Akbar Jamol
4-qism va yakuniy
Bu yerda ulamolarning fatvolari bilan mazlum xalqning e’tiqodi va munosabati o‘rtasidagi aloqani yana bir muhim mantiqiy va fikriy jihatdan ham ko‘rib chiqish lozim. Zero, aynan shu jihat butun masalaning mohiyatini yanada aniqroq ochib beradi. Harakatlarning oldini olish maqsadida chiqariladigan fatvolar borasida asosiy va muhokamaga loyiq savol shundan iborat: Mazkur ulamolarning pozitsiyasi shariat mezonida muvozanatli va bir xilmi?
Ulamolar mazlumlarning zulmga javoban boshlagan qurolli qarshiligini fitna va tartibsizlik deb ataganlarida yoki uning yuzaga kelish ehtimolidan xavotir bildirganlarida hamda unga qarshi qat’iy fatvo chiqarganlarida, savol tug‘iladi: ular xuddi shu qat’iyat, izchillik va jasorat bilan zolim davlat, uning zolim hukmdorlari va adolatsiz tuzilmalarining faoliyatini ham shar’iy jihatdan baholaydilarmi va ularga qarshi fatvo chiqaradilarmi?
Agar tarozining bir pallasi, ya’ni mazlumni to‘xtatish pallasi nasihat va fatvolarning og‘ir yuki ostida yerga tushib qolsa, ikkinchi palla zolimni zulmdan qaytarish pallasi esa havoda muallaq qolsa yoki davlat manfaatlari qurboniga aylansa, tabiiyki, mazlum xalqning ushbu ilm ahli tabaqasiga nisbatan diniy va axloqiy ishonchi yo‘qoladi. Chunki shariat va uning ilmi biror tabaqa, qavm yoki ilmiy mansab egasining shaxsiy mulki emas. Bu umuminsoniy va fitriy ilm bo‘lib, mazlum ham uni o‘rganishi mumkin va o‘rganadi.
Shu sababli mazlum xalq ulamolarning barcha fatvolari faqat qurolli qarshilikning qo‘lini bog‘lash uchun qo‘llanayotganini, zolimning zulmi ustiga esa sukut pardasi tashlanganini ko‘rsa, bunday biryoqlama fatvolarni qabul qilmaslik uchun shar’iy asos izlaydi va uni topadi. Mazlum tabaqa Qur’on va sunnatning umumiy tamoyillari o‘zini himoya qilish, qasos va adolat haqqi asosida quyidagi pozitsiyani egallaydi: Agar haqqimizni talab qilish uchun hech bir eshik ochilmasa va fatvo beruvchilar ham zolimning qo‘lidan ushlamayotgan bo‘lsa, unda huquqlarimiz va mavjudligimizni himoya qilish bizning asosiy va shar’iy vazifamizdir.
Ana shunday nozik bosqichda mazlum xalq o‘zining haq va mazlum ekaniga hamda Allohning nusratiga umid qilib, tavakkul va iymon bilan qurolli qarshilik yo‘lini tanlaydi. Agar bir tomondan ulamolar faqat ehtimoliy xavotirlar, masalan, fuqarolar urushi kelib chiqishi mumkin degan sabablar asosida harakatning davom etishiga to‘sqinlik qilsalar, ikkinchi tomondan mazlum o‘zining mudofaa haqqiga tayanib, shunday umid va e’tiqodda bo‘ladi: Alloh taolo uning niyati va majburiy holatini inobatga olib, bu ojiz bandaga g‘aybiy yo‘llar bilan yordam beradi. Shuningdek, bu qonuniy mudofaa harakatini fitnaga aylanishdan, boshqalar qo‘liga tushib, ularning maqsadlariga xizmat qilishdan va mamlakatning fuqarolar urushi girdobiga botishidan asraydi.
Boshqa tomondan, tarix ham shuni ko‘rsatadiki, dunyoda biror hukumat zolim bo‘lsa, uning imkoniyat va resurslari doimo mazlum xalqnikidan ko‘proq bo‘ladi. Agar faqat imkoniyatlarning kamligi yoki tartibsizlikdan xavotir qarshilikka bahona bo‘la olganida, Islom tarixida hech qanday katta jang sodir bo‘lmagan bo‘lardi.
Britaniya mustamlakachiligi davrida Hindistonning buyuk olimi Shayxulhind Mavlono Mahmud Hasan rahimahulloh «Ipak ro‘mol» harakatiga asos solgan. Britaniya hukumati behisob imkoniyat, ulkan armiya va juda ilg‘or qurollarga ega edi. Ulamolar esa to‘p og‘izlariga bog‘lanib portlatilardi. Shunga qaramay, Shayxulhind va Mavlono Ubaydulloh Sindiy Afg‘oniston hamda boshqa davlatlar bilan birgalikda qurolli qarshilik uchun puxta reja tuzdilar. Chunki ular bosqinchi va zolimga qarshi sukut saqlash uning zulmini davom ettirishiga xizmat qilishini bilardilar.
Qurolli qarshilik qachon fitnaga aylanadi?
Shuni aniq anglash kerakki, qurolli qarshilik o‘z-o‘zidan na fitnaga, na fuqarolar urushiga aylanadi. Bu qarshilik harakatlari boshqaruvi dinni to‘g‘ri bilmaydigan va inson hayotining hurmatini anglamaydigan «millatchi, dunyoparast yoki yetarli ta’lim olmagan kishilar» qo‘liga tushgandagina halokat vositasiga aylanishi mumkin. Harakatlarning maqsadi faqat qasos olishga aylanib qolsa, oddiy xalq, bolalar va hatto to‘qnashuvga umuman aloqasi bo‘lmagan kishilarga ham hujumlar boshlanadi. Bunday ish shariatda qat’iy harom bo‘lib, yer yuzida fasod qilish hisoblanadi.
Bu muammoning eng muhim yechimi shundan iboratki:Bunday qonuniy va zarur qurolli qarshilikning rahbarligi o‘zi obro‘li, taqvodor va mustahkam ilmiy mavqega ega ulamolar qo‘lida bo‘lishi kerak. Ya’ni ulamolar mazlumni qarshilikdan qaytarish uchun fatvo berish o‘rniga, mazlumlarning tayanchi va himoyachisi bo‘lib, ularga rahbarlik qilishlari lozim.
Shunday ekan, ulamolar bunday harakatlarga o‘zlari rahbarlik qilganlarida:
1. Harakatni boshqalarning qo‘liga tushib qolishidan va shaxsiy yoki qavmiy manfaatlar uchun noto‘g‘ri foydalanilishidan himoya qiladilar.
2. Shariat belgilagan chegaralarni, jumladan, oddiy xalq, ayollar, bolalar va jangovar harakatlarda qatnashmayotgan kishilarga zarar yetkazmaslik prinsipini qat’iy ta’minlaydilar.
3. Harakat yo‘nalishini faqat zulmni daf etish va adolatni barpo etish maqsadlariga qaratadilar.
Buning zamonaviy davrdagi eng katta namunasi — Afg‘oniston Islom Amirligining yigirma yillik kurashidir. Bir tomonda dunyoning eng katta qudrati bo‘lgan AQSh va uning 47 ittifoqchisi turgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda imkoniyatlardan mahrum, ammo iymon kuchi bilan qurollangan xalq va mujohidlar turardi. Ular ulamolarning muntazam rahbarligi ostida kurashdilar. Bu qarshilik nafaqat dushmanni mag‘lub etdi, balki tashkiliy diniy intizom tufayli mamlakatni uzoq davom etadigan fuqarolar urushiga botib ketishdan ham saqladi.
Iymon birligi va nabaviy xushxabar
Mazlumlik umumiy tus olgan bunday bosqichda eng muhim narsa «iymon kuchi» va «birlik» dir. Sunan Abu Dovudning 4297-hadisida ham shunga ishora qilingan.
Sayyiduna Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh(s.a.v) shunday marhamat qilganlar:
Yaqinda boshqa xalqlar sizlarning ustingizga xuddi taomxo‘rlar bir dasturxon atrofida to‘planganidek, bir-birlarini chaqirib, sizlarga qarshi hujum qilishadi.
Sahobalar:Ey Allohning Rasuli! O‘sha paytda bizning sonimiz oz bo‘ladimi? deb so‘rashdi.
Rasululloh(s.a.v): «Yo‘q, o‘sha kuni sizlar ko‘p bo‘lasizlar, ammo dengiz yuzidagi ko‘pik kabi qadrsiz va vaznsiz bo‘lib qolasizlar. Alloh dushmanlaringizning qalbidan sizlardan bo‘lgan qo‘rquvni chiqarib tashlaydi va qalblaringizga vah’n”ni soladi,dedilar.
Vah’n nima? deb so‘ralganda, u zot(s.a.v):
Dunyoni sevish va o‘limdan qo‘rqish,deb javob berdilar.
Bu muborak hadis musulmonlar o‘zaro tarqoq bo‘lib ketganlarida, dunyo farovonligi yoki qo‘rquv ularning hayotidagi doimiy hamrohga aylanganida, zulm qurboniga osonlikcha aylanishlarini ochiq ko‘rsatadi.
Shunday ekan, mazlum uchun Islom shariati qo‘rqoqlik, ojizlik va zolim qarshisida tiz cho‘kish degani emas. Agar sud-huquq tizimi ishlamay qolsa, davlatning o‘zi zolimga aylansa va islohotning barcha yo‘llari yopilsa bunday vaziyatda o‘z huquqlari va mavjudligini himoya qilish uchun qurolli qarshilik mazlumning insoniy fitriy va shar’iy haqqiga aylanadi.
Faqat bir shart bor: bu qarshilik hissiyot yoki dunyoviy manfaatlar qurboniga aylanmasligi balki amaliyotchi va taqvodor ulamolar tomonidan boshqarilishi kerak. Ular ummat birligi muhitini yaratib iymon kuchini uyg‘otishlari va urushning axloqiy qoidalariga rioya qilgan holda mazlumlar uchun bu qarshilikni haqiqiy adolat tinchlik va ezgulikni qaror toptirish vositasiga aylantirishlari lozim.












