Ehsan
Bugungi davrda chegaralar go‘yoki shaffof devorlarga aylangan tahdidlar esa avvalgidan ham dadilroq ravishda bir mamlakat hududidan boshqasiga o‘tib borayotgan bir paytda xalqning mudofaa salohiyati faqat qurol-yarog‘ va harbiy texnika soni bilan emas balki ularning ortida turgan iymon, birlik va mustahkam iroda bilan ham baholanadi.
Bugungi kunda Afg‘oniston Islom Amirligi shunday bosqichga yetdiki u nafaqat o‘z chegaralarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga, balki tahdidlarni ularning manbalaridayoq hatto boshqa davlatlar hududida aniqlab bartaraf etishga ham qodir. Aynan mana shu xususiyat Afg‘onistonni zaif davlatdan mintaqadagi to‘suvchi va yetakchi kuchga aylantirdi.
Pokistondagi Xavorij-IShID markazlariga qarshi yaqinda amalga oshirilgan havo amaliyoti shunchaki harbiy operatsiya emas balki yangi Afg‘onistonning amaliy namoyoni bo‘ldi. Shariat asosidagi mustahkam tuzum soyasida Afg‘oniston shunday qudrat va salobatga erishdiki u dushmanlarning rejalarini nafaqat o‘z chegaralari ortida balki ularning istehkomlari ortida ham barbod qila oladi.
Islom Amirligi yaxshi anglab yetdiki barqaror xavfsizlik chegaralar ortida kutish bilan emas balki tahdidlarni ularning inlarigacha quvib borib yo‘q qilish orqali ta’minlanadi.
Ushbu strategik o‘zgarish mamlakatning harbiy va razvedka salohiyati yuksalganini ko‘rsatadi hamda bugungi Afg‘oniston mintaqaviy muvozanatni shakllantiruvchi o‘yinchi ekanini uning qurboni emasligini isbotlaydi.
Bugun Islom Amirligi tayanayotgan kuch ikki asosiy omilga suyanadi. Birinchisi iymon va shariat tamoyillariga tayanganlik bo‘lib bu tizimga qonuniylik va xalq orasida maqbullik bag‘ishlagan.
Ikkinchisi esa mustaqillik va o‘ziga tayanish tufayli qo‘lga kiritilgan ilmiy texnik va razvedka salohiyatidir. Aynan iymon bilan qudratning uyg‘unligi Islom Amirligini Afg‘onistonning avvalgi tuzumlari, hatto mintaqadagi ayrim boshqa tizimlardan ham ajratib turuvchi asosiy omildir.
Ko‘plab davlatlar ichki kamchiliklarini chet el yordami bilan yashirishga urinayotgan bir paytda Afg‘oniston bugun mo‘min va malakali yoshlarining sa’y-harakatlari bilan milliy xavfsizlik poydevorini yanada mustahkamlamoqda.
Shariat asosida boshqarilayotgan tizim harbiy qudratdan faqat mudofaa uchun foydalanmaydi balki uni inson qadr-qimmati hududiy yaxlitlik va milliy mustaqillikni himoya qilishning samarali vositasi deb ham biladi.
Qur’oni karim musulmonlarni nafaqat kuchli bo‘lishga balki har tomonlama tayyor turishga ham chorlaydi. Alloh taolo Anfol surasida shunday marhamat qiladi:
وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ وَمِنْ رِبَاطِ الْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِ عَدُوَّ اللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ
Ya’ni:
Ularga qarshi qo‘lingizdan kelganicha kuch va jangovar vositalarni tayyorlab qo‘yinglar. Shu bilan Allohning dushmanlarini va o‘z dushmanlaringizni qo‘rqitasizlar.
Bu oyat mo‘minlarni o‘z qudratini mustahkamlash va to‘suvchi salohiyatni yaratishga ochiq-oydin da’vat etadi hamda Islomda harbiy kuch rad etilmasligini, balki islomiy tuzumning diniy va milliy mas’uliyatlaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
Bugun Islom Amirligi aynan shu ilohiy ko‘rsatma asosida harbiy qudratini tinchlik va xavfsizlik xizmatiga safarbar etganini hamda undan musulmonlarning jonini, molini va sha’nini himoya qilish yo‘lida foydalanayotganini namoyish etdi.
Bugungi Afg‘oniston endi eng kichik tahdid qarshisida ham o‘zini himoya qila olmaydigan chet elliklarga muhtoj zaif mamlakat emas. Bugun bu yurtning iymonli va jasur yoshlari iymon va zamonaviy bilim quroli bilan qurollanib, mintaqadagi ko‘plab muvozanatlarni o‘z mamlakati foydasiga o‘zgartirmoqda.
Ular shuni isbotladilarki, agar tahdid hatto qo‘shni davlatlar hududida ham shakllansa, Afg‘oniston u o‘z chegaralariga yetib kelishidan oldin uni manbasidayoq yo‘q qila oladi. Bu salohiyat nafaqat harbiy ustunlik balki Islom Amirligining razvedka imkoniyatlari va strategik tafakkuri yuksalganining ham ifodasidir. Aynan shu xususiyat Afg‘onistonni mintaqada e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan kuchga aylantirdi.
Albatta bu qudrat hech qachon tajovuzkorlik ma’nosini anglatmaydi. Islom Amirligi ko‘p bora ta’kidlaganidek, bu salohiyatlarning maqsadi milliy suverenitet hududiy yaxlitlik va xalq xavfsizligini himoya qilishdir. Har bir davlat tahdidlarga qarshi o‘zini himoya qilish huquqiga ega va Afg‘oniston ham ana shu qonuniy huquqdan foydalanadi.
Muhimi shundaki Islom Amirligi bu huquqni islomiy va insoniy tamoyillar doirasida, aniqlik, hushyorlik hamda aniq nishonga olish tamoyili asosida qo‘llaydi va hech qachon bu qudratning zulm yoki tajovuz vositasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Xulosa qilib aytganda Islom Amirligi o‘zining harbiy va xavfsizlik salohiyatiga tayangan holda Afg‘oniston zamonaviy tarixida yangi sahifani ochdi. Bu shunday davrki unda Afg‘oniston boshqalarning qarorlari qurboni emas balki mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘yinchidir.
Ushbu qudrat o‘nlab yillik urush va azoblardan so‘ng xalq nasib etgan ulkan ne’mat bo‘lib, mamlakatni shunday o‘ziga tayanish va to‘suvchi salohiyat darajasiga olib chiqdiki u o‘z hududi tuzumi va milliy manfaatlarini har qanday fitnadan himoya qila oladi.
Islom Amirligi shuni isbotladiki shariat asosidagi tuzum nafaqat ma’naviy sohada balki harbiy va xavfsizlik yo‘nalishlarida ham muvaffaqiyatli va ta’sirchan namuna bo‘lishi mumkin. Bu Afg‘oniston hech qachon o‘z oyoqda tura olmaydi va haqiqiy mustaqilligiga erisha olmaydi, deb o‘ylagan barcha uchun katta saboq bo‘ldi.











