Xolid Obid
Pokiston armiyasining yollanma ekani, qulligi, o‘zini sotishi va muvaffaqiyatsiz bitimlarining sirlari savodli yoki savodsiz har qanday inson, hech bo‘lmaganda siyosiy ongga ega bo‘lgan har bir kishi ko‘z o‘ngida, har kuni chiqib, hamma ko‘radigan quyosh kabi ochiq-oydin namoyon bo‘lib turibdi. Bugungi kunda dunyo katta siyosiy inqirozlarga duch kelmoqda va bu inqirozlar inson hayotining turli jabhalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular orasida iqtisodiy jihat eng muhim bo‘lsa, undan keyin diniy, siyosiy, madaniy, ilmiy va insoniyat jamiyatlari kundalik hayotida qisqa yoki uzoq muddatda ehtiyoj sezadigan barcha sohalar zarar ko‘rmoqda.
Pokistonning terrorchi ma’muriyati, asir xalqlar va ushbu davlatning o‘z tuzilishi haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo hozirda Pokiston musulmon xalqi va bu mamlakatning qo‘shnilari uchun katta muammoga aylangan masala mazlum xalq taqdirining zolim harbiy rejim qo‘lida qolishidir.
Pokistondagi hukmron doira o‘sha shaytoniy qudratli davlatlar tomonidan moliyalashtiriladi va uning siyosatini ham aynan ular belgilaydi. Ular mazlum xalqlarni ushbu hukmron doira soyaboni ostida kuch va zo‘ravonlik bilan birlashtirib, ma’lum bir geografik hududni «Pokiston» deb nomlaganlar. Buning shunchalik g‘alati tomoni borki, ushbu geografiya hukmdorlari va hukmronlik da’vogarlarining o‘zlari ham uning ma’nosini anglab yetmaydilar.
Harbiy rejimga siyosat belgilab berayotgan o‘sha shaytoniy kuchlar o‘z qullarining juda mazlum ekanini yaxshi biladi. Ular o‘zlari haqida mustaqil qaror qabul qila olmaydi va bu soxta geografik hududni himoya qilish hamda saqlab qolish imkoniyatiga ham ega emas. Shu sababli chet elliklarning siyosati oxir-oqibat o‘z xalqiga nisbatan zulm va tazyiq bilan yakunlanmoqda.
Bunday zulmning yaqqol misollarini aynan shu harbiy doiralar soyasida yashayotgan mazlum musulmon xalqlar orasida ko‘rish mumkin. Jumladan, hukmron doiraning a’zolaridan biri, Panjob shtatining bosh vaziri Maryam Navoz ochiqchasiga Xaybar-Paxtunxva va Balujiston hamda ularning aholisini ayblab, ular Panjob va panjobliklarni xavfsiz yashashiga to‘sqinlik qilayotganini aytmoqda. Holbuki, Paxtunxva va Balujiston xalqi bedarak yo‘qolgan onalari, opa-singillari, aka-ukalari, otalari va nomuslarini izlab, oyoqqa turibdi.
Ular o‘z tabiiy boyliklaridan foydalanishda haq-huquq va ish imkoniyatlarini, o‘z yerlarida va o‘z uylarida xavfsizlikni, mahsulot va ishlab chiqarishlarini esa arzon narxda, avvalo o‘zlari uchun bo‘lishini istaydilar. Tuzilishi soxta bo‘lgan yoki boshqalar tomonidan barpo etilgan, yoxud siyosati chet elliklar tomonidan belgilanadigan rejimlar doimo o‘zini haqiqiy kuchi va mavjudligidan kattaroq qilib ko‘rsatadi. Qachonki bir rejim o‘zining tabiiy imkoniyatlaridan ortiq darajada shishirilsa va ulkan qilib ko‘rsatilsa, haqiqat maydonida yoki aniqroq aytganda, qarama-qarshilik maydonida qochishga yoki o‘zini o‘zi aldashga murojaat qiladi. Buning zarari hatto kurash maydonidagi mag‘lubiyatdan ham kattaroq bo‘ladi.
Pokistonning harbiy rejimi ana shunday rejimlardan biridir. U bir million (1000 000) kishilik jihozlangan armiya, dunyoning eng kuchli razvedka tashkiloti ISI va atom bombasiga ega davlat tizimiga ega ekanini da’vo qiladi. Ammo aynan shu armiya bir kunda to‘qson ming (90000) askar bilan taslim bo‘lgan va aynan shu jihozlangan armiyadan Bangladesh nomli bir davlat ajralib chiqqan. Shu «jihozlangan» armiya o‘z xalqining yuzlab farzandlarini bedarak yo‘q qilgan. Bu harbiy rejim esa tarixida hech qanday harbiy g‘alabaga ega bo‘lmagan qullikdagi rejimdir.
Ammo chet elliklar tomonidan yaratilgan soxta tuzilma va yollanma Pokiston ma’muriyati o‘zini doimo haqiqatdagi imkoniyatidan kattaroq va kuchliroq qilib ko‘rsatgani sababli, ko‘plab davlatlar aldanib, unga milliardlab dollar qarz bergan. Bunda Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklarining qarzlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yaqinda Saudiya Arabistoni ham bu davlatga ishondi va u bilan mudofaa shartnomasini imzoladi. Ammo ayni paytda AQShning Eronga hujumlari davom etayotgan bir paytda Eron Saudiya Arabistoniga hujum qildi va bu mamlakat ilgari hech qachon bunday hujumlarga duch kelmagan edi.
Mudofaa shartnomasiga ko‘ra, Pokiston Saudiya Arabistoni bilan yelkama-yelka turishi kerak edi. Biroq Pokiston harbiy rejimi bu mas’uliyatdan qochish va undan xalos bo‘lish uchun Afg‘oniston tinch aholisini bombardimon qilishni boshladi. Go‘yo u o‘z harakati bilan: Biz hozir o‘zimizni himoya qilish bilan bandmiz, bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘la olmaymiz, demoqchi bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni yana bu shartnomani uzaytirdi. Bu safar Turkiya nomli uchinchi davlat ham Pokistonga ishondi va Saudiya Arabistoni bilan birgalikda Makka nomli mudofaa shartnomasini imzoladi. Ammo bu safar Yamanning husiylari Saudiya Arabistoniga hujum qildi. Hatto ular Makka Mukarramadagi elektr inshootlari va Masjid an-Nabaviyga hujum qilgani haqida xabarlar ham tarqaldi. Biroq yollanma Pokiston ma’muriyati mas’uliyatdan qutulish, bahona yaratish va maydondan qochish uchun yana Afg‘oniston tinch aholisini bombardimon qilishni boshladi.
Yollanma Pokiston armiyasi, hukmron doira va ularning shaytoniy xorijiy homiylari musulmon xalqlarining hech qachon tinch va xavfsiz yashashini istamaydi. Tarix esa bunga guvohdir: ushbu harbiy rejim tashkil etilganidan buyon na Pokiston xalqi xavfsizlikda yashadi, na arab dunyosi davlatlari tilanchilik va qaramlikdan xalos bo‘ldi, na Pokistonning qo‘shni davlatlari tinch va barqaror munosabatlarga ega bo‘ldi, na Markaziy Osiyoning uzoq va yaqin davlatlari uzoq muddatli diniy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va ijtimoiy barqarorlikni ko‘ra oldi.
Endi davlatlar ushbu umumiy zararga qarshi birgalikda harakat qilish vaqti keldi. Ular o‘z davlatlari va xalqlarini yovuz harbiy rejimning zararidan xalos etib, tarixiy o‘zliklari asosida bir-birlari bilan samarali va manfaatli munosabatlar o‘rnatishlari lozim.













