Ajmal
Usmoniy xalifaligining qulash va zavolga yuz tutishidan so‘ng dunyoda va umuman islomiy yurtlarda islomiy tizimlar, xalifaliklar va amirliklarning qayta tiklanishiga bo‘lgan umidlar umidsizlikka aylandi. Kufr hukmronligining qaytishi dunyoni zulm, vahshat va bosqin davriga olib kirdi. Musulmon hukmdorlar va podshohlar shariatni tatbiq etish o‘rniga, kufr tomonidan yuklangan demokratiya va boshqa qonunlarga yuz burdilar. Shu sababli islomiy yurtlardagi hukmdorlar va qo‘shinlar zulm, zo‘ravonlik va talon-toroj vositasiga aylandi.
Afg‘oniston ham aynan shunday holatga duch kelgan edi. Shahar va qishloqlarning ko‘cha va yo‘llari urush boshliqlari, jinoyatchilar va bosqinchilarning qo‘g‘irchoqlari tomonidan o‘qqa tutilgan edi. Jamiyat zolim va isyonkorlar qo‘lida edi, har kim kuch va bosim ostida yashardi.
Shunday sharoitda tashqi tomondan kambag‘al ko‘ringan, ammo ichida jamiyat, xalq va ummat uchun ulkan adolat, mehr-shafqat va qudrat zaxirasiga ega bo‘lgan bir mazlum madrasa bag‘ridan Allohga tavakkal qilgan holda bir harakat ko‘tarildi. Bu harakat zulm, vahshat va bosqinni tugatish uchun madrasalardan safarbarlik (hashar) talab qildi va mavjud vaziyatni o‘zgartirishga kirishdi.
Bu kurashning boshlanishi ba’zilar uchun kulgili tuyuldi, ammo boshqalar uni qo‘llab-quvvatladi. Bir necha yillik jihod va sa’y-harakatlardan so‘ng shunday o‘zgarish yuzaga keldiki, bir asrdan keyin o‘sha “qizil chiziq” (shar’iy tizim barpo etilmasligi) buzildi va qayta tiklanish hamda izzat umidi yana jonlandi. Yerda shar’iy tizim va islomiy siyosat hukmron bo‘ldi. Bu esa kufr uchun ogohlantiruvchi signalga, yana bir superdavlatning qulashidan darak beruvchi hodisaga aylandi.
Qiziq tomoni shundaki, shunday xavfsizlik, farovonlik va osoyishtalik yuzaga keldiki, Islomning ulug‘ligi, qudrati va qadri xalq uchun amalda namoyon bo‘ldi. Jamiyatda Islom doirasida “Umariy adolat” qaror topdi.
Biroq zolimlar, mustabidlar va bosqinchilarning qadimiy dushmanligi hamda ularning islomiy tizimni qabul qila olmasligi sababli Afg‘oniston yana yigirma yil davomida bosib olindi. Natijada yurtni ozod qilish uchun yana qat’iy, sabrli va jihodiy kurashga ehtiyoj sezildi.
Yigirma yillik kurashdan so‘ng “Umar Solis” rahimahulloh lashkarlari islomiy tizimni mustahkamlash va uning siyosatini qaror toptirish bayrog‘i ostida g‘alabaga erishdilar, alhamdulillah. “Umar Solis” rahimahulloh nafaqat Afg‘oniston xalqi uchun xavfsizlik va farovonlik namunasi bo‘ldi, balki butun islom ummati uchun birlik va qayta izzat sari da’vat ham bo‘ldi. Ya’ni musulmonlar din va insoniyat ehtiyojlarini qondira oladigan tizimni barpo etishlari mumkinligini ko‘rsatdi.
Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohid rahimahulloh bir asrdan so‘ng xalifalik, amirlik va islomiy siyosatni qayta boshlash hamda uni tiklash uchun bir nom bo‘ldi.










