G‘iyosuddin G‘uriy
Afg‘oniston tarixning sharafli va oltin sahifalarida imperiyalar qabristoni degan faxrli nomni qayd etgan yagona diyordir. Bu xalq tarix davomida turli qiyinchiliklar qamoqlar, qiynoqlar va yuzlab xil zulmlarga qaramay hech qachon xorlik va qullikka bo‘yin egmagan. Afg‘onlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri qullik va bandalikka nisbatan chuqur nafratdir. Ular hech qachon o‘z mustaqilligi va e’tiqodidan mahrum bo‘lishni istamaydilar. Afg‘oniston hamisha jasur erkaklar, mard ayollar va mujohidlar uchun panoh bo‘lib kelgan.
Bu zamin tarixi jihod bosqinchilikka qarshi kurash, ichki urushlar va yirik siyosiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Ana shu notinch va murakkab jarayonlar orasida Islomiy Tolibon harakatining paydo bo‘lishi hamda 1400-yil 24-Asadgacha yuz bergan voqealar mamlakat zamonaviy tarixining muhim boblaridan biri hisoblanadi. Bu bob beqarorlik va ichki urushlar sharoitida boshlandi va yigirma yillik urush hamda kurashlardan so‘ng Islomiy Amirlik hokimiyatining qayta tiklanishi bosqichiga yetib keldi.
Afg‘on xalqining ko‘p yillik jihodi va fidoyiliklaridan so‘ng nihoyat Sovet istilosi mag‘lubiyatga uchradi. Afg‘on xalqi ushbu jihodning samarasini mustaqillik, xavfsizlik birlik va islomiy tizim barpo etilishi shaklida ko‘rishni kutgan edi. Islomiy tuzumning o‘rnatilishi afg‘onlar uchun buyuk orzu edi; bu orzu yo‘lida ular jihod yillarida minglab qurbonlar bergan edilar.
Qisqacha aytganda Afg‘onistondagi kommunistik hukumat qulagach, mamlakat og‘ir va inqirozli bosqichga duch keldi. Turli guruhlar va partiyalar o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar hamda hokimiyat uchun raqobat kuchaydi va mamlakat ichki urushlar girdobiga tortildi. Kobul va mamlakatning ko‘plab hududlari qonli to‘qnashuvlar, vayronagarchilik va beqarorlikka guvoh bo‘ldi.
Ko‘plab hududlarda xalq xavfsizlikning yo‘qligi, zo‘ravonlik, mahalliy hukmdorliklar qurolli guruhlarning o‘zboshimchaligi, korrupsiya zulm hamda etnik va partiyaviy raqobatlarga duch kelardi. Xalq ko‘p yillik jihoddan so‘ng amalga oshishini kutgan birlik va barqarorlik orzusi siyosiy va harbiy kurashlar orasida tobora xiralashdi.
Ana shunday sharoitda Alloh taoloning fazli va ehsoni bilan mazlum Afg‘on xalqini qutqarish uchun Islomiy harakat mamlakat janubidagi diniy madrasalar va mujohidlar safidan paydo bo‘ldi. Ushbu harakat ichki urushlarga barham berish xavfsizlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va islomiy tuzumni barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Aslida zulm va buzg‘unchi guruhlarning fasodiga barham berish uchun bunday harakatning shakllanishi jiddiy ehtiyoj edi. Harakat tez sur’atlarda kengaydi, hududlarni birin-ketin o‘z nazoratiga oldi va nihoyat Kobul ham Islomiy Amirlik mujohidlari qo‘liga o‘tdi.
Islomiy Afg‘oniston Amirligi tashkil etilgach, mamlakatning katta qismi yagona boshqaruv va yagona rahbarlik ostida birlashdi. O‘sha davrning muhim yutuqlaridan biri ichki urushlar va keng ko‘lamli beqarorlikka barham berish bo‘ldi. Mamlakatdagi yo‘llar xavfsiz holga keltirildi o‘z xalqiga zulm va tajovuz qilgan mahalliy qo‘mondonlarning hokimiyati cheklab qo‘yildi hamda mamlakatning keng hududlarida tartib va xavfsizlik o‘rnatildi.
Islomiy Amirlik etnik va partiyaviy taassublarga barham berishga hamda Afg‘oniston xalqini yagona tuzum soyaboni ostida birlashtirishga harakat qildi. Afg‘oniston xalqi o‘zini ushbu ehsondan qarzdor deb biladi va uni hech qachon unutmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurash xavfsizlikni ta’minlash va Islom shariatining hukmlarini tatbiq etish ushbu tuzumning asosiy maqsadlaridan edi.
Biroq Islomiy Amirlik ichki qarshiliklar va tashqi bosimlarga ham duch keldi. Afg‘oniston hanuz mintaqaviy va xalqaro o‘zgarishlarning markazida bo‘lib qoldi.
2001-yil 11-sentabr voqeasi dunyo kofirlari uchun islomiy tuzumni yo‘q qilish va Afg‘oniston xalqining ozodligini bostirishga bahona bo‘ldi hamda Afg‘oniston tarixida yangi sahifani ochdi. Ushbu voqeadan so‘ng Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda harbiy amaliyotlarini boshladilar.
Qisqa vaqt ichida Islomiy Amirlik hukumati qulatildi. Islomiy Amirlik mujohidlari Mulla Muhammad Umar Mujohid rahimahullohning ko‘rsatma va tavsiyalariga binoan ma’lum muddat siyosiy maydondan chekinib, hokimiyat markazlaridan uzoqlashdilar. Ko‘pchilik nazarida bu Tolibon harakatining yakuni bo‘lib ko‘rinishi mumkin edi. Ammo bu yakun emas, balki kurashning yangi bosqichining boshlanishi edi.
Chet el bosqinchi kuchlarining kirib kelishi va korrupsiyaga botgan, zaif demokratik tuzumning barpo etilishi bilan Afg‘oniston yangi bosqichga kirdi. Xorijiy bosqinchilar mamlakatda keng ko‘lamli harbiy ishtirokni yo‘lga qo‘ydilar. Ularning qo‘llab-quvvatlashi, siyosiy, moliyaviy va harbiy yordami ostida ularning qo‘g‘irchoq hukumati ham faoliyatini davom ettirdi.
Islomiy Amirlik mujohidlari o‘z vatani va islomiy muqaddasliklarini himoya qilish, bosqinchilar hamda ularning yollanma kuchlariga qarshi kurashish uchun jihodni boshladilar. Natijada Afg‘oniston yigirma yil davomida o‘z zamonaviy tarixidagi eng uzoq urushlardan birini boshdan kechirdi. Xorijiy kuchlar va ularning tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar, havo hujumlari bombardimonlar, zulm va jinoyatlar, hibsga olishlar hamda qurolli to‘qnashuvlar mamlakat xalqiga katta joniy va moddiy zarar yetkazdi.
Shu davr mobaynida Islomiy Amirlik mujohidlari asta-sekin o‘z saflarini qayta tashkil etib mustahkamladilar va harbiy faoliyatlarini mamlakatning turli hududlariga kengaytirdilar. Uzoq yillar davom etgan urush minglab shahidlar va yaradorlarni qoldirdi ko‘plab oilalarni o‘z yaqinlaridan ayrilish motamiga soldi. Mujohidlar bu yillar davomida xorijiy bosqinchilik va unga xizmat qilgan ichki kuchlarga qarshi qarshilik ko‘rsatdilar; o‘zlari uchun qullik va bandalikni odatga aylantirgan kuchlarga qarshi kurashdilar.
Xorijiy kuchlarning harbiy va texnik jihatdan har tomonlama ustunligiga qaramay, jihod va kurash davom etdi. Xorijiy qo‘shinlarning mamlakatdan chiqarilishi masalasi esa Afg‘onistonning eng muhim siyosiy masalalaridan biriga aylandi.
Ko‘p yillik urushlardan so‘ng nihoyat Amerika boshchiligidagi xorijiy bosqinchi kuchlarning Afg‘onistondagi mavjudligini tugatish bo‘yicha muzokaralar jarayoni boshlandi. Doha kelishuvi xorijiy kuchlarning mamlakatdan chiqib ketishiga zamin yaratdi. Ularning chiqib ketishi bilan bir vaqtda Afg‘onistondagi siyosiy va harbiy muvozanat ham tez sur’atlarda o‘zgara boshladi.
1400-yilda Islomiy Amirlik mujohidlarining oldinga siljishi tezlashdi. Viloyatlar birin-ketin fath etildi va respublika hamda demokratiya hukumatining tuzilmasi misli ko‘rilmagan tezlikda yemirildi.
Nihoyat, 1400-yil 24-Asadda Kobul ushbu zamin farzandlari va mujohidlar qo‘liga o‘tdi. Yahud va nasorolar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qo‘g‘irchoq hukumat ham qulab tushdi.
Afg‘onistonning Sovet Ittifoqi ustidan qozongan g‘alabasidan 1400-yil 24-Asadgacha bo‘lgan tarixi urushlar bosqin, ichki kelishmovchiliklar va siyosiy o‘zgarishlar orasida hayot kechirgan bir necha avlodning hikoyasidir. Bu yillar davomida mamlakat mustaqilligi va siyosiy suvereniteti bilan bir qatorda islomiy tuzumni barpo etish talabi ham Afg‘oniston jamiyatining katta qismi uchun doimiy istak va muhim masalalardan biri bo‘lib keldi.
Islomiy Afg‘oniston Amirligi mujohidlarining paydo bo‘lishi va qo‘zg‘oloni ichki urushlar hamda beqarorliklar orasidan yuzaga kelgan harakat edi. U bir muddat Afg‘onistonning katta qismida hukmronlik qildi, Amerika hujumidan so‘ng hokimiyatdan chetlatildi yigirma yil davomida xorijiy kuchlar va ular qo‘llab-quvvatlagan hukumatga qarshi kurashdi va nihoyat 1400-yil 24-Asadda yana Kobulga qaytdi.
Alhamdulillah bugun Afg‘oniston xalqi islomiy ozod va mustaqil tuzumga ega. Bu Afg‘oniston xalqining doimo, ayniqsa so‘nggi yillarda, barqaror orzularidan biri bo‘lib kelgan istakdir.
Ammo hanuz Islom va islomiy tuzumni yo‘q qilish haqida o‘ylayotgan dushmanlar ushbu muqaddas zaminga kirib oxir-oqibat sharmanda va xor bo‘lgan bosqinchi hamda tajovuzkorlardan ibrat olishlari kerak. Chunki bu ozod va mustaqil xalq hech qachon kofirlarning hukmronligi yoki ularning loyihalari ostida qolishni qabul qilmaydi.









