizlik hissini butunlay yo‘qqa chiqardi. Bir paytlar himoya ramzi bo‘lgan davlat asta-sekin xalq nazarida noma’lum va qo‘rqinchli taqdir timsoliga aylanmoqda.
Bunday sharoitda inson huquqlari masalasi ham yanada keskinlashdi. So‘z erkinligini cheklash, siyosiy faoliyatlarni taqiqlash, armiya va razvedka organlari tomonidan majburiy g‘oyib bo‘lishlar va hibslar, ommaviy axborot vositalariga bosim bular inson huquqlari tashkilotlari tomonidan ichkarida ham, tashqarida ham qayta-qayta tanqid qilinib kelinayotgan holatlardir. Bunday muhitda fikrlar xilma-xilligi xiyonat, savol berish esa isyon sifatida talqin qilinadi.
Davlat amaliyotlari va insoniy inqiroz bu ishonchsizlikni yanada chuqurlashtirmoqda. Muridke voqealari, Tiroh vodiysi va boshqa qabila hududlaridagi harbiy amaliyotlar oqibatida yuzaga kelgan qurbonlar va takroriy ko‘chishlar zarar ko‘rgan jamoalarni og‘ir ruhiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarohatlar bilan yuzma-yuz qildi. Bu omillarning barchasi xalq, armiya va davlat o‘rtasidagi masofani tobora kengaytirmoqda.
Ichki inqirozlarga qo‘shimcha ravishda tashqi va xalqaro bosimlar ham vaziyatni murakkablashtirdi. Armiya tomonidan qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarda keskinlik yaratish, urush muhiti shakllantirish va xalqaro moliyaviy institutlarning qattiq shartlari nafaqat milliy mustaqillikka zarar yetkazdi, balki uning yakuniy yukini ham oddiy inson zimmasiga yukladi. Bu haqiqatlarning barchasi aniq bir manzarani ko‘rsatadi:
Pokiston har tomonlama iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozga duchor bo‘lgan.
Shunga qaramay, savol o‘z kuchida qolmoqda:
Agar vaziyat shu darajada og‘ir bo‘lsa, nega millat sukut saqlamoqda?
Nega bu zolim institutlarga qarshi ovoz ko‘tarmayapti?
Nega ularning yoqasidan olmayapti?
Nega o‘zini bu yirtqichlarga oson o‘lja qilib qo‘ymoqda?
Fojea shundaki, bu savollarning javobi aynan avval tilga olingan mulhidlar da’vosida yashiringan. Ya’ni, ular din uchun ishlatgan ruhiy omil bu yerda yana namoyon bo‘lmoqda. Pokiston millatiga zolim hukmdorlar va harbiy institutlar tomonidan shunday singdirilganki:
agar mana shu armiya, mana shu siyosiy partiyalar va mana shu mavjud tizim qolmasa, mamlakat parchalanadi; xorijiy kuchlar hujum qiladi; davlatning mavjudligi xavf ostida qoladi va xalqning taqdiri Liviya yoki G‘azo taqdiriga bog‘lanib qoladi.
Holbuki, achchiq haqiqat shundaki, aynan shu institutlar so‘nggi 78 yil davomida o‘z millatiga iqtisodiy, siyosiy, diplomatik qirg‘in va hatto bevosita insoniy qatlomni majburan yuklab kelgan.
Boshqacha aytganda, Pokiston millatiga shunday singdirilganki, uning hayoti o‘sha qotil armiya bilan bog‘liq. Ya’ni u har lahza shunday e’tiqodda bo‘lishi kerakki, uning asosiy qo‘riqchisi aynan o‘sha qotil armiyadir.
Bu esa aynan siyosiy va harbiy gipnozdir bir turdagi aqliy nasha…
Shunday holatki, unda mazlum pokistonlik musulmon o‘z armiyasining zulmini ko‘rib turadi, ammo baribir sukut saqlaydi; unga o‘ylashga ruxsat berilmaydi: haqiqiy xavfsizlik zo‘ravon institutlardan emas, balki adolatlilik, shaffoflik va xalq ongidan tug‘ilishini anglashga yo‘l berilmaydi.
Pokistonning mazlum musulmoni o‘zida fikriy o‘zgarish jur’atini topmaguncha,
u shunday savolni bermaguncha: Nega biz bularning barchasiga chidab kelmoqdamiz?
hech qanday shior, hech bir partiya va hech bir kuch ularning taqdirini o‘zgartira olmaydi.
Chunki tarixning asosiy qoidası mutlaqo ravshandir:
fikrlash va amaliy harakatdan voz kechgan millatlar ustidan zolimlar va jabborlar hukmron bo‘ladi va ularni asta-sekin yirtib, yemira boshlaydi.














